Davlat va huquq


V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
10 sinf huquq

V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI
4 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf


98
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli 
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda 
ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. 
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki 
qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy 
mehnat taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
 
37-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra 
barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng 
imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, 
mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat 
birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyat
-
lariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga 
qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki im
-
tiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni 
bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash 
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvo
-
fiq mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan:

har bir shaxs mehnat qilish;

erkin ish tanlash;

haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tar
-
tibda ishsizlikdan himoyalanish;

o‘z mehnati uchun haq olish;

muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb-
lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kun
-
lari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish 
orqali ta’minlanadigan dam olish;

xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar
-
ning o‘rnini qoplash;


99

kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining man
-
faatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’mi
-
not olish;

o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali 
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash 
huquqiga egadir.
Ko‘plab ming yilliklar davomida insoniyat moddiy va ma’naviy bоуliklаr 
yaratar ekan, o‘z faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘lini bo
-
sib o‘tdi. Mehnat tufayli insonda o‘zining niyat va xohishlarini amalga oshi-
rish, jamiyat da o‘z о‘rnini topish, shaxs sifatida o‘z mavqeyini aniqlab olish 
imkoniyati paydo bo‘ldi. Mehnat qilar ekan, insonda o‘z-o‘zini intizomlash, 
uyushqoqlik, boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi foydali si
-
fatlar hosil bo‘ladi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə