Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə7/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196
Дастурлаш асослари

Kontent – analiz metodi. Bu metodning ilmiy mohiyati shuki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajiralib turadi. Uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g’oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni, ma’lum mazmun miqdor ko’rinishiga keltiriladi. Kontent – analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunish mahorati bo’lishi kerak, ikkinchi tomondan esa tadqiqot so’ngida qo’lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak.
Hozirgi mulohazalarimizda menejment psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari, ularning turkumlari, o’ziga xos xususiyatlari, tuzilishi, mohiyati, qo’llanish imkoniyati yuzasidan qisqacha ma’lumot berishga harakat qilamiz. Chunki ilmiy tadqiqot metodlariga oid bilimlar bilan qurollanmasdan turib, sohaning amaliy va tadbiqiy jihatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi mumkin emas. quyida sohani o’rganish metodlarining tavsifiga to’xtalib o’tamiz.
1. Hujjatlarni tahlil qilish metodi. (muassasa yoki tashkilotda ish yuritishdan tortib to moliyaviy hujjatlargacha boshqaruvni rasmiy qayd qilishning modellari ifodasi).
Har bir muassasada katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar umumiy talablarga javob bo’ladigan hujjatlar majmuasiga ega bo’lishi lozim. Ularning har birini alohida tahlil qilish rahbar yoki xodimni kasbiga, faoliyatiga nisbatan munosabatini, mas’uliyat hissini aniqlashga imkon berdi.
Alohida olingan hujjatning tashqi ko’rinishi, tuzilishi, mazmuni mohiyati, ya’ni uning shakliy tomoni va ichki mohiyati sirtdan kuzatuvchi uchun muayyan taassurot qoldirsa, unda hayajon, qoniqish hissini vujudga keltirsa demakki iliq baholash tendentsiyasi tug’ilganligidan dalolat berishi to’g’risida xulosaga kelavering. Agar har bir hujjat unga yuklatilgan funktsiyani aks ettirgan bo’lsa, binobarin, u maqsadga muvofiq yaratilganini anglatadi.
Hujjatlarning tadrijiy (evolyutsion), izchil, iyerarxik (bosqichma- bosqich) ravishda tuzilganligi, zarur ma’lumotlarni undan olish imkoniyati mavjudligi yuzasidan muayyan qarorga kelish ularning tuzuvchilari to’g’risida ilmiy psixologik taassurot olish, xulosa chiqarishga puxta asos yaratadi. Jumladan, quyidagi ma’lumotlarni olish mumikn.

        1. rahbar yoki uning qo’l ostidagi xodimning birinchi navbatda faoliyatga nisbatan ma’suliyat hissi shakllanganligini bildiradi.;

        2. ularning u yoki bu narsaga nisbatan mayli, intilishi, qobiliyati mavjud ekanligini anglatadi;

        3. yuksak his-tuyg’ular, nafosat kechinmalari tarkib topganligidan dalolat beradi;

        4. Ma’lumotga serobligi, boyligi rahbar xodimning saviyasi, dunyoqarashi, e’tikodi yuzasidan taassurot olishga imkon tug’diradi;

        5. har qaysi axborot yoki ma’lumotning bartartibliligi mantiqiy yuksaklikni aks ettiradi;

        6. hujjatlarni o’z o’rnida saqlanishi, ularga nisbatan e’tiborlilik mobilizatsion qobiliyat mavjudligiga kafolatdir.

          1. Menejer va uning qo’l ostidagi odamlarning biografiyasini o’rganish metodi.

Odatda biografik ma’lumotlar bir necha manbalarni tahlil qilish orqali to’planishi mo’ljalangan bo’lib, shaxsning avtobiografiyasi, unga berilgan tavsifnoma, davriy gazeta, mahalliy matbuotlardan muassasalarning hujjatlari, badiiy xususiyatli ma’lumotnoma kabilardagi sub’yektga taalluqli psixologik jabhalari umumulashtiriladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida rahbar o’z qo’l ostidagi tobe xodimlar, kichik bugundagi rahbarlar yuzasidan g’oyalar bankini tuzadi. Ularga asoslangan holda turli soha bo’yicha zaxira rahbarlari ro’yxatini to’zish oddiy xodimlar xizmati, salohiyati, yuksak ko’rsatkich mezonlariga suyangan tarzda moddiy va ma’naviy rag’batlantirish ishlari yo’lga qo’yilishi mumkin. Bu borada tavallud kuniga bag’ishlangan kechalar uchun zarur ma’lumotlar to’plashga muhim imkoniyat yaratadi.
Umuman olib qaralganda, biografiya metodi rahbarlar va tobe kishilar to’g’risida muayyan ma’lumotlar yig’ishga xizmat qiladigan empirik (tajriba) metodlar tarkibiga kiradigan uslub hisoblanadi. Xuddi shu boisdan undan ham rahbar kadrlarning, ham xizmatchilarning psixologik xususiyatlari to’g’risida faktik (asosli ma’lumotlarga) asoslangan ma’lumotlar to’plash imkoniyati mavjud bo’lib, statistik hisoblashga beriluvchan miqdorlar orqali sifat tahlili amalga oshiriladi.


          1. Yüklə 2,71 Mb.

            Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə