Dastlabki futbol o‟yinlari


Futbol nazariyasi va uslubiyati. Darslik. R.I. Nurimovning umumiy tahriri ostida «ITA-PRESS»



Yüklə 408,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix04.05.2023
ölçüsü408,74 Kb.
#108278
1   2   3   4   5   6   7
m`aruza 1

5
Futbol nazariyasi va uslubiyati. Darslik. R.I. Nurimovning umumiy tahriri ostida «ITA-PRESS». 
Toshkent.2015.
 
6
Сафаров В.А. “Пахтакор летопись полувека”, изд.Gulyana, ташкент 2006. 356 с.
 
O‟ZBEKISTONDA FUTBOLNING RIVOJLANISHI
 


1960 yildan 1991 yilgacha (tanaffuslar bilan) "Paxtakor" sobiq Ittifoqning oliy ligasida 
ishtirok etib keldi. Bu islohotlar va tub o‟zgarishlar davri bo‟lgan edi. Kichik guruhlardagi saralash 
o‟yinlaridan keyingina chempionatga yo‟l olinardi. Oliy ligaga chiqish uchun tayyorlanadigan 
jamoa Toshkentning ikki jamoasi asosida tuzilgan bo‟lib, bular "Paxtakor" va "Mehnat zahiralari" 
("Трудовыерезервы") jamoalari edi. 
15-
rasm 
"Paxtakor"ning 
barcha ko‟zga 
ko‟rinarli muvaffaqiyatlari uning kuchlilar 
guruhidagi chiqishlari bilan bog‟liq. Yigirma 
yil tanaffus bilan ikki bora 1962 va 1982 
yillarda “Paxtakor” oliy ligada faxrli 6-o‟ringa 
sazovor bo‟lgan. 
Ikki marotaba "Paxtakor" futbolchilari 
oliy 
liga 
chempionatining 
eng 
yaxshi 
hujumchilari deb tan olingan. 1968 yil 
B.Abduraimov Tbilisi "Dinamo" si o‟yinchisi 
bilan birga (22 tadan gol) va 1982 yilda 
A.Yakubik (23 ta gol). 
Sobiq Ittifoqning ilk terma jamoasi 
uchun 5 ta paxtakorchi o‟ynar edi: V.Fedorov, Yu.Pshenichnikov, G.Krasniskiy, M.An, 
A.Pyatniskiy. Turli yillarda eng yaxshi 33 futbolchi qatorida Yu.Pshenichnikov (1966, 1967), M.An 
(1974, 1978), B.Abduraimov, V.Xadzipanagis (1974), A.Yakubik (1982) va A.Pyatniskiy (1991) 
nomlari bor edi. 
O‟sha yillarda O‟zbekiston futbol ishqibozlarida katta qiziqish uyg‟otgan o‟yinlar sirasiga 
1964 yil paxtakorchilarning "Pirasikaba" (Braziliya) hamda (1:0), Urugvayning 25 karra chempioni 
"Nasonal" (Montevideo) jamoalari bilan uchrashuvlar kiradi. Urugvayliklarning harchand 
urinishlari va qarshiliklariga qaramasdan "Paxtakor" 2:1 hisobida g‟alaba qozondi. 
Bu davr mobaynida "Paxtakor" ni sobiq Ittifoq chempionatidagi chiqishlarga tayyorlashda 
M.Yakushin, B.Arkadev, G.Kachalin, V.Solovev, B.Abduraimov, X.Raxmatullaev kabi 
murabbiylarning hissasi beqiyosdir. Respublika terma jamoalari va yuqori malakali jamoalar uchun 
zahira tayyorlashda G.Sorvin, X.Muxitdinov, A.Mosheev kabi ustoz murabbiylarning mehnati 
ulkan bo‟lgan. 
Murabbiy kadrlar tayyorlash bo‟yicha O‟zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining 
o‟zbek futboliga qo‟shgan hissasi o‟ta muhimdir. institut 1955 yilda ochilgan bo‟lib, u paytda futbol 
mutaxassisligi sport o‟yinlari kafedrasi tarkibiga kirar edi, biroq 1966 yilda u mustaqil kafedra 
sifatida ajralib chiqdi. O‟z faoliyati mobaynida bu kafedra futbol bo‟yicha murabbiy kadrlar 
tayyorlash o‟chog‟iga aylandi. Natijada ko‟pgina bitiruvchilar murabbiylik ishida ma‟lum 
muvaffaqiyatlarga erishib, O‟zbekistonda xizmat ko‟rsatgan murabbiy unvoniga sazovor bo‟ldilar. 
Bular B.Abduraimov, V.Tixonov va boshqalardir. Ayni paytda futbol kafedrasining ko‟pchilik 
bitiruvchilari O‟zbekistonning turli viloyatlari va chet ellarda ishlab kelmoqda. 
1992 yil mustaqil O‟zbekiston Respublikasining ilk chempionati yili edi. Mamlakatimiz 
futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Bu chempionatning oliy ligasida 17 ta, birinchi ligasida 18 ta, 
ikkinchi ligasida esa 42 ta jamoa ishtirok etdi. O‟zbekiston chempioni unvoni uchun kechgan 
shiddatli kurashda "Paxtakor" ga asosan Farg‟ona vodiysining "Neftchi", shuningdek, 
"So‟g‟diyona" (Jizzax) va "Nurafshon" (Buxoro) jamoalari kuchli qarshilik ko‟rsatdilar. 
1994 yil 7 iyunda O‟zbekiston Futbol federasiyasi "FIFA" ga, shu yilning dekabr oyida esa 
Osiyo Futbol konfederasiyasiga a‟zo bo‟ldi. 
1994 yilda ilk bor yosh mustaqil respublika elchilari Yaponiyada o‟tkazilayotgan XII Osiyo 
o‟yinlarida – Osiyo mintaqasidagi yirik sport forumida tanishtirildilar. 
Oltin medal sovrindorlari nomi uchun kurashda o‟zbek futbolchilari Saudiya Arabistoni 
(4:1), Malayziya (5:0), Gonkong (1:0) va Tailand (5:4) terma jamoalari ustidan g‟alaba qozondilar. 
Chorak finalda Turkmaniston terma jamoasini 3:0 hisobida, yarim finaldagi shiddatli va o‟ta 
15-rasm 


murakkab o‟yinda Janubiy Koreyaning kuchli jamoasini 1:0 hisobida mag‟lub etdilar. Va, nihoyat, 
finalda Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobi bilan yengdilar. Bu jamoa murabbiylari dotsent 
R.Akramov va sport ustasi B.Abduraimovlar edi. Asosiy tarkibning 7 nafar o‟yinchisi O‟zDJTI 
talabalari bo‟lganini aytib o‟tish joizdir. 
1992 yildan hozirgi kungacha bo‟lgan vaqt ichida Toshkentning "Paxtakor", "Bunyodkor"va 
Farg‟onaning "Neftchi" jamoalari chempionat yetakchilari bo‟lib keldi. Paxtakorchilar 
to‟qqizmarotaba 
O‟zbekiston 
chempioni 
bo‟lganlar 
(1992,1998,2002,2003, 
2004,2005,2006,2007,2012) va 6 marotaba mamlakat Kubogi sovrindorlari qatoridan joy olganlar 
(1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004). "Bunyodkor" jamoasi beshmarotaba O‟zbekiston chempioni 
bo‟lganlar (2008,2009,2010,2011,2013) va 4 marotaba mamlakat Kubogi sovrindorlari qatoridan 
joy olganlar (2008,2010,2012,2013). "Neftchi" ham besh karra respublika chempioni 
(1992,1993,1994,1995,2001) va 2 karra O‟zbekiston Kubogi sohibi (1994, 1996) bo‟lgan. 
O‟zbekiston chempioni unvoniga yana "Navbahor" (1996), MXSK (1997) va "Do‟stlik" 
jamoalari erishganlar. Shuningdek, 1997, 1995, 1998 yillarda "Navbahor" va 2000 yilda "Do‟stlik" 
jamoasi O‟zbekiston Kubogini qo‟lga kiritganlar. 2002 yilgi Osiyo Chempionlari Kubogi uchun 
kurashda qarshining "Nasaf" jamoasi ishtirok etadi. Saralash bosqichlarida 5 g‟alabani qo‟lga 
kiritib, yarim finalga chiqdilar. Ammo bronza medali uchun kechgan bu o‟yinda qarshiliklar 
"Istiqlol" (Eron) jamoasiga 2:5 hisobida g‟alabani boy berib, 4-o‟rinni egallaydilar. 
2003 yilda Toshkentda bo‟lib o‟tgan chempionlar ligasi chorak finalida paxtakorchilar katta 
ustunlik bilan Turkmanistonning "Nissa" jamoasini 3:0, Eronning "Piruza" sini 1:0 va Iroqning "Al- 
Taliba" kabi jamoalarini 3:0 hisobida yengdilar. Yarim finalda ikki match natijalariga binoan 
Tabilandning "Bek-Tero Sosana" jamoasi ustun keldi. 
2002-2003 yillarda O‟zbekistonning yoshlar terma jamoasi futbolchilari katta yutuqlarga 
erishdilar. Qatarda Tabiland terma jamoasini 4:0, Qatarni 5:4 hisobida yengib, so‟ng Janubiy 
Koreyaga 0:2 hisobida g‟alabani boy berib, futbolchilarimiz chorak finalga yo‟l oldi va unda Suriya 
Arabistonini 4:0 hisobida mag‟lub etdilar. Yarim finalda o‟zbek futbolchilari Yaponiya terma 
jamoasi bilan uchrashdilar. Shiddatli va qizg‟in o‟tgan o‟yinning asosiy vaqti 1:1 hisob bilan 
yakunlandi. 11 metrli zarbalar yo‟llashda yaponlar bir oz ustunroq chiqib, 4:2 hisobida g‟olib 
bo‟ldilar. 
To‟rtinchi o‟rinni egallagan O‟zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning eng kuchli 16 
jamoasi qatorida maydonga chiqish imkoniyatini qo‟lga kiritdi. 
Jahon chempionati 2003 yilning dekabr oyida BAAda bo‟lib o‟tdi. O‟zbekiston futbolchilari 
chiroyli va bahamjihat o‟yin ko‟rsatdilar, lekin 1/8 finalga chiqa olmadilar. Biroq, mutaxassislar va 
ishqibozlar O‟zbekiston terma jamoasi o‟yinini yuqori baqoladilar. Uch o‟yin davomida ular o‟z 
tengdoshlari bilan kurash olib bordilar, lekin Mali jamoasiga (Afrika chempioni) 2:3, Argentina 
termasiga (ayni paytda jahon chempioni) 1:2, Ispaniya terma jamoasiga (Yevropa chempioni) 0:1 
hisobi bilan g‟alabani boy berdilar. 
Oxirgi yillarda O‟zbekiston milliy terma jamoamiz, yoshlar va o‟smirlar terma jamoalari 
barcha Jahon chempionatlarida ijobiy ishtirok etib kelishmoqda. 2010 yilda Toshkentda bo‟lib 
o‟tgan o‟smirlar o‟rtasida Osiyo chempionatida terma jamoamiz sharafli 2-o‟rin egallab Jahon 
chempionatiga yo‟llanma olindi. 2011 yilda Qatarda bo‟lib o‟tgan Osiyo chempionatida milliy 
terma jamoamiz 4-o‟rin egallashdi. 2011 yili O‟zbekistonda birinchi bor “Nasaf” jamoasi Osiyo 
Kubogi soxibi bo‟lishdi. 2011 yili Meksikada bo‟lib o‟tgan yoshlar o‟rtasida Jahon chempionatida 
kuchli sakkizta jamoa safiga kirishgan. 2012 yilda Eronda bo‟lib o‟tgan o‟smirlar o‟rtasida Osiyo 
chempionatida terma jamoamiz ilk bor 1-o‟rin egallab chempionlikka sazavor bo‟lishdi va Jahon 
chempionatiga yo‟lanma olindi. 2013 yilda Turkiyada bo‟lib o‟tgan yoshlar o‟rtasida Jahon 
chempionatida, o‟tgan Jahon chempionatidagi natijasini takrorladi, kuchli sakkiztalikka kirishdi. 


FIFA ning oliy organi kongressdir. 
FIFA ning tashkiliy negizini 6 qit‟aning tashkilotidan iborat: 

Yüklə 408,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə