Dars metodi: Guruhlararo musobaqa, venn diagrammasi, “keys- stadi”, “fsmu”, ta’limiy oyinlar. Dars maqsadi



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə2/3
tarix09.06.2022
ölçüsü36,48 Kb.
#89159
1   2   3
mustahkamlash

Sihat tilasang, kam ye
Bugungi darsimizda “Qoshma gap turlarinig ma’nodoshligi” mavzusida orttirgan bilimlarimizni yanada takomiillashtiramiz hamda bugungi mustahkamlash darsi orqali shu payytgacha qo’shma gap’ uning turlari haqida ega bo’lgan bilimlarimizni yanada mustahkamlaymiz.Dars guruhlararo musobaqa usulida tashkil ettilib , 5 bosqichdan iborat boladi. Bosqichlar davomida har bir to’g’ri javobingiz ,faol ishtirokingiz 1 ball rafbat bilan baholanadi. Dars so’ngida qo’lga kiritgan rag’batlaringizni jamlab,auksiondaishtirok etasiz va o’z faoliyatingizga baho berishingiz mumkin.
DARS BOSQICHLARI:

  • KEYS-STADI : YECHIMINI KUTAYOTGAN MUAMMO .

  • TASNIF-BILIMLAR POYDEVORI. IDROK XARITASI

  • QO’SHMA GAP BILIMDONI

  • IJODIY DIKTANT

  • SO’Z QUDRATIGA TAHSIN: FSMU

Sinf uchta guruhga ajraladi. Alifbo harflari asosida ona tilimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etuvchi betakror ma’naviy obidalarimiz nomlaridan guruhlaringiz uchun nom tanlaysiz.
1- guruh: “DEVONU LUG’OTIT-TURK”- birinchi tilshunosimiz Mahmud Koshg’ariy qalamiga mansub bu asar yaratilganiga 1000 yil bo’ldi. Aynan shu asar orqali qadimgi turkiy til tadriji haqida beqiyos ma’lumotga ega bo’la olamiz.
2- guruh: “XAMSA”-o’zbek adabiy tili yalovbardori Hazrat Navoiy ijodining shoh asari, ona tilimiz mavqeini arab –u fors tillari darajasiga olib chiqqan, ulardanda go’zal til ekanligini isbotlab, o’zbek adabiy tiliga asos solgan..
3- guruh: “ VAQOE ”- Zahiriddin Muhammad Bobur ning “Boburnoma”- buyuk adabiy-badiiy-ilmiy asari. Markaziy Osiyoning 15-16-asr hayoti haqida batafsil ma’lumot beruvchi bu memuar asar o’zi-nig betakror xususiyatlari bilan jahonni hamon lol qoldirmoqda .
Uy vazifasi uchta o’quvchi doskada, uchta o’quvchi og’zaki tahlil orqali bajarishadi.
I. KEYS-STADI : MUAMMO
Qo'shma gap turlarining barchasi sodda gaplardan hosil bo’lar ekan. Nega biz fikrlarimizni sodda gaplar orqali ifoda etib qo’ya qolmaymiz? Qo’shma gaplarning nutqimizda qanday o’rni, ahamiyati bor?
TAHLIL
1. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar o’zaro mazmun jihatdan bog’lanib, bir-birini yoki biri ikkinchisini izohlaydi va har ikkisi birikib, umumiy maqsadni ifodalashga xizmat qiladi. Qo’shning tinch- sen tinch.
2.Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar grammatik jihatdan bog’lanadi.Bu sodda gaplarda kesimning bir xil yoki bir-biriga mos shaklda bo’lishi, ularda umumiy darajali bolaklarning bo’lishi, sodda gaplar tarkibida mazmuni izohlanayotgan bo’laklar mavjud bo’lishi mumkin. Orzum shul: o’chmasin yongan chirog’ing . Ko‘z qo‘rqoq - qo‘l botir.
3.Qo’shma gapkibidagi bir gapning ohangi va har ikki gap orasidagi to’xtam ikkinchi bir gapni talab qiladi. Ohang qo’shma gap oxirida tugallanadi. Ayol qaynar buloq: uning bir ismi Mehr, bir ismi Muruvvat, yana bir ismi Fidoyidir.
Yechim: Mazmuni, grammatik qurilishi va ohang tugalli-giga ko’ra bir butunlikni tashkil etgan, bog’lov-chi, bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan sodda gaplar qo’shma gapni hosil qiladi Har qanday sodda gapni biriktirib, qo’shma gap hosil qilish mumkin emas. Qo’shma gaplar ona tilimizda fikrimizni ifodalashning eng mukam-mal, sifatli korinishi sifatida nutqimizning asosini tashkil etadi.
II. IDROK XARITASI ORQALI QO’SHMA GAP TURLARI TASNIFI



  1. IJODIY DIKTANT

K umushbibi boshlovchi qizlar bilan uyga kirdi,undan taralgan atir islari bilan uy to’ldi. ,
O tabek dahshatlanib yonidagi Aliga qaradi, Ali esa labini tishlab turardi. , esa
H asanali bekning yechinib yotishini kutib turdi, chunki uni yotqizib, yoqilgan shamni o’zi bilan narigi hujraga olib chiqmoqchi edi. , chunki
A gar bu ulug’ zotni avliyo desak,u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak,mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak , shoirlarning sultonidir. Agar sa,

  1. QO’SHMA GAP BILIMDONI

Darslik ustida ishlanadi.
1-topshiriq
1. HAR KIMGA OZOR BERA KO’RMA , DUNYO BARCHAGA BAROBARDIR.
-MAZMUNIGA KO’RA DARAK GAP
-TUZILISHIGA KO’RA QO’SHMA GAP

  • BOG’LOVCHISIZ QO’SHMA GAP,OHANG VOSITASIDA

  • (,) TINISH BELGISI QO’LLANGAN

  • HAR KIMGA OZOR BERA KO’RMA -1-SODDA GAP

  • DUNYO BARCHAGA BAROBARDIR-2-SODDA GAP

- BIR PAYTDA SODIR BO’LAYOTGAN VOQEA- HODISALAR IFODALANGAN
2-topshiriq

  • Onam xursand bo’ldi-da, meni bag’riga bosdi.

  • Mazmuniga ko’ra darak gap

  • Tuzilishiga ko’ra qo’shma gap

  • Bog’langan qo’shma gap

  • Teng bog’lovchi vazifasida kelgan -da yuklamasi yordamida bog’langan

3-topshiriq: , Berilgan ma’rifiy matndagi sodda gaplarni bog’lovchisiz qo’shma gaplar , bog’langan va ergashgan gaplarga aylantiriladi.
V. SO’Z QUDRATIGA TAHSIN: FSMU

Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə