Daun sindromi sabablari, kasallik belgilari, tashxislash, istiqbollar


HOMILADORLIKNING IKKINCHI TRIMESTRIDA UCH KARRALI TEST



Yüklə 309,01 Kb.
səhifə5/8
tarix29.11.2023
ölçüsü309,01 Kb.
#140370
1   2   3   4   5   6   7   8
DAUN SINDROMI

HOMILADORLIKNING IKKINCHI TRIMESTRIDA UCH KARRALI TEST


Homiladorlikning 16-18 haftaligida ayol qoninining biokimyoviy tahlili o’tkaziladi, unda quyidagi ko’rsatkichlar baholanadi:

  • α-fetoprotein (alfa-FP) miqdori;

  • Odam xorionik gormoni (beta-OXG) β-kichik birligining miqdori;

  • Erkin estriol miqdori.

Homiladorlikning 18-21 haftalik davrida homilador ayolga kech namoyon bo’ladigan homilaning tug’ma anomaliyalarini istisno etish uchun prenatal tashxisni o’tkazadigan tibbiy muassasaga ultratovush tekshiruvdan o’tish uchun yo’llanma beriladi.
Uchinchi trimestrda, homiladorlikning 30-34 haftasida homilador ayol o’zi kuzatuvda bo’lgan muassasada ultratovush tekshiruvidan o’tkaziladi.

TUG’RUQDAN KEYINGI TASHXIS


Odatda, Daun sindromiga quyidagi tashqi belgilar hamrohlik qiladi («Daunsayd Ap» broshyurasidan olingan ma’lumotlar bo’yicha):

  • «Yassi yuz» — 90%

  • Braxisefaliya (kalla suyagining anomal kaltaligi) — 81%

  • Yangi tug’ilgan chaqaloqlar bo’ynidagi terining qatlamliligi — 81%

  • Epikantus (ko’z yorig’ining medial burchagini qoplovchi vertikal teri qatlami) — 80%

  • Bo’g’imlarning giperharakatchanligi — 80%

  • Mushaklarning gipotoniyasi — 80%

  • Ensaning yassiligi — 78%

  • Qo’l-oyoqlarning kaltaligi — 70%

  • Braximezofalangiya (o’rta falangalarning kam rivojlanganligi sababli barmoqlarning kaltaligi) — 70%

  • 8 yoshdan keyin katarakta rivojlanishi — 66%

  • Og’izning ochiqligi (muskul tonusining pastligi va tanglayning maxsus tuzilishi tufayli) — 65%

  • Tish anomaliyalari — 65%

  • 5-barmoq klinodaktiliyasi (qiyshiq jimjimaloq) — 60%

  • Arkasimon tanglay — 58%

  • Burun qansharining yassiligi — 52%

  • Burushgan tili — 50%

  • Ko’ndalang kaft qatlami — 45%

  • Kalta keng bo’yin — 45%

  • Tug’ma yurak porogi — 40%

  • Kalta burun — 40%

  • Strabizm (g’ilaylik) — 29%

  • Ko’krak qafasining deformatsiyasi — 27%

  • Rangdor pardaning chetlarida dog’lar — 19%

  • Episindrom — 8%

  • O’n ikki barmoqli ichakning stenozi yoki atreziyasi — 8%

  • Tug’ma leykoz (oq qon kasalligi) — 8%.

Yüklə 309,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə