D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


variant , Leningrad fonologik maktabida  ottenka



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

variant
, Leningrad fonologik maktabida 
ottenka
atamalari bilan 
nomlansa ham, lekin ular aslida bir narsa haqida fikr yuritadilar. Shuning uchun 
Praga lingvistik maktabi qarashlarini hamda Leningrad fonologik maktabi 
qarashlarini bir guruhga birlashtirgan holda, ularni Moskva fonologik maktabiga 
qiyoslagan holda fonema maqomini belgilash mezonlari haqida fikr yuritish 
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. 
L.V.Shcherba fonemani ajratish uchun tovushning artikulyatsion-akustik 
xususiyati emas, balki ma’no farqlash xususiyati muhim ekanligini ta’kidlaydi. 
Akustik-artikulyatsion jihatdan turlicha tovushlar bir umumiy belgisi bilan boshqa 
shunday tovush tiplaridan ajralib turadi. Ana shunday umumiy belgi ma’no farqlash 
xususiyati sanaladi.
1
L.V.Shcherba fonologik sathda umumiylik va xususiylik dialektikasining 
fonema va uning ottenkalarida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, 
umumiyning (fonemaning) talaffuz qilingan real ko‘rinishlari ottenkalardir. Bevosita 
kuzatishda berilgan, muayyan makon va zamonga bog‘liq real talaffuz qilinuvchi 
barcha akustik - artikulyatsion birliklar ottenkalar sanaladi. Anglashiladiki, fonema 
va uning ottenkalari o‘rtasidagi munosabat ikki bosqich munosabatidir: abstrakt 
bosqich (fonema), konkret bosqich (ottenka). 
L.V.Shcherbaning fikricha, fonemaning ottenkalari ichida bittasi turli 
sabablarga ko‘ra tipik bo‘ladi. Alohida talaffuz qilingan ottenka ana shunday tipik 
ottenka hisoblanadi, faqat shu ottenka real nutqiy element sifatida tilga olinadi. 
Boshqa ottenkalar esa tipik ottenkalarga nisbatan turli o‘zgarishlar bilan talaffuz 
qilinadi. Bu vaqtda ularni birlashtirib turuvchi belgi nima? Bu belgini L.V.Shcherba 
bir fonetik sharoitda biri o‘rnida ikkinchisi kela olmaslik belgisi sanaydi. Ma’lum bir 
sharoitda biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin bo‘lgan ottenkalar bir fonemaning 
emas, turli fonemaning ottenkalari sanaladi. 
Bir fonemaning ottenkalari esa hech qachon bir sharoitda biri o‘rnida ikkinchisi 
kela olmaydi. 
Shunday qilib, fonema - bu, bir tomondan, barcha ottenkalarning 
umumlashmasi, ikkinchi tomondan, har qaysi ottenka konkret hollarda shu 
fonemaning vakili hisoblanadi.
2
1
Щерба Л.В. Русские гласные в качественном и количественном отношении. СПб.,1912. -С.14.
2
Нурмонов А.Н. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. Тошкент: Фан,1990. –Б.10.; Маҳмудов А. Ўзбек тили 
унлилари. Тошкент: Фан, 1995.


13 
Fonema ottenkalari bir fonema doirasida bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. 
Ottenkalar umumlashmasi (fonema) boshqa ottenkalar umum-lashmasiga (fonemaga) 
qarama-qarshi qo‘yiladi. Shuning uchun ham L.V.Shcherba fonemani qisqa qilib 
“konkret vaziyatda ottenkalar sifatida namoyon bo‘ladigan umumlashmadir” deb 
izohlaydi.
1
Anglashiladiki, Leningrad fonologik maktabida fonemalar bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yish asosida belgilanadi. O‘zaro qarama-qarshi munosabatda bo‘luvchi ikki 
minimal birlik qarama-qarshi a’zolar sanaladi. qarama-qarshi munosabatdagi a’zolar 
bir qator belgilarga ega bo‘lib, shulardan bittasi farqlovchi, qolganlari 
farqlanmaydigan (nodifferensial, irrelevant) belgilar hisoblanadi. Shuning uchun ham 
fonema farqlovchi belgilar umumlashmasi sifatida tavsiflanadi.
2
Praga lingvistik maktabida ham zidlanishlar asosiy mezon sanaladi. 
Zidlanishlar oppozitsiyalar atamasi bilan nomlanadi. Xususan, N.S.Trubetskoy 
fonologik sistemani leksik va grammatik ma’nolarni farqlash uchun xizmat qiladigan 
fonologik oppozitsiyalar majmuasi sifatida talqin qiladi. U fonologiyada asosiy rolni 
farqlovchi belgilar o‘ynashini ta’kidlaydi.
3
Fonema xuddi Leningrad fonologik maktabidagi kabi abstrakt birlik sanaladi. 
Fonema nutq jarayonida turlicha o‘zgarishlar bilan moddiylashishi mumkinligi 
ko‘rsatiladi. Nutq jarayonida turlicha akustik-artikulyatsion xususiyatga ega bo‘lgan 
real tovushlar muayyan fonemaning variantlari hisoblanadi. Ko‘rinadiki, Leningrad 
fonologik maktabidagi ottenka Praga fonologik maktabidagi variant atamasi bilan 
nomlanadi. 
L.V.Shcherba ottenkalarni turli belgilariga ko‘ra tasnif etgani kabi, 
N.S.Trubetskoy ham variantlarni guruhlab, uch sinfga ajratadi: 
1) majburiy variantlar; 2) fakultativ variantlar (dialektal variantlar); 3) 
individual variantlar. 
Majburiy variantlarning o‘zi yana uch guruhga bo‘linadi: 
a) pozitsion variantlar; b) kombinator variantlar; v) uslubiy variantlar. 
Ko‘rinib turibdiki, Leningrad fonologik maktabi bilan Praga lingvistik 
to‘garagining fonologik konsepsiyasi bir-biriga juda yaqin. Har ikkalasi ham 
fonemani abstrakt birlik sifatida, farqlovchi belgilar umumlashmasi sifatida talqin 
etadi. Har ikkalasi ham abstrakt xususiyatga ega bo‘lgan fonemani nutq jarayonida 
real qo‘llanuvchi variantlar yoki ottenkalarga qarama-qarshi qo‘yadi. Fonemaning 
bunday 
talqini 
umumiylik-xususiylik, 
imkoniyat-voqelik, 
mohiyat-hodisa 
dialektikasini fonologik sathda namoyon qiladi. 
Moskva fonologik maktabida esa fonemaga boshqacharoq yondashiladi. 
Ularning fikricha, fonema ma’lum avtonomlikka ega bo‘lgan, so‘z va morfemaning 
tovush qobig‘iga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil birlik emas, balki so‘z va 
morfemalarning tarkibiy elementi hisoblanadi. 
Moskva fonologik maktabi vakillari ham, Leningrad fonologik maktabi 
vakillari ham fonema haqidagi asosiy tayanch bazani Boduen de Kurtenening fonema 
haqidagi qarashlariga tayanadi.Ma’lumki, Boduen de Kurtenening fonema haqidagi 
1
Щерба Л.В. Очередные проблемы языковедения. Изд.АН СССР, отд.яз.и лит.,1945. -С. 171.
2
Стеблин-Каменский. Фонема-пучок РП?./ Спорное в языкознании. -Изд. Ленинградского универс., 1974. -С.76.
3
Трубецкой Н. С. Основы фонологии. -М.: Иностр.литер., 1960.-С. 74.


14 
qarashlari vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgarib borgan. Ilmiy faoliyatining birinchi davrida 
fonemani inson ongidagi psixik iz, (PUChOK),majmua,psixologik hodisa, deb atasa, 
ilmiy faoliyatining ikkinchi davrida fonemaning yashash tarzi morfemaning tarkibida 
bo‘lar ekan, morfemasiz fonemaning bo‘lishi mumkin emas, fonema morfologik 
hodisa deb ataydi. Keyinchalik tilshunoslar Boduen de Kurtenening fonema haqidagi 
qarashlarini ikkiga B.Kurtenening fonema haqidagi psixologik nazariyasi, 
B.Kurtenening fonema haqidagi morfologik nazariyasi deb atay boshladilar. 
Leningrad fonologik maktabi vakillari Boduen de Kurtenening birinchi davriga, ya’ni 
psixologik nazariyasini asos deb biladilar. Masalan, i fonemasi majmua, invariant, 
uning bir nechta variant ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə