Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
10 sinf huquq

131
Kotib:

majlis bayonnomasini yuritadi;

mehnat nizolari komissiyasi majlisiga ishtirokchilar kelgan-kelmagan
-
ligini tekshiradi.
Da’vogar:

nizo mohiyatiga doir ko‘rsatmalar beradi;

buzilgan mehnat huquqini tiklash bo‘yicha talablar qo‘yadi.
Javobgar (ish beruychining vakili):

haqiqat qaror topishiga to‘sqinlik qilmaslikka majbur;

nizo mohiyatini va kelib chiqqan nizoni qonuniy hal etishga doir o‘z 
nuqtayi nazarini bayon qiladi.
Advokat:

jarayon ishtirokchilariga savollar beradi;

haqiqatni aniqlash va nizoni adolatli hal etish uchun qonunda nazarda 
tutilgan barcha vositalardan foydalanadi;

ishni ko‘rishgacha va uning davomida da’vogarga zaruriy yuridik 
yordamni ko‘rsatadi;

dalillar qalbakilashtirilganda g‘ayriqonuniy harakatlar uchun ji noiy 
javobgarlikka tortiladi.
Ekspert:

uning oldiga qo‘yilgan masala bo‘yicha yozma xulosa berishga majbur.
Mehnat jamoasi rahbari:

sudga mazkur nizo bo‘yicha jamoa fikrini bayon etadi;

ish vaziyatlarini oydinlashtirishga ko‘mak beradi.


132
YAKUNLARNI CHIQARISH
Mehnat nizosi ko‘rib chiqilganidan keyin quyidagi savollar bo‘yicha mu
-
hokama darsini o‘tkazing:
O‘zingizni ... (da’vogar, javobgar, advokat va hokazo) o‘rnida qanchalik 
dadil his etdingiz? Darslarda olingan bilimlar mehnat qonunlari nuqtayi nazari
-
dan qarshi taraf savollariga javob berishda yetarli bo‘ldimi?
Sizningcha, mehnat qonunlariga muvofiq to‘g‘ri qaror qabul qilindimi?
Bilimingizni sinang!
 
1. 
Mehnat shartnomasi qancha muddatga tuzilishi mumkin?
2. 
Qaysi yoshdan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi?
3. Xodimga mehnat daftarchasi qachon ochilishi kerak?
4. Ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun nima 
asos bo‘ladi?
5. Xodim o‘zining ishdan bo‘shashi to‘g‘risida ma’muriyatni 
necha kun oldin ogohlantirishi kerak?
6. Mehnat shartnomasi qaysi hollarda bekor qilinishi 
mumkin?
7. 
Ishdan bo‘shagan xodimga mehnat daftarchasi va 
buyruqning ko‘chirma nusxasi qachon beriladi?
8. Ish vaqtining risoladagi muddati qancha?
9. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati kimlarga belgilanadi?
10. 
Noqulay ish sharoitlarida ishlaydigan ishchilar haftasiga 
necha soat ishlashlari kerak?
11. 
Qaysi vaqt tungi vaqt hisoblanadi?
12. 
Ish vaqtidan tashqari ish uchun qancha muddat belgila
-
nadi?
13. Bayram kunlarini sanab bering.
14. Yillik mehnat ta’tilining eng kam va eng ko‘p muddati 
qancha?
15. Xodimga nisbatan qanday jazo choralari qo‘llanishi 
mumkin?



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə