Dastlabki futbol o‟yinlari


Mirzaqulov A.G., To„laganov A.A., P



Yüklə 408,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix04.05.2023
ölçüsü408,74 Kb.
#108278
1   2   3   4   5   6   7
m`aruza 1

3
Mirzaqulov A.G., To„laganov A.A., P 
.N. Futbol o„yin qoidalari va musobaqalarni tashkil etish O'quv 
uslubiy qo'llanma Toshkent. 2014 y. 52
 
4
Bisang. G., Gerisch G., Fuβball: Kondition-Technik-Taktik and Coaching Auflage: Meyer& Meyer Verlag. 
2013.
 
12-rasm 


O‟zbekiston Futbol federasiyasi 1994 yildan FIFA va OFK ga a‟zo 
bo‟lgan, hozirda FIFA va OFK tomonidan o‟tkaziladigan barcha 
rasmiy musobaqalarda qatnashib kelmoqda. 
zarbalar bilan chegaralanib qolinaverardi. Nihoyat, 1891 yil eng qat‟iy jazolardan biri – 11 metrlik 
zarba kiritildi, uni inglizcha so‟z bilan "penalti" deb ataydilar. 
Futbol shakllanayotgan davrlarda jamoa sardorlari o‟yin qoidalariga rioya qilinishini kuzatib 
turardilar. Futbol maydonida hakam 1880 yilda paydo bo‟ldi, 1 yildan so‟ng esa hakam ikkita 
yordamchisi bilan maydonga chiqa boshladi. Hushtak 1878 yilda kiritildi, bunga qadar hakam 
to‟xtatish yoki o‟yinni qayta boshlash uchun ovozdan yoki qo‟l harakatlaridan foydalanardi. O‟sha 
yillarda barcha milliy futbol uyushmalari uchun qoidalar bir xil yoki majburiy bo‟lmagan. Har bir 
uyushma o‟z xohishiga ko‟ra bu qoidalarga turli o‟zgartirishlar kiritishi mumkin edi. Bu vaziyat 
xalqaro uchrashuvlar o‟tkazish yoki xalqaro musobaqalar tashkil etishda qiyinchiliklar tug‟dirardi. 
14-
rasm 1882 yili to‟p mustaqil futbol ittifoqlari, ya‟ni Angliya, Shotlandiya, Uels va 
Irlandiya ittifoqlarining birlashuvi bo‟lib o‟tdi. 
Bunda yagona qoidalar qabul qilindi va futbol 
qoidalarida u yoki bu o‟zgarishlarni amalga 
oshirish huquqiga ega bo‟lgan xalqaro Kengash 
tasdiqlandi. 
1871 yilda Angliyada mamlakat Kubogining 
yo‟nalishi tasdiqlandi. Bu kubok uchun hozirda 
ingliz futbol jamoalari kurash olib boradilar 
xalqaro miqyosdagi ilk futbol uchrashuvi Angliya 
va Shotlandiya jamoalari o‟rtasida 1873 yilda 
bo‟lib o‟tdi. O‟yinchilar soni 11 kishidan ortiq 
bo‟lsa, ularning jamoadagi joylashishi hozirgidan boshqacharoq bo‟lgan. Angliya jamoasida 7 ta 
o‟yinchi hujumda, 1 tasi yarim himoyada bo‟lgan, shuningdek, 2 ta himoyachi va 1 ta darvozabon 
bo‟lgan. Shotlandiya jamoasi tarkibida esa 6 ta hujumchi, 2 ta yarim himoyachi bo‟lgan edi. 
XIX
asrning 80-yillarida futbol o‟yini Yevropa qit‟asidagi mamlakatlarga yoyila boshladi. 
1875 yilda futbol Gollandiyaga, keyinroq esa Daniyaga kirib keldi. 1882 yildan boshlab 
Shveysariyada, 1890 yildan Chexiyada, 1897 yildan esa Rossiyada futbol o‟ynay boshladilar. 
1882 yilda xalqaro uyushmalar boshqarmasiga asos solindi. Nihoyat, 1904 yil 21 mayda 
Fransiya tashabbusiga ko‟ra hozirda 200 dan ortiq davlatlar a‟zo bo‟lgan Xalqaro Futbol Uyushmasi 
– FIFA tashkil etildi. FIFA bilan bir qatorda 1954 yildan boshlab Yevropa Futbol ittifoqi – UEFA 
ham faoliyat ko‟rsatadi. 
1930 yildan boshlab har 4 yilda futbol bo‟yicha Jahon chempionati, 1958 yildan boshlab esa 
milliy terma jamoalar qatnashadigan Yevropa chempionatlari o‟tkazilib kelmoqda. 1900 yilda 
futbol olimpiya sport turiga aylandi, ammo rasmiy jihatdan u Olimpiya o‟yinlari dasturiga 1908 
yilda kiritilgan. 
Osiyo Futbol konfederasiyasi (OFK) 1954 yili tuzilgan bo‟lib, hozirgi vaqtda 44 ga yaqin 
mamlakatlarni birlashtiradi. 
14-rasm 


O‟zbekistonda zamonaviy futbol o‟tgan asrning boshlarida paydo bo‟ldi va tezda mashhur 
o‟yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari Farg‟ona, Toshkent, Andijon, Qo‟qon va Samarqand edi
5

Ilk bor futbolni Farg‟ona shahrida o‟ynaganlar. Xuddi shu yerda 1911 yilning oxirida 
birinchi futbol jamoasi tashkil topgan. 
Farg‟onada tuzilgan futbol jamoalari soni 1912 yil avgustida "Futbolchilar jamoasi"ga 
birlashishga yo‟l berdi. 
Bir oz vaqt o‟tgach, Toshkentda ham futbol o‟ynay boshladilar. Toshkentlik futbol 
ishqibozlari orasida eng mashhur jamoa bu ТОЛС – “Ташкенскоеобществолюбителейспорта” 
(TSIJ - Toshkent sport ishqibozlari jamiyati) edi. 
Bu jamiyat 1912 yilda tuzilgan bo‟lib, juda qisqa vaqt ichida futbol hamda boshqa sport 
turlarining rivojlanishi uchun ko‟p xizmat qilgan. 1912 yilning ikkinchi yarmida O‟zbekistonda 
futbol aytarli darajada yoyila boshladi. Futbol o‟yiniga Qo‟qon, Andijon va Samarqandda ham 
qiziqish orta boshladi. 
Bu yillardagi eng qiziqarli bosqich albatta Farg‟ona, Toshkent, Andijon, Samarqand 
futbolchilarining uchrashuvi bo‟ldi. Toshkentga tashrif buyurgan ilk futbolchilar Samarqand 
futbolchilar to‟garagi (SFT) a‟zolari edi. 
1913 yil 29 avgustida ular TOLS futbolchilari bilan uchrashuv o‟tkazdilar. Yaxshi 
tayyorgarlik ko‟rgan Toshkent jamoasi 5:0 hisobi bilan g‟alaba qozondi. 
1913 yil iyunida Andijonda "Andijon futbolchilar jamoai" tasdiqlandi. 
Va, nihoyat, 1914 yil 25 mayda Toshkentda O‟zbekistonning eng kuchli ikki jamoasining 
markaziy uchrashuvi bo‟lib utdi. Bunda Toshkent va Farg‟ona futbolchilari to‟p surdilar. 
Toshkentliklar 
o‟yinda 3:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdilar. O‟zbekistonda futbol 
rivojlanishining boshlang‟ich davri haqida xulosa qilib shuni ham aytib o‟tish joizki, futbol 
maydonlari va o‟quv mashg‟ulotlarining bo‟lmaganiga qaramay, qisqa vaqt ichida Farg‟ona, 
Toshkent, Qo‟qon, Andijon va Samarqandda o‟zbek futbolining rivojiga ulkan hissa qo‟shgan 
iste‟dodli futbolchilar paydo bo‟ldi. 
Shveysariya va O‟zbekiston jamoalarining uchrashuvi futbol ishqibozlarida katta qiziqishga 
sazovor bo‟ldi. O‟zbek futbolchilari bu o‟yinda jamoaviy o‟yin, chiroyli va chaqqon kombinasiyalar 
namoyish etdilar. Ammo asosiy vaqt 3:3 hisobi bilan yakunlangani sababli, g‟olibni aniqlash uchun 
qo‟shimcha 30 daqiqa qo‟shib berildi. So‟nggi 15 daqiqa ichida O‟zbekiston futbolchilari 
shveysariyaliklar qarshiligini yenga oldilar va raqib 8:4 hisob bilan O‟zbekiston futbolchilari 
g‟alaba qozondilar. 
Bir kundan so‟ng esa qiyin kechgan o‟yinda o‟zbek futbolchilari Rossiya jamoasiga 1:2 
hisobida g‟alabani boy berdilar. 
1934 yil O‟zbekiston poytaxtida ilk O‟rta Osiyo spartakiadasining ochilishi sharafiga 
bag‟ishlab 36 ming nafar jismoniy tarbiya ixlosmandlari namoyishi bo‟lib o‟tdi. Bu namoyish O‟rta 
Osiyo respublikalarida jismoniy tarbiya harakati o‟sishining yorqin namunasi edi. 
1950 yilning boshida O‟zbekistonda "Paxtakor" sport jamiyati tashkil etildi. Hozirgacha mustaqil 
O‟zbekiston chempionatida va rasmiy xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli o‟yinlar ko‟rsatib 
kelayotgan, respublikamizning eng kuchli jamoasi bo‟lgan "Paxtakor"ning tuzilishi ham shu
jamiyat bilan bog‟liq.
6

Yüklə 408,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə