Daun sindromi sabablari, kasallik belgilari, tashxislash, istiqbollar



Yüklə 309,01 Kb.
səhifə3/8
tarix29.11.2023
ölçüsü309,01 Kb.
#140370
1   2   3   4   5   6   7   8
DAUN SINDROMI

TRISOMIYA


Trisomiya — normal juft o’rniga uch gomologik xromosomalarning mavjudligi.
Bu holat meyoz paytida xromosomalarning ajralmasligidan kelib chiqadi, natijada 24 xromosomali gameta hosil bo’ladi. Qarama-qarshi jins vakilining normal gametasi bilan birlashganda, zigota 47 ta xromosomali bo’lib qoladi.
21-xromosoma trisomiyasi 95% holatlarda Daun sindromiga sabab bo’ladi, bunda 88% onaning, 8% holatda esa ota gametasining ajralmasligi rol o’ynaydi.

MOZAITSIZM


Trisomiya, odatda, ota-ona hujayralarining (gametalarining) hosil bo’lishida xromosomalarning ajralmasligi tufayli kelib chiqadi, bu holda bola organizmning barcha hujayralarida anomaliya bo’ladi.
Mozaitsizmda esa ajralmaslik homila hujayrasida uning rivojlanishing erta bosqichlarida sodir bo’ladi, natijada kariotipning buzilishi faqatgina ba’zi to’qima va a’zolarga ta’sir qiladi. Daun sindromi rivojlanishining bu variantiga «mozaik Daun sindromi» deb nom berilgan (46, XX / 47, XX, 21). Ushbu sindromning shakli, odatda yengilroq bo’ladi (o’zgargan to’qimalarning miqdori va organizmda joylashuviga bog’liq), ammo uni prenatal tashxislash ancha qiyin hisoblanadi.
Bunday tip bo’yicha sindrom 1-2% holatlarda qayd qilinadi.

ROBERTSON TRANSLOKATSIYALARI


Daun sindromini keltirib chiqaradigan 21-xromosomada qo’shimcha materiallar ota-onaning biri kariotipida robertson translokatsiyasi borligi sababli paydo bo’lishi mumkin. Bu holatda 21-xromosomaning uzun yelkasi boshqa xromosomalarning yelkasiga (ko’pincha 14-chi [45, XX, der (14; 21) (q10; q10)]) birikadi.
Robertson translokatsiyasi bo’lgan odamning fenotipi normaga javob beradi. Reproduktsiya paytida normal meyoz 21-xromosomaning trisomiyasi va Daun sindromi bo’lgan bolaning tug’ilishi ehtimolini oshiradi. Daun sindromi bilan translokatsiya odatda «oilaviy Daun sindromi» deb ataladi. Ushbu shakl onaning yoshiga bog’liq emas.
Bunday sindromning turi barcha holatlarning 2-3% ini tashkil etadi.

Yüklə 309,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə