Davlat va huquq


23-§. ISHGA QABUL QILINAYOTGANDA



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
10 sinf huquq

111
23-§. ISHGA QABUL QILINAYOTGANDA 
 
HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH
ISHGA JOYLASHISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR
Mehnat qonunlari bilan ishga qabul qilishda ma’muriyat talab etishi shart 
bo‘lgan hujjatlar aniq ro‘yxati belgilangan. Ish beruvchiga ishga qabul qi lishda 
qonunda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish qat’iyan man etiladi.
Ishga qabul qilish ma’muriyat buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, buyruq 
albatta xodimga ma’lum qilinib, bu haqda tilxat olinadi. Buyruqda shtat jad
-
valiga muvofiq xodim qabul qilingan lavozimning aniq nomi ko‘rsatilishi lo
-
zim. Buyruqqa binoan mehnat daftarchasiga ham yozib qo‘yiladi. Ishning bosh-
lanishi odatda mehnat shartnomasini tuzishda ma’muriyat bilan kelishuvga 
binoan belgilanadi. Biroq qachon buyruq chiqqani yoki mehnat shartnomasi 
rasmiylashtirilgani dan qat’i nazar, haqiqatda ishga tushish paytidan e’tiboran 
mehnat vazifalari bajara boshlangan hisoblanadi.
Shunday qilib, ish beruvchi xodimdan quyidagi hujjatlarni talab qilishga 
majbur:
15 dan 16 yoshgacha:

ota-onasidan yoki vasiylardan birining yozma roziligi;

o‘quv maskani ma’lumotnomasi (u haqiqatan ham mazkur maktab 
o‘quvchisi ekanligi haqida, o‘quv vaqti ko‘rsatilgan holda);

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnoma;

sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
16 dan 18 yoshgacha:

yashash joyidan ma’lumotnoma yoki pasport (doimiy yoki vaqtinchalik 
qayd etilganlik belgisi bilan);

armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasi (mudofaa bo‘limida);

ma’lumot yoki mavjud mutaxassislik to‘g‘risida hujjat;

sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
18 yoshdan:

pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik yoxud turish joyi 
bo‘yicha hisobga o‘tganlik belgisi bilan);

mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotganlar — oxirgi 
mashg‘uloti to‘g‘risida yashash joyidan ma’lumotnoma);


112

harbiy bilet yoki qayd guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar yoki 
chaqiriluvchilar uchun);

oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlagani to‘g‘risidagi diplom 
yoki muayyan ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun 
hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə