Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə2/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Дастурлаш асослари

Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga boshqaruv psixologiyasining ijtimoiy-psixologik muammolari, boshqaruvning shaxsga oid turli o’ziga xos xususiyatlari, boshqaruvga doir mavzulari va munosabatlarining ob’ekti va sub’ekti sifatida o’ziga xos qonuniyatlariga oid bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifalari – talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarda sog’lom dunyoqarash, mustaqil fikrlash hamda milliy mafkura ruhidagi e’tiqodni shakllantirish, istiqbolda har bir mutaxassisning jamiyatdagi ziyolilarning eng ilg’or vakili sifatida Vatan ozodligi, obodligi, taraqqiyoti, yurt ravnaqi yo’lida xizmat qilishga qodir bo’lgan vatanparvarlarni tarbiyalashga o’z hissasini qo’shadi. Bo’lajak mutaxassislarga boshqaruvning asosiy tamoyillari, uslublari, toifalari, muloqot shartlariga oid bilim berish va ularga boshqaruvni ilmiy tashkil etish, uning yangilanish va mamlakatni isloh qilishdagi o’rni va ahamiyatini ochib berishdan iboratdir.
«Boshqaruv psixologiyasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- boshqaruv psixologiyasi, uning rivojlanishi va shakllanish mohiyati, qonuniyatlari, amalga oshirishga aloqador bo’lgan amaliy masalalar; boshqaruvning mohiyati; usullari to’g’risidagi bilimga ega bo’lishi kerak;
- ilmiy boshqaruvning asosiy masalalarini, rahbarlikka qo’yiladigan asosiy talablari, motivlar va rahbarlik usullarini; mohiyatiga oid ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
- boshqaruvda shaxsning xulq-atvorini o’rganish bo’yicha; inson faoliyatidagi ehtiyojlar, motivlar va qiziqishlarni tadqiq etish bo’yicha; muomalaning turli vositalarini diagnostika qilish bo’yicha malakalariga ega bo’lishi kerak.


MA’RUZA MATERIALLARI


BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANIDAN MA’RUZALAR MATNI
1-mavzu: Boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari.
Reja:
1. Boshqaruv psixologiyasi - asli “insoniy munosabatlar” oynasi ekanligi.
2. Hozirgi davrda boshqaruvning psixologik talqini, mohiyati.
3. Boshqaruv psixologiyasini o’rganishdan kutilayotgan natijalar.
4. Fanni o’rganishning asosiy usullari.
Boshqaruv xaqida umumiy tushuncha. Fanda Boshqaruv tushunchasi tizimning uz xayot faoliyatini ta’minlash jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday tizimlar katoriga biologik, texnik, ijtimoiy tuzilmalar kiradi. Boshqaruv tuzilma sifatida: Boshqaruvchi va boshkariluvchi bulaklarga ajratiladi.
Boshqaruv uz tasarrufidagi boshkariluvchi bulakka muntazam, rejali va maksadga yunalgan tarzdagi ta’sir kuchiga ega. Bunday uzaro faoliyat tizimning ishchanlik kobiliyatini ta’minlaydi. Boshqaruvdagi tadkikotlar, kibernetika fani yuzaga kelishi tufayli jadal sur’atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani boshkarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbik etila boshlandi.
Boshqaruv bilimlari ko‘p jixatdan davr extiyojini aks ettiruvchi asosiy manba bulib xisoblanadi. Boshqaruv jarayoni, bir tomondan, tuzilmaning yaxlitligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, uni yanada takomillashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. Shu urinda Boshqaruvning ikki asosiy funksiyasi farklanadi: maksadga yunaltiruvchi va tashkiliy funksiyalar.
Maqsadga yunaltiruvchi funksiya tuzilmani yanada mukammallashtirish maqsadiga yunaltiradi. Tashkiliy funksiya esa tuzilmaning maksadga erishishdagi ichki tartibi va uning turli kismlari o‘rtasidagi uzaro muvofiklikni ta’minlaydi.
Yuqoridagi asosiy ikki boshqaruv funksiyasi qator vazifalar orqali amalga oshadi. Masalan, maqsadga yo’naltiruvchi funksiyani ado etishda faoliyat tarkibiga:

  • natijani prognozlash;

  • maksad sari faoliyatni rejalash;

  • amalga oshirish motivatsiyalari kiradi.

Maksadga yunalgan faoliyatni amalga oshirish esa tashkiliy funksiyalar orqali ta’minlanadi. Bu soxadagi asosiy vazifalardan biri faoliyatni nazorat etish va kuchlarni safarbar etishdir. Umuman olganda nazoratni amalga oshirish Boshqaruvning ikkala funksiyasi uchun xam umumiy bulgan universal xususiyat bulib, u boshqaruvning har kanday jarayonida doimiy kayta alokani ta’minlab turadi. Boshqaruv fanidagi asosiy tushunchalardan biri kayta aloka tushunchasi bulib, bu ibora tuzilmaning uz maksadi sari intilishi kay yusinda ketayotgani va kanday jixatlarni uzgartirish, yanada mukammallashtirish xaqida ma’lumot olishni anglatadi.
Yukorida kayd etilgan Boshqaruvning ikki asosiy funksiyasini aloxida talkin etish juda shartli bulib, aslida ular ajralmas va yagona jarayonlardir.
Raxbarlik Boshqaruv faoliyati sifatida. X,ar kanday Boshqaruv ushbu jarayonning mukammal tarzda idora etish extiyojini sezadi. SHu maksadda, tuzilma mas’ul Boshqaruvchiga ega bo‘lishi lozim. Tashkilotni tuzilma sifatida kabul kilarkanmiz, uning raxbari Boshqaruvning aynan ikki asosiy funksiyasini ta’minlovchi shaxs sifatida tushuniladi.
Tashkilot mikyosida taxlil kilinganda yukorida kayd etilgan asosiy funksiyalar kuyidagicha ifoda etiladi:

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə