Daun sindromi sabablari, kasallik belgilari, tashxislash, istiqbollar



Yüklə 309,01 Kb.
səhifə6/8
tarix29.11.2023
ölçüsü309,01 Kb.
#140370
1   2   3   4   5   6   7   8
DAUN SINDROMI

AXLOQIY TOMONI


2002-yilda Buyuk Britaniya va Yevropada «Daun sindromi» tashxisi bo’lgan homilali homiladorliklarning 91-93 foizi sun’iy ravishda tugatilgan. 1989-yildan 2006-yilgacha Daun sindromi prenatal tashxisidan keyin homiladorlikni tugatishga qaror qilgan ayollarning ulushi taxminan 92% bo’lganligi ma’lum. Ba’zi shifokorlar va yetikchilar bularning axloqiy oqibatlaridan xavotirda.
Tibbiyot etik Ronald Grin ota-onalar nasllarini «genetik zarar»dan xalos etishi kerakligini ta’kidlaydi. Daun sindromi assotsiatsiyasining rahbari Kler Reyner, bunday sindrom bilan bolaning tug’ilishiga ishonch komil bo’lganda onalar homiladorlikni to’xtatish qarorini qabul qilishi kerakligi haqida gapiradi:
Boshqa shifokorlar va yetikchilar esa Daun sindromi bilan bog’liq yuqori abort darajasi haqida tashvishdalar. Misol uchun, konservativ jurnalist Jorj Uill bu holatni «abort qilish orqali yevgenika» deb ataydi. Piter Singer shunday deydi:


DAVOLASH


Daun sindromini davolab bo’lmaydi, biroq bemorlarga ijtimoiy va boshqa ko’nikmalarni orttirishga yordam beradigan ko’plab uslublar mavjud. Ammo olimlar medikamentoz vositalarni o’rganishni chetga surib qo’yishmagan. Bunday vositalarning eng so’nggilariga misol qilib ko’k choyda mavjud bo’lgan epigallokatexin gallat moddasidir.
Bemorlardagi kognitiv buzilishlar DYRK1A geni ishlab chiqaradigan mahsulot bilan bog’liq deb hisoblanadi. Yuqoridagi modda esa sichqonlarda o’tkazilgan tajribada mazkur genning ekspressiyasiga olib kelib, xotira va o’rganishni yaxshilashini ko’rsatdi. Lekin bunday tajribalarning yordam berishi isbotlanmagan.

DAUN SINDROMI BO’LGAN BOLALAR / KATTALAR RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI



Zehn va nutq rivojlanishining kechikishining namoyon bo’lish darajasi ham tug’ma omillarga, ham bola bilan shug’ullanishga bog’liq. Daun sindromi bo’lgan shaxslarda odatda aqliy zaiflik jiddiy darajada bo’ladi: 5% hollarda — debillik, 75% hollarda — imbetsillik, 20% hollarda esa idiotiya.
Daun sindromi bo’lgan bolalar (idioitiyali shaxslar bundan mustasno) o’rganuvchandir. Ularning rivojlanishi va his-tuyg’ularining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladigan maxsus uslublar bilan o’qitish odatda yaxshi natijalarga olib keladi.
Bugungi kunda Daun sindromi bo’lgan shaxslarning umr ko’rish davomiyligi uzaygan bo’lib, bu muddat 50 yildan oshadi. Ushbu sindromga ega bo’lgan ko’p odamlar turmush quradilar. Erkaklarda cheklangan miqdordagi spermatozoidlar bo’ladi, Daun sindromi bo’lgan erkaklarning ko’pchiligi bepushtdir. Ayollarda muntazam hayz sikli kuzatiladi. Daun sindromi bo’lgan ayollarning kamida 50% farzandli bo’lishlari mumkin. Ushbu sindromga chalingan onalardan tug’ilgan bolalarning 35-50% da Daun sindromi yoki boshqa nogironlik aniqlanadi.
Daun sindromi bo’lgan bemorlarda saraton o’smasi kamroq uchrashi haqida ma’lumotlar mavjud. Biroq, bunday kishilar kardiologik kasalliklar (odatda tug’ma yurak nuqsonlari), Altsgeymer kasalligi va o’tkir mieloid leykozlarga chalinishi ehtimoli ko’proq. Mazkur sindromli odamlarning immuniteti zaif bo’ladi, shuning uchun bolalar (ayniqsa, erta yoshda) ko’pincha pnevmoniyaga chalinadi, ular bolalarda uchraydigan infektsiyalarni qiyin boshdan o’tkazadi, tez-tez oshqozon buzilishi qayd qilinadi.

Yüklə 309,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə