Davlat va huquq


MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SUBYEKTLARI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
10 sinf huquq

MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SUBYEKTLARI
Mehnatga oid munosabatlar ishtirokchilari (subyektlari) quyidagilardir:
— 
xodim:
16 yoshga to‘lgan, mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar;
— 
ish beruvchi:
mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday korxona 
hamda 18 yoshga to‘lgan shaxslar;
— 
mehnat jamoasi:
mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan korxona 
xodimlari;
— 
xodimlar va ish beruvchilarning vakillik idoralari:
kasaba uyush
-
malari va ularning korxonalardagi saylab qo‘yiladigan idoralari.
Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ular
-
dan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,
6-mo
dda
Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish ka
-
folatlanadi, bu himoya mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
-
ga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar
shuningdek mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar tomonidan 
amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,
8-modda
MEHNAT HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI
Huquqning boshqa sohalarida bo‘lganidek mehnat huquqida ham ish 
beruv chilar va xodimlar amal qilishi majburiy bo‘lgan mehnatga oid muno
-
sabatlarning asosiy tamoyillari belgilangan:
 

Mehnat erkinligi tamoyili:
majburiy mehnatni taqiqlash, u har bir 
shaxs o‘zining mehnatga layoqatidan foydalanish huquqiga egaligini, 
ya’ni fuqarolarning mehnat qilish burchi qonunda nazarda tutilmasligi
-
ni ang latadi.


102
 

Mehnat qilish huquqini ta’minlash, ishsizlikdan muhofaza qilish 
tamoyili:
davlat idoralari uni olishga xohish bildirgan hammaga maq-
bul ishni taqdim etish uchun barcha choralarni ko‘rishga majbur. Ish 
qidi rish vaqtida ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə