Davlat va huquq


SUD HUKMI BO‘YICHA SHIKOYATLAR BERISH TARTIBI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
10 sinf huquq

SUD HUKMI BO‘YICHA SHIKOYATLAR BERISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik-protsessual kodeksiga muvofiq 
birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan 
yoki yuborilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida tarafar va ishda ishtirok etuv-
chi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo 
huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar 
apellatsiya instansiyasi sudiga sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga 
to‘sqinlik qiladigan hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat beri
-
shi, prokuror esa protest keltirishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat yoki xususiy protestni ko‘rib 
chiqib:
1) ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlan
-
tirmaslikka;
2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi ins
-
tansiya sudiga yuborishga;
3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va 
masalani mazmunan hal qilishga haqli.
Qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarorla
-
ri ustidan ular qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida tarafar va 
ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok 
etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud to
-
monidan hal etilgan shaxslar kassatsiya tartibida shikoyat berishi va prokuror 
protest keltirishi mumkin.


97
20-§. MEHNATGA OID MUNOSABATLAR
MEHNAT MUNOSABATLARINING ASOSLARI
Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir. U ishchilar 
va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim 
o‘rin tutadi. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respub-
likasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Preziden
-
tining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Ken
-
ges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va 
ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə