Davlat va huquq


26-§. MEHNAT NIZOLARI VA ULARNI HAL ETISH TARTIBI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
10 sinf huquq

129
26-§. MEHNAT NIZOLARI VA ULARNI HAL ETISH TARTIBI
YAKKA MEHNAT NIZOLARINING TARAFLARI VA MAZMUNI
Mehnat nizolari — 
xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonun 
hujjatlarining qo‘llanilishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.
Mehnat nizolarini yakka va jamoa nizolariga ajratsa bo‘ladi. Yakka ni
-
zolarda muayyan xodim huquqlari, uning qonuniy manfaatlari talashiladi va 
himoya qilinadi. Jamoa nizolarida esa butun mehnat jamoasi yoki uning bir qis
-
mi huquqlari, manfaatlari, vakolatlari himoya qilinadi.
Buzilgan mehnat huquqini tiklash yoki himoya qilish maqsadida mehnat 
nizosi bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan shaxs da’vogar hisoblanadi. Javobgar — da’vo 
bo‘yicha javobgarlikka tortiladigan shaxs.
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI KOMISSIYALAR
Barcha yakka nizolar avval mehnat nizolari komissiyalari (MNK) bilan 
kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida ко‘rib chiqiladi. Agar 
MNK qarori kelishmovchiliklarni bartaraf etmasa, unda qaror ustidan sudga 
shikoyat qilinadi. Da’vogar da’vo arzini yozma shaklda tuman (shahar) sudiga 
beradi. 10 kunlik muddatda sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat 
qilish mumkin. Qonun sud qarorining darhol bajarilishini nazarda tutadi. Sud 
qarori ma’muriyat tomonidan 3 kunlik muddatda bajariladi.
MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
Ish beruvchi bilan korxona mehnat jamoasi o‘rtasida kelishmovchiliklar 
kelib chiqqan taqdirda, tarafar o‘z vakillaridan komissiyani shakllantiradi, bun
-
da kelishuvga erishilmaganda ishni sudga oshiradilar.
Yakka mehnat nizolarini kо‘rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan tartib
-
ga solinadi, mehnat nizolari bo‘yicha ishlarni kо‘rib chiqish tartibi — tuman 
(shahar) sudlarida amalga oshiriladi va Fuqarolik protsessual kodeksi bilan bel-
gilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida xodimlarning mehnat huquqlarini 
buzganlik uchun ish beruvchi va korxonaning mansabdor shaxslarida javobgarlik 
bo‘lishi nazarda tutilgan. Ish beruvchiga xodimga zarar yetkazilgani uchun faqat 
moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin. Korxonaning mansabdor shaxslari inti-
zomiy, moddiy, ma’muriy, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladi.



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə