Дастурлаш асослари


Menejer bilan individual suhbat metodi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə10/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196
Дастурлаш асослари

Menejer bilan individual suhbat metodi. Vaziyat, sharoit, muhit omillaridan kelib chiqqan holda menejer bilan suhbatlashish uning ayrim psixologik xususiyatlarini o’rganishga imkon yaratadi. Suhbat muayyan mavzu, muddat, maqsad, vazifa, tayyorlangan savollar tizimi kabi tarkiblarga asoslangan holda amalga oshirilishi mo’ljallanadi. Suhbat menejerning roziligi bilan amalga oshiriladi va ikki xil variantni qo’llash nazarda tutiladi; standart holda tor ma’nodagi mavzu bo’yicha fikr almashish evaziga shaxsning ayrim psixologik xususiyati, fazilati to’g’risida ma’lumot olish mumkin; nostandart, ya’ni keng ko’lamdagi hodisalar yuzasidan mulohazalar yuritish, mushohada qilish tufayli menejerning psixologik jihatini o’rganish. Birinchi variantda cheklangan mavzu atrofida fikr yuritish orqali chuqurroq ma’lumot olish imkoniyati mavjud, chunki diqqat-e’tibor faqat yagona ob’yektga yo’naltirilgan bo’ladi. Xuddi shu bois shaxs tuzilmasiga kiruvchi ayrim ma’lumotlar tularoq aks etadi, lekin menejerning yaxlit psixologik portretini yaratish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Ikkinchi variant har xil mavzular yuzasidan fikr almashish orqali menejerning saviyasi, dunyoqarashi, xarakter xislati, fikr yuritish xususiyati va nutqiy qobiliyati bo’yicha psixologik ma’lumot olinadi. Uning kasbiy tayyorgarligi, xodimlariga munosabati, yuksak tuyg’ulari yuzasidan material yig’ishda individual suhbat o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Suhbat jarayonini qayd etish psixologik printsiplarga rioya qilingan holda amalga oshirilsa, uning ilmiylik darajasi yanada ortadi.

  • Menejer faoliyatining o’rganishning asosiy metodlaridan biri vaziyat, shaxsiy fikrni aniqlashga yo’naltirilgan intervyudir. Intervyu ijtimoiy psixologiyaning eng ommalashgan metodi hisoblanib, u o’z navbatida standart va nostandart turlarga ajratiladi. Har ikki turdan farqli o’laroq uning modifikatsiyasi mavjud bo’lib, vaziyatni va shaxsiy fikrni aniqlashga yo’naltirilganligi bilan boshqalardan tafovutlanib turadi.

    Vaziyatni baholash yuzasidan menejer bildirgan mulohazalarining mantiqiy jihatdan asoslanganligi, uning dunyoqarashi, salohiyati intellekt darajasidan darak beradi. Bu narsaga boshqacha urg’u bilan yondashilganda, eng avvalo vaziyatni osoyishta tahlillash, ortiqcha tashvish, xadik, bezovtalanishga berilmaslik, unga emotsional emas, balki ratsional munosabatda bo’lish, uning atrofidagi xodimlarda ishonch tuyg’usini uyg’otadi. Ishlab chiqarish bilan bog’liq iqtisodiy holat yoki bu tarzdagi tanglik, shaxslararo munosabatdagi muammolar umumjamoa fikridagi ziddiyat o’ziga xos psixologik vaziyatni vujudga keltiradi. Ana shu vaziyatning yechimiga oqilona yo’l topish menejerning topqirligi, tashkilotchilik, qobiliyati, irodasining kuchliligini yordami bilan yuqoridagi vaziyatlarga nisbatan bildirilgan fikrlarning majmuasini aks ettirish imkoniyatiga ega.
    Inson faoliyatida nutq va tafakkur birligi muhim ahamiyat kasb etib, shaxsning mustaqilligi, mantiqan teranligi, akd-zakovatning tiniqdigi, hozirjavobligi, egiluvchanligi, fikrning chuqurligini aks ettiradi. Xuddi shu bois mustaqil fikrlash, shaxsiy qarash, pozitsiya, o’ziga xos g’oya singari aqliy faoliyat tarkiblarini aniqlashning eng samarali yo’li intervyudan foydalanishdir.
    Intervyu ma’lumotlari magnitofon tasmasiga tekshiruvchi tomonidan qayd qilish daftariga mujassamlashtiriladi. Eng muhim tomoni shundaki, intervyuni takroran tahlil qilish, uning ichidan zarur alomatlarni ajratib olish imkoniyati mavjuddir. Xullas, vaziyat va shaxsiy mustaqil fikrlashni tekshirishda, ularga muayyan javob topishda intervyu metodi muhim rol o’ynaydi.
    Menejerning psixologik xusuiyatlarini o’rganishda o’ziga-o’zi hisobot berishi tadqiqot metodi sifatida qo’llanilib kelinadi. O’ziga-o’zi hisobot berish turli xususiyatli inson omilini ochishga xizmat qiladi. Fikrlar majmuasi sifatidagi hisobot yoki jamiyat va tabiatga nisbatan munosabatning yig’indisi ob’yektiv faktorlarning aks etishi menejer faoliyatiga shaxsiy baho berish, ya’ni o’zini-o’zi baholashdan iboratdir.
    Menejerning o’ziga-o’zi hisobot berishi bir necha vaziyatlarni qamrab oladi, birinchidan, bo’lib o’tgan voqeliklarga ijobiy yoki salbiy munosabatini bildirish, ikkinchidan baholash jarayonidagi internal va eksternal nazorat funktsiyasini roli, uchinchidan, xatolarni keltirib chiqaruvchi sabablarini aniqlash, to’rtinchidan, nuqsonlarning oldini olish haqidagi mulohazalar, beshinchidan, faoliyat, muomala, xulq-atvor samaradorligini oshirish yuzasidan o’y fikrlar va xokazo.
    Menejerning monologik yoki dialogik tarzdagi o’ziga-o’zi hisobot berishi uning xarakter xislatini, maslagini, irodaviy sifatlarini, shaxsiy xususiyatlarini muayyan yo’nalishda ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun har qanday shakldagi hisobot shaxsning o’ziga-o’zi baho berishiga qaratilgan bo’lib, ob’yektiv va sub’yektiv baholash ni o’zida aks ettiradi. O’zi va o’zgalar to’g’risidagi mulohazalarning muayyan tarzda mujassamlashuvi yakka shaxsning o’ziga munosabatini hamda qo’l ostidagilarga nisbatan baholashini ifodalaydi.
    Menejer va uning qo’l ostidagi kishilarning o’zaro munosabatlarini aniqlashga mo’ljallangan metodlardan biri varaqa yoki anketadir. Varaqa yoki anketa metodi ochiq, yopiq va shkala shakllaridan tashkil topgan bo’lib, sirtdan baho berish, munosabat bildirish, xohishni aks ettirish kabi psixologik mezonlar yordami turli xususiyatdagi empirik materiallarni to’plash imkonini beradi. Anketa o’zining xususiyatiga binoan tekshiriluvchilardan ro’y-rost fikr bildirishni, ba’zan nomsiz axborot uzatishni taqozo etganligi tufayli ob’yektliroq ma’lumot olish imkonini yaratadi.
    Varaqa ijtimoiy xususiyatli vaziyatlarni, munosabatlarni, indvidual qarashlarni tekshirishda foydalaniladi, uni tarqatish oson va statistik hisoblash esa ung’ay kechadi. Xuddi shu boisdan materiallar ko’lami kengligi, ishtirokchilar miqdori kattaligi bilan boshqa metodlardan birmuncha ajralib turadi.
    Varaqa savollariga «ha» yoki «yo’k», shuningdek «+», «-» alomatlar yordami bilan javob qilinadi. Ba’zi hollarda bir nechta vaziyatdan faqat bittasini belgilash talab etiladi, goho bir savol xilma-xil pozitsiyadan kelib chiqib yondoshilganligi sababli ishonchlilik darajasi yuksak, aniq bo’lishini ham ta’minlaydi. Eng keyingi variantdagi varaqa shkalalar orqali fikrlar mujassamligini gavdalantiradi.
    Nazorat va muhokama uchun savollar:

                  1. Korxona hujjatlari deganda nimani tushunasiz?

                  2. Hujjatlar tahlili nima uchun zarur?

                  3. Biografik ma’lumot nima? Uni o’rganish nima uchun kerak?

                  4. Biografiya metodining maqsadi nima?

                  5. Mehnatdan lazzatlanish deganda nimani tushunasiz?

                  6. Mantiqiy mushohada nima uchun kerak?

                  7. Nutq va tafakkur birligi deganda nimani tushunasiz?

                  8. Monologik va dialogik hisob berishing qaysi biridan ko’proq ma’lumot olish mumkin?

                  9. Nima uchun anketa metodi qo’llaniladi?

                  10. Sizningcha rahbar xodimlarining o’ziga munosabatini qanday aniqlash mumkin?


    Yüklə 2,71 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə