Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Yangi
tarix
voqealari bilan tanishishni boshlaysiz. Yangi tarix kishilarning
tabiiy tengligi, shaxsning erkinligi va sha’ni kabi demokratik tushun-
chalarga asoslangan yangicha dunyoqarashning shakllanishi bilan O‘r-
ta asrlardan farq qiladi. Yangi davrning eng xarakterli tomonlaridan
biri dunyoni yangicha tushunish asosida insonning tashabbuskorligi,
tadbirkorligi uchun keng imkoniyatlar ochilishida namoyon bo‘ldi.
XVI asrdan boshlangan bu o‘zgarishlar natijasida dastlab G‘arbiy
Yevropada, keyin esa Shimoliy Amerikada shakllangan yangi jamiyat
kapitalistik jamiyat deb atala boshlandi. Bu jamiyatning nomi 
«kapital»
so‘zidan olingan. 
Kapital
– o‘z egasiga daromad keltiruvchi xususiy
mulk (fabrika, zavod, kon, bank va boshqalar) hamda mablag‘, o‘zini
o‘zi ko‘paytiruvchi sarmoya. Bu sarmoyaning asosida erkin tadbir-
http://eduportal.uz


4
korlik faoliyati yotadi. Shu sababli kapitalistik jamiyatda xususiy mulk
va yollanma mehnatdan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yara-
tildi.
Natijada, iqtisodiy hayot gurkirab o‘sdi, sanoat ishlab chiqarishi
va savdo rivojlandi, kapitalistik munosabatlar vujudga keldi. Ishlab
chiqarishning yangi shakllari paydo bo‘ldi, mehnat qurollari takomil-
lashdi, sexlar o‘rnini manufakturalar egallay boshladi. Yevropalik-
larning hayotida ko‘plab yangiliklar, ishchanlik, intiluvchanlik kabi
yangi belgilar paydo bo‘ldi, ularning bir qismi Sharqdan kirib keldi.
Bundan tashqari, Yangi davr rivojlangan shahar madaniyati, Antik
davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish, badiiy san’at-
ning tez hayotiylashuvi kabilar bilan ham xarakterlanadi. Aslida, ko‘p-
chilik hollarda fojiali oqibatlarni keltirib chiqargan urushlar, qo‘z-
g‘olonlar va inqiloblar emas, kishilarning yaratuvchanlik faoliyati,
doimiy izlanish va intilish ma’naviyat va madaniyatda, ijtimoiy hayot-
da va iqtisodiy o‘sishda katta ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Shu
o‘zgarishlar natijasida G‘arbiy Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida ka-
pitalistik jamiyat zamirida sanoat taraqqiyotiga asoslangan yangi si-
vilizatsiya shakllandi va u 

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə