Davlat va huquq


MEHNAT SHARTNOMASI ISH BERUVCHINING



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106
10 sinf huquq

127
MEHNAT SHARTNOMASI ISH BERUVCHINING 
 
TASHABBUSI BILAN BEKOR QILINISHI
Mehnat kodeksiga binoan (100-modda, 2 q.) quyidagi sabablar mehnat 
shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘ladi:

ishlar hajmining qisqarganligi tufayli xodimlar soni o‘zgargani;

xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki nosog‘ligi sababli 
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi;

xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi;

xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi 
(bunday buzishlar ro‘yxati har bir korxonada belgilanadi);

o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul 
qilinishi munosabati bilan o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasining 
bekor qilinishi;

mulkdorning almashishi sababli korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat 
shartnomasining bekor qilinganligi (korxonaning davlat mulkidan 
jamoa yoki xususiy mulkka o‘tishi);

xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq 
yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda.
Mehnat shartnomasining ish beruvchining biron bir boshqa sabablari bilan 
bekor qilinishi g‘ayriqonuniy bo‘ladi.
Vaziyatlar bilan tanishib, buzilgan huquqlarni tiklash 
yo‘llarini taklif qiling.
1-vaziyat.
9-sinf o‘quvchisi A. sut zavodiga yuk ortuvchi qilib ishga 
qabul qilin di. Sutli qutini ortish vaqtida u toyib ketdi va yiqilib 
tushdi, natijada shishalarning ко‘pi sindi. Sut zavodi ma’muriya
-
ti yetkazilgan zarar qiymatini A.ning ish haqidan ushlab qoldi. 
A.ning ota-onasi pullarni qaytarishni hamda unga ishdan bo‘sha
-
tilgani to‘g‘risida yozuv bilan mehnat daftarchasini berishni talab 
qilishdi. Xodimlar bo‘limida buni bajarishmadi, u voyaga yetma
-
gan va unga mehnat daftarchasi tutilmaydi deb tushuntirishdi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə