Darsning texnologik xaritasi


-bosqich:Yangi mavzuni bayon qilish



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə4/5
tarix14.01.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#98581
1   2   3   4   5
Darsning texnologik xaritasi

3-bosqich:Yangi mavzuni bayon qilish.
-Darsligimizni va ish joyimizni toza va ozoda tutishimiz kerak,chunki “ Kitob bilim bulog`i”, “Kitobdan yaxshi do`st yo`q”, “Tozalik soglik garovi”.
O’quvchilar bilan gazlamalar ,qo’l ishlari yuzasidan suhbat o’tkazadi .
– Gazlamalar qanday ko’rinishda bo’ladi ?
Biz odatda qanday gazlamadan kiyimlar kiyamiz?
O’quvchilar javoblari to’ldirilib , mavzu tushintiriladi.
O’qituvchi “maktub“ metodi orqali yanigi mavzuni tushuntirib beradi.
To‘qimachilik tolalaridan iborat bo‘lgan materiallar to ‘qimachilik materiallari deb ataladi. Tolalarning o‘zi, iplar, shuningdek, ulardan ishlangan buyumlar shunday materiallar jumlasiga kiradi.To‘qimachilik tolalari ko‘ndalang o’lchamlari juda kichik, uzunligi cheklangan, qayishqoq hamda pishiq jismlar bolib, kalava ip va to‘qimachilik buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi.
Tabiatda turli-tuman tolalarning soni ko‘p, lekin to‘qimachilik sanoatida ishlatish uchun ular ma’lum xossalarga ega bolishi: avvalo pishiq, qayishqoq, sirti g‘adur-budur, yeyilishga chidamli bo’lishi lozim.
Umumiy xossalari — elastiklik, pishiqlik, yeyilishga chidamlilik, bo‘yaluvchanlik va hokazolardan tashqari, har xil tolalar o‘ziga xos maxsus xossalarga ham ega boMadi va shu xossalarga qarab tegishli joylarda ishalatiladi.
Kelib chiqishi hamda kimyoviy tarkibiga ko’ra to‘qimachilik tolalari tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi.
Insonning bevosita ishtirokisiz tabiatda shakllanadigan va asosan organik geterotsep tabiiy yuqori molekular birikmalardan tashkil topgan tolalar tabiiy tolalar hisoblanadi.
Zavodlarda ishlab chiqariladigan va asosan organik keterotsep va karbotsep sintetik yuqori molekular birikmalar hamda biroz tabiiy anorganik birikmalardan iborat bo’lgan tolalar kimyoviy tolalar hisoblanadi.
Tabiiy tolalar uch guruhaga: o‘simlik tolalari (paxta, zig‘ir, nasha o‘simligi, kanop, sizal va hokazo), hayvonot tolalari yoki oqsil tolalar (jun, ipak) hamda anorganik, mineral tolalarga (asbest) bo‘linadi.
Paxta— issiq iqlimli joylarda yetishtiriladigan g‘o‘za o‘simligi chigitini qoplab turadigan eng muhim to‘qimachilik tolasi. Paxta pishgandan so‘ng tolalar chigitlar bilan birga terib olinadi va paxtani dastlabki ishlash zavodlariga yuboriladi. Paxta tolasi ko'pgina ajoyib xossalarga ega: juda qayishqoq, ilashuvchan, ingichka, lekin pishiq va yeyilishga chidamli, yaxshi bo'yaladi. Paxta tolasining uzunligi nisbatan bir tekis bo‘lib, 25—40 mm ga yetadi.
Lub tolalari har xil o‘simliklarning poyalarida, barglarida yoki mevalarining po‘stlog‘ida bo‘ladi. To‘qimachilik sanoatida asosan poyadan olinadigan lub tolalari ishlatiladi. Ulardan eng muhimi zig‘ir tolasidir. Mamlakatimiz sanoaida ishlatiladigan lub tolalari ichida zigir tolasi 95—97% ni tashkil etadi.Lub tolalari zig‘ir, nasha va boshqa o'simliklarning po‘stlog‘ida dasta-dasta bolib joylashadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə