Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə6/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Дастурлаш асослари

So’rov metodi. Bu metod orqali muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixologiyasidagi o’zgarishlar, odamlarning aql – zakovati, xulq – atvori, e’tiqodi, dunyoqarashi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.
So’rov metodi ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi, ayniqsa, anketa so’rovi, intervyu shular jumlasiga kiradi. Ushbu so’rov metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita yoki bilvosita muloqoti tufayli birlamchi ma’lumotlar to’plash usulidir. So’rovni o’tkazadigan odamdan talab qilinadigan narsa bu muloqot madaniyatidir. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bevosita erkin fikr almashinuvi sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Intervyu o’tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muhim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada rolli o’yinlar metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar.
Anketa metodi. Bu metod yordamida turli yoshdagi va turli kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarga bo’lgan munosabatlari o’rganiladi. Anketaga kiritilgan savollar ma’lumotiga ko’ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Ochiq anketa tekshiriluvchidan o’z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi. Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo’lib tekshiriluvchi o’ziga ma’qul bo’lgan, o’zining qarashlari fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab boradi.
Anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo’linadi.
1. Kirish qism. Bu qism respondetga murojaat deb nomlanib, odatda tadqiqot o’tkazilayotgan tashkilot nomi, tadqiqot maqsadlari va ularning foydasi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi, anketani to’ldirish yo’llari va boshqalar yoziladi.
2. Asosiy qism. Bunga berilayotgan savollar tartibiga e’tibor bergan holda savollar kiritiladi. Chunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa, bu narsa respondentni cho’chitib qo’yishi, hattoki, anketani to’ldirmasdan qaytarib berishga majbur qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham boshida yengil savollar berilib, tekshiriluvchilarni qiziqtirib keyin psixologik savollarga o’tish lozim.
3. Yakuniy qism. Bunda tekshiriluvchi shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbi va boshqalar so’raladi.
To’plangan ma’lumotlarga statistik qayta ishlov beriladiki ular kompyuterlar yordamida analiz qilinadi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə