Дастурлаш асослари


Insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950)



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə14/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   196
Дастурлаш асослари

Insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950) Insoniy munosabatlar maktabi1924 yildan boshlab rivojlana boshladi. Bu yondashuvning birinchi tasdig’i amerikalik psixolog Elton Meyoning «Xotorn tajribalari» bilan bog’liq. U o’z tadqiqotlarida ishchilarga alohida e’tibor berib, g’amxo’rlik qilish va munosabatni orttirish orqali «Western Electric» kompaniyasida mehnat unumdorligini oshirishga erishgan. Demak, boshqaruv faoliyatida ma’lum bir yangi texnik vositalarni o’zgartirish bilangina emas, o’zaro munosabatlarda e’tibor va
samimiylikni orttirish orqali ham ish samaradorligini oshirish, insonga
to’g’ri yo’naltirish orqali ta’sirlantirish mumkinligi isbotlandi.
Insoniy munosabatlar maktabi. Bu maktab G’arb mamlakatlarida nemis psixologi Gyugo Myunsterberg tomonidan tashkil etildi. U AQSHga ko’chib, Garvard universitetida dars bera boshladi. U dunyoda yagona bo’lgan sanoat psixologiyasi maktabini yaratdi va o’zining «Psixologiya va sanoat samaradorligi» asarida insonlar orasidan rahbar lavozimiga tanlash tamoyilini ishlab chiqdi.
Myunsterberg psixotexnikaning (ya’ni kadrlarni tanlash, ularni joy joyiga qo’yish, qobiliyatlarini testlar orqali sinash) asoschilaridan biridir. U anchagina psixologik testlarni ishlab chiqib, har qancha tadqiqotlar o’tkazdi. Masalan: insonlarni qobiliyatini har qanday mutaxassislik lavozimiga bo’lgan ishtiyoqini, ishchilarni bir yo’la ikki mutaxassislikda ishlay olishlarini, hamda ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olishda qanday yo’l tutishlarini sinash.
U birinchi bo’lib, ishlab chiqarishda menejer mashinani emas, balki insonlarni yaxshi boshqarish orqali samaradorlikka erishish g’oyasini ilgari surdi.
Myunsterbergning xizmati shundaki, uning maktabi birinchi bo’lib, korxona va tashkilotlarning buyurtmasi asosida sanoat psixologlarini tayyorlagan.
Insoniy munosabatlar maktabining asoschilaridan yana biri Meri Parker Follet va Elton Meyolardir. Uning fikricha, yaxshi ish natijasi va mehnatga yaxshi haq to’lash mehnat unumdorligin oshiradi. Bu xulosalarga asoslangan holda psixolog tadqiqotchilar har bir rahbar o’zining qo’l ostidagi ishchilariga g’amxo’rlik qilsa, ishchilar ham ishlab chiqarish jarayonidan shuncha qoniqish olishlarini ko’rsatadilar. Ular insoniy munosabatlar (boshqaruv usulini) ya’ni ularga doimiy ravishda maslaxatlar berib, ish sharoitlarini yaxshilashlarini va shu asosda mehnat samaradorligini oshirish mumkinligini isbotladilar.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə