Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə12/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   196
Дастурлаш асослари

Boshqaruv - bu tartibga solish darajasini oshirish orqali ijtimoiy tizim faoliyatini takomillashtirishga yo’naltirilgan, faoliyatning maxsus shakli.
Boshqaruv jarayonining mohiyati maqsadi - natijani mos kelish yo'nalishi bo’yicha harakatni yo'lga solishdan iborat bo’ladi.
Sharqda o'z ta'limoti bilan tarixda qolgan buyuk Xitoy faylasufı Konfusiy, Kun Fuszi (mil. av. 551-479) asarlari, boshqaruv to’g’risidagi qarashlari oradan ming yillab vaqt o'tib borayotgan bo’lsa-da dolzarbligini yo'qotayotgani yo’q. Zero, Xitoyda Konfusiy axloqiga binoan inson dunyo tartiboti tizimida favqulodda o'rin tutishi, umumiy dunyo taqdiri uchun mas'ullik hissining cheksizligi targ'ib etilsa, kosmologiya g'oyasida siyosat va kosmik ritm o’rtasida murosa o’rnatilishi asoslangan. Xitoy siyosati esa “inson o'ziga kim” deb emas, “inson davlat uchun kim” degan savolga javob izlar edi. Inson jamiyatda faqat o'z qobiliyatiga tayanib, qachon undan foydalanishlari muddatini kutib yashashga mahkum etilgan edi. Shu boisdan ham Xitoyda davlat jamiki jarayonlarni boshqaruvchi kuch sifatida jamiyatda har bir individning ijtimoiy mavqeini ham belgilab boruvchi omil vazifasini o’tar edi. Konfusiy osmoniy g'oya nazariyasini ijtimoiy-psixologik tadqiq etgan holda ma'rifıy bo'yoqlar bilan yanada rivojlantirdi.
O'rta asrlarda yashagan, mashhur olim Abu Nasr Forobiy jamiyat taraqqiyotida rahbarning xizmati benihoya katta ekanini ta'kidlab, o'zi orzu qilgan adolatli jamiyat rahbari bir qator fazilatlarga ega bo'lishi lozimligini alohida uqtirib o’tgan. “Kimki birovni baxt va saodatga erishtirish uchun zarur bo'lgan ish-harakatlarga ruhlantira olish qobiliyatiga ega bo'lmasa va bu ish-harakatni bajara olishga qudratsiz bo’lsa, bunday odam sira ham rahbar bo'la olmaydi. Ular yo'l-yo’riqlarni o'tmishda yashab o'tgan boshliqlardan o'rganadilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak o’tmishdagi rasm-rusm, yo’l-yo’riqlarni isloh qilishni lozim topsa, turmush sharoiti taqozosiga qarab o’zgartiradi. Shuningdek, yomon odatlarni o’zida ifodalovchi o’tmishni ham o’zgartirmog’i kerak. Aks holda o’tmishning talablariga rioya etib, uning kayfıyati saqlansa, turmushda hyech qanday yengillik, o’zgarish va o'sish ham bo'lmaydi. Uning nazarida har bir rahbar:

                  1. Sog'-salomat bo'lishi;

  1. Nozik farosatli bo’lishi, fikrlarni tezda ilg'ab olishi va umumiy ahvolni ravshan tasavvur etishi;

  2. Ko’rgan va eshitganlarini xotirasida to'liq saqlay olishi;

  3. Zehni o'tkir va o'zi zukko bo'lishi;

  4. O'z fikrini ravshan va chiroyli so'zlar bilan tushuntira olishi;

  5. Ilmu ma'rifatga doimo intilishi;

  6. O'z nafsini tiya olishi;

  7. Haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevishi;

  8. O'z qadrini biluvchi, pastkashlikdan yuqori turuvchi, or-nomusli va oliyhimmat inson bo'lishi;

  9. Mol-dunyoga qiziqmaydigan bo'lishi;

  10. Haqsizlik va razolatga qarshi murosasiz adolatparvar inson bo’lishi;

  11. Qat'iyatli, jur'atli va jasur bo’lishi lozim.

Forobiy bu talablarni har bir rahbarning zimmasiga bejiz qo'ymagan, chunki yuqorida sanab o'tilgan oliy insoniy fazilatlarga ega bo'lgan inson nafaqat o’zining barkamolligi, balki boshqalarning baxtsaodati yo’lida ham ko'p xayri ishlarni amalga oshira olishi shubhasiz.
Forobiy ta'limotini davom ettirgan holda, Yusuf Xos Hojib o’zining “Qutadg'u bilig” (“Baxtga eltuvchi bilim”) asarini yaratdi. Xalq orasida “hukmdorlar odobi” nomi bilan mashhur bo'lgan bu asar rahbarning asosiy fazilatlariga, uning zimmasidagi vazifalarga bag'ishlangan. Mazkur asarda hukmdor yoki rahbar uchun eng asosiy mezon adolat, uning qanoti esa bilim va qanoat bo'lishi lozimligini asar muallifi alohida ta'kidlab o'tadi. “Qutadg'u bilig”da mamlakat boshlig'i bo'lish uchun kishining tag-tubi, asl nasli toza, andishali, pokiza xulqli, aql-idroki kuchli bo’lishi, g'aflatda qolmasligi, yolg'on gapirmasligi shart, degan yo’l-yo’riqlar berilgan. Muallifning ta'kidlashicha, El uchun ikki narsa mustahkam tayanchdir: biri xushyorlik, ikkinchisi adolat. Ikkalasi adolat ildizidir. XV asrda Sharqda siyosiy-huquqiy ta'limotlar tarixi rivojiga katta hissa qo’shgan olim Jaloliddin Muhammad Ibn Asad as-Siddiqiy al-Davoniy (1427-1502) o'zining “Axloqi Jaloliy” asarida boshqaruv jarayoniga oid qarashlarini bayon etgan. Jumladan, asar uch qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda axloq haqidagi qarashlar, ikkinchi qismda oilani boshqarish haqidagi qarashlar va uchinchi qismda shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati to’g’risidagi fikr-mulohazalar qayd etilgan. E'tiborli tomoni shundaki, Davoniy ushbu “Axloqi Jaloliy” asarida jamiyatni adolatli — fozil shaharga va johil shaharlarga bo'ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida o'nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo'lishi kerak deydi. Bulardan:

  • birinchisi hukmdor odamlarni e'zozlashi;

  • ikkinchisi davlat isNarini adolatli ijro etishi;

  • uchinchisi hirs va shahvatga berilmasligi;

  • to'rtinchisi hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g'azabga yo'l qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi;

  • beshinchisi xalqning ehtiyojini qondirish uchun Xudoning irodasidan kelib chiqishi;

  • oltinchidan xalq ehtiyojini qondirishga oid islarni bajarishga harakat qilishi;

  • yettinchisi xalqqa nisbatan odil bo'lishi;

  • sakkizinchi har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi;

  • to'qqizinchisi har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni;

  • o'ninchisi adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo'l qo'ymaslik kabilardir.

Demak Davoniy kabi boshqa mutaffakirlar fikriga ko’ra, jamiyatning paydo
bo’lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, adolatli hukmdor masalasi jamiyatdagi
aqliy va axloqiy tarbiyaga bog’liq bo’ladi. Shuningdek, davlat va uni boshqarishda, xalqning farovon hayot kechirishida hukmdorlarning o’rni, ilm-fanining o’rni alohida
ahamiyat kasb etadi. Olimlarning jamiyatda, davlatni boshqarishda tutgan o’rniga
katta ahamiyat beradi, uning fikriga ko’ra haqiqiy olim davlat ishlarida faol
qatnashishi, jamiyatga foyda keltiradigan murakkab muammolarni yechishda ishtirok
etishi kerak.
Mehnat qiluvchi insonni ongli ravishda ilmiy o‘rganish o‘tgan asrdan boshlandi. Tashkilot menejmentini o’rganuvchi olim V.A. Spivak boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga ajratgan xolda tadqiq etadi:1
Boshqaruv psixologiyasi AQSH va G’arbiy Yevropada keng rivojlangan
bo’lib, o’zining ko’plab yo’nalishlariga ega. F.Teylorning «Ilmiy menejment» maktabi, Elton Meyo asos solgan «Insoniy munosabatlar»,
Drakerning «Empirik», CH.Bernardning «Ijtimoiy tizim», Perrouning
«Inqirozli holatlarda boshqaruv» kabi sotsiologik maktablari boshqaruv
sotsiologiyasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. G’arb va Amerika boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasidagi tizimli, ijtimoiy va
insonparvarlik nomlari bilan ataluvchi sotsiologik va psixologik
yo’nalishlar hozirgi davr ijtimoiy hayotini ilmiy asosda boshqarish
shakllari, usul va vositalarini yanada takomillashtirishni maqsad qilib
qo’ydi.
Boshqaruv psixologiyasining rivojlanishida bir qancha chet el sotsiolog, menejer, psixologlar ham o’z ulushlarini qo’shdilar. Ularning ko’pchiligini fikri bir joydan chiqib, ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlarga va yutuqlarga erishishida insonlar ruhini o’rgangan holda, ya’ni insoniy munosabatlarni yaxshilagandagina erishish mumkinligini isbotlab berdilar.
Garvard universiteti professori Elton Meyo «Insoniy munosabatlar» nazariyasini ilgari surdi. Uning g’oyalarini mohiyati
shundaki, mehnat jarayonida psixologik va ijtimoiy omillar yetakchi
ahamiyatga ega. SHu sababli, E.Meyo fikriga binoan ishlab chiqarish va
boshqaruvning barcha muammolariga insoniy munosabatlari nuqtai nazaridan
qarash lozim. Bu nazariya insonning ma’lum ijtimoiy va psixologik
ehtiyojlarini qondirish yo’li bilan uni yanada unumli mehnat qilishi
mumkin degan g’oyaga asoslangan.
Insoniy munosabatlar maktabining yana bir namoyondasi D.Mak Gregor boshqaruvni tashkil etishda 2 xil yondashuv mavjudligini aytib o’tadi:
1) majburlash va rag’batlantirish usullari;
2) tashabbuskorlik va mustaqillikni iloji boricha namoyon qilish uchun
sharoit yaratish.
Lekin bu nazariyaning yaxshi tomoni shundaki, «Insoniy munosabatlar»
maktabi vakillari ijtimoiy muammolarni butun jamiyat miqyosida emas,
balki alohida korxona miqyosida hal etadilar. Mehnatkashlarning ijtimoiy
ahvoliga kompleks ravishda yondashish ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida
emas, balki kishilarning guruxiy munosabatlari sifatida qaralgan.
«Emperik» (pragmatik) maktab namoyondalari menejment zarurligini
umuman inkor etib, ochiq emperizmni targ’ibot qiladi. U boshqaruvning
maqsadi - rahbarlik qilish bo’yicha ijobiy tajriba va aniq xatolarni
o’rganishdan iborat,-deb ta’kidlaydi. Bu maktab vakillari kamroq nazariy
maslaxatlar berib, ko’proq aniq vaziyatlarni tahlil etish bilan shug’ullanish
va albatta, tajriba o’rganish juda muhimligini aytib o’tadilar. Lekin faqat
amaliyotga asoslanib menejmentni shakllantirish mumkin emas «Emperik»
maktabning eng yorqin namoyondalari - T.Draker, R.Devis, L.Nьyuman,
D.Miller va boshqalardir.
Yuqorida sanab o’tilgan xorijiy boshqaruv maktablarining eng asosiy kamchiligi boshqarish nazariyasini har tomonlama chuqur o’rganilmaganligidir. Bu yangi yo’nalish «Ijtimoiy tizimlar» maktabining vujudga kelishiga turtki bo’ldi. Uning eng taniqli namoyondalari D.March, G.Saymon, A.Ettsioni va boshqalardir. «Ijtimoiy tizimlar» maktabi «Insoniy munosabatlari» maktabi xulosalariga asoslanib, korxonaga o’zaro bog’liq va o’zaro ta’sir ko’rsatuvchi omillar majmuidan iborat kompleks tizim sifatida qarab, inson bu omillarni biri deb hisoblaydi. Sotsiologlarning katta guruxi sanoat sotsiologiyasi sohasida tadqiqot olib boradilar. «Ijtimoiy tizim» maktabi o’zidan avvalgi maktablarga nisbatan keng ko’lamdagi muammolarni hal etishga, boshqaruv nazariyasini yaxlit holga keltirishga intiladi. Lekin boshqaruv nazariyasini tuzishga intilish uni hozirgi kapitalistik dunyo sharoitidan uzoqlashib ketishga va natijada uning unchalik keng yoyilmasligiga olib keldi.
Agar «Klassik» maktabi namoyondalari nizolarni moddiy
rag’batlantirish yoki jihozlash yo’li bilan, «Insoniy munosabatlar» maktabi
ishlab chiqarish jarayonini adolatli boshqarish yo’li bilan hal qilishni
taklif etgan bo’lsalar, «Ijtimoiy tizimlar» maktabi tashkilotda
nizolarning mavjud bo’lishi, uning tabiatidan kelib chiquvchi holat deb
hisoblab, asosiy vazifa nizolar va ularning oqibatini yumshatishdan iborat
deb ta’kidlaydilar.
XX asrning birinchi yarmida 4 ta boshqaruv maktablari shakllandi va rivojlanib bordi. Ular quyidagilardir:
- ilmiy boshqaruv maktabi;
- ma’muriy boshqaruv maktabi;
- insoniy munosabatlar va psixologik maktab;
- ilmiy boshqaruv maktabidir.
Bularning har biri boshqaruv sohasida o’zlarining barakali hissalarini qo’shdilar.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə