D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

Eksperimental fonetika 
nutq tovushlarining fiziologik va akustik 
xususiyatlarini turli xil asbob-uskunalar yordamida o’rganadi. Tekshirishning ushbu 
usuli nutq tovushlarining alohida belgi-xususiyatlarini aniq belgilashga imkoniyat 
yaratadi. Masalan, bu usul vositasida unli tovushlarning cho‘ziqlik yoki qisqalik, 
undoshlardagi portlash yoki sirg‘alish hodisasini juda aniq belgilashga, nutq 
tovushlarining tasnifiga asos bo‘ladi. 
Fonetika bahsining bunday tarmoqlanishi nutq tovushlarini hozirgi o‘zbek tili 
me’yorlari nuqtai nazaridan tasvirlash, tarixiy ekskursiya niyatida ayrim nutq 
tovushlarining taraqqiyot protsessiga ham nazar tashlash, adabiy talaffuzning 
shakllanishi va takomilini ko‘rsatish maqsadida adabiy til fonemalarini o‘rni bilan 
markaziy yetakchi shevalarning nutq tovushlariga yo‘l-yo‘lakay qiyoslab o‘tishni 
taqozo etadi. 
Fonetikaning mustaqil bo‘lgan bu bo‘limlari o‘zaro mustahkam bog‘langan. 
Ular bir-birining materiallariga tayanib ish ko‘radi. 
Savollar 
1.
Fonetikaning predmeti va vazifalari nimadan iborat? 
2.
Fonetikaning oldiga qo’yilgan maqsadi asosida qanday turlari mavjud? 
3.
Tavsifiy fonetikaning boshqa turlardan farqini aytib bering.
4.
Fonetika nimani oʻrganadi? 
5.
Tovush tipi deganda nimani tushunasiz? 
6.
Fonetika va grammatika munosabati haqida gapiring. 
7.
Fonetikaning orfoepiya va orfografiya bilan munosabati qanday?



Tayanch termin va iboralar. 
Fonetika, lingvistik sath, til bo’limlari, umumiy fonetika, tarixiy fonetika, 
qiyosiy fonetika, tavsifiy fonetika, eksperimental fonetika, shakl va mazmun, 
orfoepiya, leksika, grammatika, grafika, orfografiya, sheva, lahja, ichki manba, 
tashqi manba, yozma adabiy til, og’zaki adabiy til, adabiy til me’yorlari. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə