Дастурлаш асослари


Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920)



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə13/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   196
Дастурлаш асослари

Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920) yillarini o’z ichiga olib
tashkilotchi va tarafdorlari F.Teylor, Frenk, L.Gilbert, G.Gant.
Ularning fikricha, boshqarishni kuzatish va tahlil qilish natijasida ko’pgina qo’l mehnati jarayonlarini takomillashtirish mumkin deyiladi. Ilmiy boshqaruv metodologiyasining birinchi bosqichida ishning mazmuni va uning asosiy komponentlarini aniqlash edi. Buning uchun Gilber va uning do’stlari mikroxronometr degan asbob kashf etdilar. Bu asbob bilan ular ma’lum bir jarayonni amalga oshirishda qanday harakatlar qilinadi va qancha vaqtni olishni nazorat etadilar. Bu bilan ular qo’l barmoqlarining 17 asosiy harakatlarini ta’riflab berdilar. Bu tekshirish va tahlil natijasida ular ishlab chiqarishda ishchilarni ortiqcha harakatlarini o’zgartirib, mehnatni samadorligini oshirishga harakat qildilar.
Bu maktabning ilmiy boshqaruvga qo’shgan hissasi shundan iboratki, ishchilarni qiziqtirish, ya’ni rag’batlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish mumkinligini isbotladilar.
Ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni ilmiy tashkil etish maktabi. Ushbu yo’nalish asosida amerikalik olim F.U.Teylor nomiga qo’yilgan «teylorizm» ta’limoti yotadi va bu sohada olib borilgan AQSHdagi izlanishlar 1885-1920 yillarni o’z ichiga oladi. F.U.Teylor o’sha davrdagi malakasiz ishchilardan samarali foydalanish maqsadida, murakkab va malaka talab etuvchi mehnat turini mayda operatsiyalarga ajratdi.
Mehnat jarayonini maxsus operatsiyalarga ajratish natijasida, Rensom Olds 1902 yilda konveyer usulini yaratdi va avtomobil yig’ish zavodiga tatbiq etdi. Yangi uslub bo’yicha ishlab chiqarish natijasida yillik mahsulot 425 donadan 2500 taga ko’paydi. Genri Ford esa bu uslubni yanada takomillashtirish orqali, avtomobil ishlab chiqarishga ketadigan vaqtni 20 martaga kamaytirdi va nafaqat Amerika, balki keyinchalik butun jahon avtomobil bozorini ishg’ol qildi.
Boshqaruvda klassik yoki ma’muriy maktab (1920-1950). Bu maktabning asoschisi Anri Fayol bo’lib, u frantsuz kompaniyasining ko’mir qazish bo’yicha
rahbaridir. L.Urvik esa Angliyada boshqaruv bo’yicha maslaxatchi. Bu
maktabning asosiy maqsadi boshqaruvning har xil tamoyillarini ishlab chiqishdir. A.Fayolning boshqaruv nazariyasiga qo’shgan hissasi shundan iboratki, u boshqaruvni bir qancha o’zaro bog’liq bo’lgan tashkil etish va rejalashtirishni funktsiya jarayonlari deb qaragan. Ikkinchi kategoriya tamoyillariga boshqaruv xodimlari va ishlab chiqarish strukturalarini tuzishni mo’ljallagan. Shular birga Anri Fayol boshqaruvning 14 ta tamoyilini ishlab chiqdi. A.Fayol butun mehnat jamoasini yaxlit sistema sifatida baholaydi va u alohida mehnat faoliyatlarini emas, balki butun tashkilotdagi boshqarish tamoyillarini, boshqaruv funktsiyalarini, boshqaruv tizimini takomillashtirib mehnat samaradorligini oshirishga erishadi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə