|
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
|
səhifə | 104/116 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 0,7 Mb. | | #133779 |
| D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil deganda nimani tushunasiz.
Sotiladigan mahsulot (tovarlar) assortimentini rejalashtirishning xususiyati nimada.
Bahoni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarni aytib bering?
Biznes tarkibini o‘zgartirish (restrukturizatsiya) qilish bo‘yicha qaror qabul
qilish.
Xarajatlarni nazorat qilish deganda nimani tushunasiz.
Byudjetlashtirish va bosh byudjeti nima uchun kerak.
Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishning mohiyati nimada.
Javobgarlik markazlari va xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish nima uchun kerak.
368
Izohli atamalar
Aksept (lat. acckeptuk - kabul kilingan) - belgilangan sharoit buyicha shartnoma tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitobda aksept xaridorning mol etkazib beruvchi takdim qilgan hisobini tulashga rozilik bildiradi.
Akseptlash (lat. acceptare - qabul qilish) - to‘lov hisobini qabul qilish, mol etkazib beruvchi schyotiga tulovni o‘tkazishga rozilik berish.
Barter - pul emas, balki tovar ko‘rinishida bo‘lgan o‘zaro xo‘jalik munosabatlari.
Birja bahosi - birja savdosi orqali sotilayotgan tovarlar bahosi bo‘lib, tegishli tovar bahosining darajasi va dinamikasi yuzasidan ma’lumotlarning muhim va ishonchli manbai hisoblanadi.
Bonifikatsiya (fr. bonifico - yaxshilayman) - agar shartnomada belgilanganidan tovarning sifati yukori bulsa, shu shartnomaga asosan, ushbu tovarning bahosiga ustama. Teskari bonifikatsiya (refaksiya) - shartnomada kelishganidan tovar sifati past bulsa, shu tovar bahosidan chegirma.
Dostları ilə paylaş: |
|
|