Daun sindromi sabablari, kasallik belgilari, tashxislash, istiqbollar



Yüklə 309,01 Kb.
səhifə7/8
tarix29.11.2023
ölçüsü309,01 Kb.
#140370
1   2   3   4   5   6   7   8
DAUN SINDROMI

KOGNITIV RIVOJLANISH


Turli hollarda Daun sindromi bo’lgan bolalarning kognitiv rivojlanishi sezilarli darajada farq qiladi. Hozirgi kunda tug’ilishdan oldin bolaning o’zlashtirishi va jismoniy rivojlanishi qanchalik yaxshi bo’lishini oldindan aniqlab bo’lmaydi. Optimal usullarni aniqlash erta aralashuv yordamida tug’ilgandan keyin amalga oshiriladi.
Har bir bola keng imkoniyatlarga ekanligi bois, maktabda ularning standartlashtirilgan ta’lim dasturidagi muvaffaqiyatlari sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Daun sindromi bo’lgan bolalarda mavjud bo’lgan o’zlashtirish muammolari sog’lom bo’lalarda bo’lishi ham mumkin, shuning uchun ota-onalar farzandlarini oddiy maktablarga berishga harakat qilishsa bo’ladi.
Ko’p hollarda bolalar nutq bilan bog’liq muammolarga duch kelishadi. So’zni anglash va uning talaffuz etish orasida ma’lum bir kechikish kuzatiladi. Shuning uchun, ota-onalar bolani logopedga olib borishi tavsiya etiladi.
Nozik harakat qobiliyatlari rivojlanishda kechikadi va boshqa harakat qobiliyatlaridan sezilarli darajada ortda qoladi. Ba’zi bolalar ikki yoshdan boshlab, ba’zilari esa 4 yoshligida yurishni boshlashlari mumkin. Odatda ushbu jarayonni tezlashtirish uchun fizioterapiya buyuriladi.
Ko’pincha nutq va kommunikativ ko’nikmalarning rivojlanish tezligi kechikadi va bu eshitish muammolarini aniqlashga yordam beradi. Agar ular mavjud bo’lsa, bu erta aralashuv yoki eshitish asboblari belgilash orqali tuzatiladi.
Daun sindromi bo’lgan bolalar maktabda odatda maxsus sinflarga bo’linadi. Buning sababi ularda o’rganish qobiliyatining pastligi va tengdoshlaridan ortda qolish ehtimoli.
«Ikki o’qituvchi» tizimiga muqobil ravishda maxsusva o’rta maktablar o’rtasida hamkorlik dasturlari mavjud. Ushbu dasturlarning mohiyati o’zlashtirishi qiyin bo’lgan bolalar uchun asosiy darslar boshqa xonalarda o’tiladi, ovqatlanish, sayr qilish, jismoniy tarbiya, tanaffuslar esa birgalikda amalga oshiriladi.
Daun sindromi bo’lgan shaxslarning Universitetni tugatganligi holatlari qayd qilingan (Pablo Pineda, Aya Ivamoto).

Yüklə 309,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə