Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
10 sinf huquq

114
SINOV MUDDATI
Ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning topshirilayotgan ishga la- 
yoqatliligini tekshirish uchun u sinov to‘g‘risidagi shart bilan ishga rasmiy
-
lashtirilishi mumkin. Bunda aniq sinov muddati belgilanadi. Qonun hujjatlari 
tomonidan eng ko‘p muddat — 3 oy belgilangan. Sinovga bardosh bermagan 
shaxslar ishdan bo‘shatiladi. Agar xodim mehnat shartnomasini sinov mud dati 
sharti bilan tuzishdan voz kechsa, unda ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad 
etishga haqli.
Sinov muddati nafaqat xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini 
tekshirib ko‘rish, balki unga mazkur ish to‘g‘ri kelishiga ishonch hosil qi lish 
uchun ham tayinlanadi. Agar bu ish unga to‘g‘ri kelmasligini bilsa, u shaxsiy 
tashabbusiga ko‘ra, ish beruvchini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, 
ishni to‘xtatishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasi 3-xatboshisiga 
binoan, ish beruvchi quyidagi toifaga mansub shaxslarga nisbatan sinov mud
-
dati belgilashga haqli emas:

homilador ayollarga

uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga

korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuboril
-
gan shaxslarga

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv 
yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran 
uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul 
qilinganda; 

xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra 
ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar tarafardan birortasi ham 
mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‘lsa, shartnomaning 
amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda 
yo‘l qo‘yiladi.



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə