Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
10 sinf huquq

Ish haqi — 
xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida 
muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul 
summasidir.
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning ikki asosiy shakli 
qo‘llanadi — vaqtbay va ishbay.
Vaqtbay tizimdan ko‘pincha ish haqi ishlagan vaqtidan kelib chiqib va la
-
vozim maoshiga binoan yoziladigan xizmatchilar mehnatini baholashda foyda
-
laniladi.
Ishbay tizimda ishchilar mehnatini baholashda har bir tayyorlangan mahsu
-
lot birligining sifatiga binoan to‘lanadigan haq tushuniladi.
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga 
binoan belgilanadi. Bunda muayyan davr uchun ish vaqti me’yorini ishlab ber
-
gan va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning mehnat haqi mehnat qo
-
nunlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va eng 
ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnatga haq to‘lash muddatlari mehnat shartnomasini imzolashda keli
-
shib olinadi, biroq har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmasligi shart.
Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar 
hamda mukofotlar va rag‘batlantirish tarzidagi boshqa to‘lovlar qo‘shilmaydi.


117
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarning kundalik ish 
vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti 
to‘liq bo‘lgan chog‘da tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan 
miqdorda to‘lanadi.
Korxonalarda o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘quv-
chilarning mehnatiga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki 
ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
243-modda
2-topshiriq.
 
Jadvalni ko‘chiring. Kasblarning qaysi bir turini mehnatga 
haq to‘lashning ishbay, qaysi birini esa vaqtbay shaklida to‘lash 
foydali bo‘lishini ko‘rsatib, uni to‘ldiring. O‘z fikringizga dalil 
keltiring.

Mutaxassislik
Haq to‘lash tizimi
Dalillar
vaqtbay
ishbay
1
O‘qituvchi
2
Ofitsiant
3 Quruvchi
4 Qorovul
5 Uchuvchi
6 Tadbirkor
7
Korxona rahbari
8 Oshpaz
9 Ichki ishlar xodimi



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə