Davlat va huquq


DAM OLISH VAQTI VA BAYRAM KUNLARI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106
10 sinf huquq

DAM OLISH VAQTI VA BAYRAM KUNLARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolarning 
mehnat huquqi dam olish huquqi bilan to‘ldiriladi. Dam olish huquqi deganda 
xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan va bundan ular o‘z ixti- 
yoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqt tushuniladi. Dam olish huquqi- 
ning aniq ko‘rinishiga qonun tomonidan belgilangan ish vaqti davomidagi ta
-
naffuslar (ish boshlanganidan keyin uzog‘i bilan 4 soatdan keyin), kundalik 
dam olish (ish kunlari va smenalari orasida), haftalik dam olish kunlari, bayram 
(ishlamaydigan) kunlari va ta’til kiradi.
Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarish-
dan holi bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi 
mumkin bo‘lgan vaqtdir.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
126-modda
Dam olish vaqti:

dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (uzog‘i bilan 2 soat);

kundalik dam olish (kamida 12 soat);

dam olish kunlari (5 kunlik ish haftasida — ikki kun, 6 kunlik ish 
haftada — bir kun);

dam olish kunlari ishlash taqiqlanadi (ayrim xodimlarni alohida 
hollardagina ishga jalb etishga yo‘l qo‘yiladi, bunda mehnatga haq ikki 
hissa miqdorda to‘lanadi);

yillik ta’tillar (eng kami — 15, eng ко‘pi — 48 ish kuni);

bayram kunlari.


124
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari:

1-yanvar — Yangi yil;

8-mart — Xotin-qizlar kuni;

21-mart — Navro‘z bayrami;

9-may — Xotira va qadrlash kuni;

1-sentabr — Mustaqillik kuni;

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;

8-dekabr — Konstitutsiya kuni;

Ro‘za Hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;

Qurbon Hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə