“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92

 
121
xotinini aslzoda oilalarga yubo-rib nasl olish va noqonuniy yo‘l bilan homilador bo‘lib, bola tug‘ilgandan keyin uning 
otasini belgilab olish kabi nikoh turlari bekor qilindi. A.Sh.Juzjoniy yozishicha, urf ikki xildir: biri urfi fosid - nassga 
zid bo‘l-gan urf-odat, islom huquqida qo‘llanilmaydi, ikkinchisi urfi sahih – xalq-ning nassga zid bo‘lmagan urf-
odatlari bo‘lib, Islom qonunchiligida, ayniqsa, Abu Hanifa mazhabida katta ahamiyatga ega. 
O‘sha davrda «Qonun chiqarish huquqiga ega emaslik» nazariyasi qabul qilingan bo‘lsa ham, bu nazariya 
ochiq suratda qonun chiqarish va ijro etish salohiyatlarini bir-biridan ajrata olmadi. Keyingi xalifalar (dun-yoviy 
hokimlar)ning har biri o‘z mahkamalari uchun qonun tuzardilar. Ularning bunday amallari haqiqatda bir nav' qonun 
chiqarish bo‘lsa ham, hokim farmon ravolar ularni idoriy qo‘llanmalar deb atardilar. Ularcha bunday qonun chiqarish 
faoliyatlari faqat shariatni takmil etish va uning hukmlarini amalga oshirishga qaratilgan edi va ularning siyosiy 
salohiyati doirasiga kirardi. Bunday idoriy qonunlarning yaqqol misoli Usmoniy sultonlarining «qonunnomalari» edi. 
 
3. Shariat bo‘yicha fuqarolik huquqi masalalarining  
tartibga solinishi 
 
Shariat bo‘yicha fuqarolik huquqi munosabatlari (muomalot) batafsil tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiy 
munosabatlarining sub’yekti jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Shariat yuridik shaxslarning huquqiy holatini alohida 
tarzda ko‘rib chiqmaydi. Jismoniy shaxslar tomonidan qilingan fuqarolik-huquqiy harakat qonuniy (halol) va yo‘l 
qo‘yilgan (joiz) yoki qonunsiz, yo‘l qo‘yilmagan (harom) bo‘lishi mumkin. Harakat, shuning-dek, shariat nuqtai 
nazaridan maqtovga loyiq (mustahib) va tanbehli (makruh), majburiy va majburiy bo‘lmagan kabi turlarga bo‘linadi. 
Shariatda rim huquqidan farqli o‘laroq, majburiyatlarning  umumiy kontsepsiyasi ishlab chiqilmagan edi. 
Lekin shartnoma huquqining amaliy masalalari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida har tomonla-ma 
ishlab chiqilgan edi. Majburiyatlar haq to‘lanadigan va haq to‘lanmay-digan, ikki tomonlama va bir tomonlama
muddatli va muddatsiz turlarga bo‘linadi. Islom dunyosida o‘ziga xos bir tomonlama majburiyatlarning - 
ahdlashuvlarning tarqalganligi tez-tez uchrab turadigan hodisadir. 
Savdo rivojlanishi bilan oldi-sotdi shartnomasi eng ko‘p tarqalgan shartnomalardan biri bo‘lib qolgan. U 
yozma tuzilishi, shuningdek guvoh-lar ishtirokida yoki ularning ishtirokisiz og‘zaki tuzilishi mumkin edi. Oldi-sotdi 
shartnomasining ob’yekti bo‘lib muomaladan olinmagan har qanday ashyo bo‘lishi mumkin. Shariatda shafoat (shuf'at) 
instituti, ya’ni sotib oluvchilardan bittasining boshqalari oldida ashyolar sotib olishda imtiyozga ega bo‘lishi mavjud.  
Shariatda oldi-sotdi va boshqa shartnomalar haqida akademik H.Rah-monqulov qiziqarli ma’lumotlar keltiradi. 
Quyida shulardan parchalar keltiramiz: 
Oldi-sotdi shartnomasi quyidagi turlarga bo‘linadi:  
«Bay-qat’iy». Ushbu shartnomaga asosan sotilgan mol-mulk oluv-chiga uning haqi to‘lanmasdan oldin 
topshirilishi mumkin. 
«Bay-jaiz». Ushbu shartnomaga asosan taraflar ma’lum va keli-shilgan muddat davomida, shartnoma bo‘yicha 
berilgan, olingan narsalarni bir-birlariga qaytarib berish sharti ko‘zda tutiladi. 
«Bay-fasid». Ushbu shartnoma bo‘yicha sotilgan mol-mulk uni mazmun yoki shakl jihatidan o‘zgartirish yoki 
qaytadan uchinchi shaxsga sotish mo‘ljallangan taqdirda ushbu mol-mulk uning birinchi egasi tomo-nidan o‘zi sotgan 
narxda qaytarib olish sharti bilan tuziladi. 
Ayirboshlash shartnomasi hunarmandlar, dehqonlar, chorvadorlar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarda keng 
qo‘llanilardi. Ayirboshlash savdo-garlar tomonidan ham qo‘llaniladi. Ular qishloq va ovullarga turli tovarlar olib borib, 
ularni qishloq xo‘jalik va chorva mahsulotlariga ayirboshlash bilan shug‘ullanardi. 
Ijara shartnomasi faqat mol-mulkka emas, shaxsga nisbatan ham qo‘llanadi. Shartnomaning narsasi ko‘char 
va ko‘chmas mol-mulklar hi-soblanardi. Shartnoma ko‘pincha yerdan foydalanish uchun tuzilardi 
Qarz shartnomasi - eng ko‘p tarqalgan shartnomalardan biri. U iqti-sodiy, ijtimoiy jihatdan turli ahamiyatga 
ega bo‘lgan munosabatlar bo‘yi-cha qo‘llaniladi. Ushbu shartnoma vositasida buyumni, asbob-uskunani tekinga 
foydalanish uchun berib turish, shuningdek, boshqa sabablar, ya’ni nasiyaga sotish, mol-mulkni ijaraga berish, pudrat 
va shunga o‘xshash boshqa munosabatlarni amalga oshirishda ham foydalanilgan. 
Maishiy pudrat shartnomasi rivoj topgan shartnomalardan iborat. Shartnoma bo‘yicha bir tomondan - 
hunarmandlar (ko‘nchi, etikchi, bo‘z-chi, temirchi, duradgor, bo‘yoqchi, tegirmonchi, nonvoy, juvozchi), ikkin-chi 
tomondan iste’molchi - fuqaro va savdogarlar qatnashadi. Savdogarlar hunarmandlar tayyorlagan narsalarni, asbob-
uskunalarni olib-sotish bilan shug‘ullanadi.  
Shirkatlik shartnomasida  ikki yoki undan ko‘p shaxslar qatnashgan bo‘lib, ma’lum bir maqsadga erishish 
uchun tuziladi. Shirkatlik shartno-masi quyidagi ikki turga bo‘linadi: «shirkati milk», ya’ni birgalikda mol-mulkka 
egalik qilish va «shirkati aqid», ya’ni birgalikda bitim tuzish, o‘z navbatida «shirkati aqid» quyidagi turlarga bo‘linadi: 
«Shirkati-mufavazat» - shartnomada nazarda tutilgan maqsadga eri-shish uchun uning a’zolari (ishtirokchilari) 
tomonidan mol-mulklarini teng hissada umumiylashtirish va majburiyatlar bo‘yicha olinadigan daromad-larni ham teng 
hissada olish bo‘yicha tuzilgan shirkat. 
«Shirkati-inon» - o‘z mol-mulklarining bir qismini umumlashtirib ti-jorat (savdo) bilan shug‘ullanish uchun 
tuzilgan shirkat. Ushbu shartnoma bo‘yicha bir shirkat a’zosi ikkinchisiga nisbatan kafil emas, balki ishonchli shaxs 
hisoblanadi. Shirkatga qo‘yilgan sheriklarning mol-mulki hissasi teng bo‘lmasligi mumkin. Hissani va shirkat 
faoliyatini bajarishda uning a’zolarining shaxsiy ishtirok etishi teng bo‘lmasligidan qat’i nazar, olingan daromad 
shartnomada nazarda tutilgan shartga muvofiq taqsimlanadi. Bir sherik ikkinchi sherikning shaxsiy qarzi uchun javob 
bermaydi. Shirkatga yetkazilgan ziyon shartnomaga muvofiq to‘ldiriladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə