Дастурлаш асослари


Rahbarning ish sharoitini ifodalash metodi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə5/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Дастурлаш асослари

4. Rahbarning ish sharoitini ifodalash metodi.
5. Xulq-atvor va xatti-harakatni kuzatish va qayd qilish metodi
6. Voqe’lik va hodisani oqilona hal qilish metodi
7. Menejer bilan individual suhbat o’tkazish metodi
8. Interv’yu va anketa metodi.
Har bir fanning alohida o’rganish metodlari bo’lganidek boshqaruv psixologiyasining ham o’z metodlari va ularni qo’llash vositalari mavjud. Boshqaruv psixologiyasida qo’llaniladigan metodlar psixologiya va sotsial psixologiya fanlarida qo’llaniladigan metodlarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o’ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yo’llari va ma’lumotlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Boshqaruv psixologiyasining metodlari quyidagilardan iborat.
1.Kuzatish metodi.
2. So’rov metodi.
3. Kontent – analiz.
4. Ijtimoiy psixologik testlar.
5. Hujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod
6. Menejer bilan individual suhbat metodi.
7. Intervyu: standart, nostandart.
8. Menejer hisoboti metodi: monologik va dialogik.
Kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy hulq-atvor shakllari qayd etiladi. Kuzatish metodi qo’llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi kerak.
1.Kuzatish maqsadi aniq bo’lishi va ilmiy maqsadlarga mos kelishi lozim.
2.Kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish.
3.Ma’lum reja va sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish.
4.Olingan natijalarning asosligi va ishonchliligini boshqa uslublar yordamida tekshirib ko’rish.
Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan kuzatish metodining 3 shakli mavjud.
A.Tashqi kuzatish – kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan holda ularning xulq – atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to’plashga asoslanadi. Bunday yo’l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin, shuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo’shimcha vosita sifatida ishlatiladi.
B. Qo’shilib kuzatish – bunda tadqiqotchi kuzatuvchilar faoliyatiga bevosita aralashib, kerak bo’lsa ular bilan birga yashaydi, birga ishlaydi. Bu usulning qulayligi shundaki, kuzatilayotganlar o’zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar, kuzatuvchini guruh a’zosi sifatida qabul qiladilar.
V. Muhim vaziyatlarni qayd etish – bunda alohida shaxs yoki guruh kutilmagan tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga bo’lgan munosabati, o’zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo’llari kuzatiladi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə