“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92

 
119
Qur’onni ilohiy deb e’tirof etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydilar. 
Shialik ilohiyotchilari Qur’onning mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydilar. Sunnada 
esa ular faqat Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bog‘liq bo‘lgan hadislarni tan olganlar va shunday hadislardan iborat 
mustaqil to‘plamlar tuzganlar. Bu to‘plamlar Axbor deb atalgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, 
shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan to‘rt aqida-tavhid 
(Allohning yagonaligini e’tirof etish), adl (ado-lat, Allohning odilligi, ya’ni taqdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), 
iyomat yoki ma'od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi) asosan sunniylik ta’limoti bilan mos tushadi. 5-
aqidaga e’tiqodda imomat (imomlar hokimiyatini e’tirof etish) sunniylikka va sunniy xalifalar hoki-miyatiga zidligi 
bilan farq qiladi. Shialik Ali va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan 
barcha xalifa-larni xususan dastlabki xalifalardan Abubakr, Umar va Usmonni hoki-miyatni zo‘ravonlik bilan egallab 
olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 yillar orasida 7-9 yoshida bedarak yo‘qolgan (tarixiy nuqtai nazardan 
o‘ldirilgan bo‘lishi kerak) 12-imom Muhammad Al-Mahdiyni ular «yashi-ringan» hisoblaydilar, zamona oxir bo‘lganda 
uning qaytib kelishini va adolat o‘rnatishini kutadilar (imomi mahdiy, imomi oxir zamon). Bu tasav-vur ma’lum 
darajada sunniylikda ham tarqalgan. Ba’zi urf-odat va maro-simlarda, shariat normalarida ham shialik bilan sunniylik 
o‘rtasida ma’lum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani «muqaddas» hisoblash bilan birga, imom 
Husaynga motam tutadilar, «shaxsey-vaxsey» deb nom olgan motam yurishlari o‘tkazadilar va h.k. O‘rta asrlarda 
shialar ichida ham ixtiloflar yuz bergan, natijada ko‘p sektalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, 
ibodiylar va boshqalar hozir ham mavjud. Shialik hozirgi vaqtda Eronda hukmron e’tiqod hisoblanadi. Iroq, Afg‘on-
iston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Shialik MDH hududida Ozar-bayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) 
dindorlar orasida saqlanib kelmoqda.  
Xorijiylar (arabcha - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar 
o‘rtasidagi kurash davomida VII asrning II yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali Muoviya 
tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko‘ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan 
tarafdorlarining o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir qismi (12 ming kishi) Alini kelishuvchanlikda ayblab, 
undan ajralib ketgan va keyinchalik Aliga ham, umaviylarga ham babbaravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh 
ta-rafdorlari xorijiylar deb nom olgan.  
Islomdagi oqimlarning yana bir turi mazhablardir. Masalan, sunniy-likda fiqhiy maktablardan tashqari 
aqidaviy muammolarda ixtilofga bor-gan ko‘pgina mazhablar mavjud bo‘lib, ular asosan quyidagi masalalarda bir-
biridan farq qiladi: 
1.  Oliy hokimiyat (imomat, xalifalik) masalasi. 
2. Imon 
masalasi. 
3.  Qazo va qadar masalasi. 
4.  Allohning zoti va sifatlari masalasi. 
5. Fiqhiy 
masalalar. 
Hanafiya - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hani-fa an-Nu'mon asos solgan. Undan keyin 
hanafiya mazhabi qonunlari Abu Yusuf Yoqub (795 yilda vafot etgan), Muhammad ash-Shaybon (804 yilda vafot 
etgan), Quduriy (1036 yilda vafot etgan) va boshqalar asarlarida ish-lab chiqilgan. Iroqda vujudga kelib, islom tarqalgan 
barcha mamlakatlarda, jumladan, Xuroson va Movarounnahrda ham keng yoyilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning 
«Hidoya» to‘plami bu mazhabning asosiy shariat qo‘llanmasi sifatida tanilgan. Hanafiya qonunlari nisbatan 
yumshoqroq va qulayroqligi, xalqlarning mahalliy an’analarini e’tiborga olganligi sababli keng yoyilgan. Sunniylik 
yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i bu mazhabga kiradi, u bir necha arab 
dav-latlarida, Afrikaning ayrim mamlakatlarida, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Afg‘oniston, Xitoy 
musulmonlari orasida tarqalgan. Ularda hanafiya mazhabi qonunlari hozirgi davrda ham o‘z ta'sirini saqlab qolgan.  
Shofi’iya - sunniylikdagi Shofi’iy asos solgan diniy-huquq mazhab-laridan biri. Suriya va Misrda shakllangan, 
o‘rta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Keyinchalik bu mazhabning ta’sir doirasi torayib 
borgan. Hozirgi vaqtda Misr, Indoneziya musulmonlari ora-sida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba’zilarida, qisman 
Suriyada va ja-nubiy arab sultonliklarida shofi'iya mazhabi diniy-huquq tizimiga amal qiluvchilar bor. Ijtimoiy 
taraqqiyot natijasida musulmon mamlakatlarida shariatning, jumladan, shofi’iya mazhabining huquqiy hayotdagi ta’siri 
borgan sari susaymoqda. Shofi’iy o‘z asarlarida islom huquqini an’anaviy normalar bilan bog‘lashga intilgan. 
Sunniylikdagi yana bir diniy-huquq mazhabi - Malik ibn Anas tomo-nidan asos solingan malikiyadir. Bu 
mazhab tarafdorlari huquq masalalari-da ratsionalistik metodga, ya’ni Qur’on va hadislarni aqlga asoslangan hol-da 
talqin qilishga qarshi chiqqan. Bu mazhab dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi 
davrda malikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va ayrim boshqa mamlakatlarda musul-monlar o‘rtasida 
ta’sirga ega. 
Va nihoyat, sunniylikdagi so‘nggi mazhab hanbaliya bo‘lib, unga Ibn Hanbal asos solgan. Hanbaliya huquq 
tizimi o‘ta torligi, har qanday ko‘ri-nishdagi «yangilik»ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat 
normalariga rioya etishga qat’iy mutaassibligi bilan ajralib turgan. Hanbaliya tarafdorlari Qur’on va hadislarni erkin 
talqin etish yo‘lidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham bu mazhab keng tar-qalmagan. Faqat IX 
asrning II yarmida Arab xalifaligida mu'taziliylarning va ilohiyot sohasidagi hurfikrlilikning ta’qib ostiga olinishi 
tufayli hanba-liya bir muncha kengaygan va XII asrda mustaqil mazhabga aylangan. X asrda Eronda, XI asrdan XV 
asrgacha Suriya va Falastinda hanbaliya iz-doshlari ko‘p bo‘lgan. Undan keyingi asrlarda hanbaliya tarafdorlari yana 
kamayib ketgan. XVIII asrda paydo bo‘lgan vahhobiylar hanbaliya taraf-dorlari bo‘lib chiqqan. Vahhobiylar Saudiya 
Arabistonida hokimiyatni qo‘lga olgach (XX asrning 20-yillari), hanbaliya qonunlarini amalga kirit-ganlar. U yerda 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə