Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106
10 sinf huquq

106
Ish beruvchi:

korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qa
-
bul qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tu
-
zish va bekor qilish;

mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada 
bajarishni xodimdan talab qilish;

o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan bir
-
ga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish 
huquqiga egadir.
Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin buyruq chiqariladi, u xodimga 
imzo chektirib, ma’lum qilinadi. Ishga qabul qilish shartnomada ko‘rsatilgan 
kundan e’tiboran hisoblanadi.
MEHNAT SHARTNOMASI:

nomuayyan muddatga;

muayyan muddatga (besh yildan ortiq bo‘lmagan);

muayyan ishni bajarish vaqtiga tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq insonning 
mehnatga layoqati (ya’ni mehnatga bo‘lgan o‘z huquqini amalga oshirish qobi
-
liyati) 16 yoshda boshlanadi. 
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta max
-
sus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda 
ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish ja
-
rayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun 
— ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-ona
-
sining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul 
qilishga yo‘l qo‘yiladi.
1-topshiriq.
 
O‘zaro rollarni (xodim va ish beruvchi) bo‘lishib oling 
va voyaga yetmaganni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi mehnat 
shartnomasi matnini tuzing. Bunday yoshda ishning xususiyat
-
lariga e’tibor bering. 


107
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi...
...Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida 
ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə