Davlat va huquq


O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106
10 sinf huquq

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
74-modda.
2-topshiriq.
 
Maslahatlashib, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi nizoni 
hal etishga doir o‘z variantingizni taklif eting. Vujudga kelgan 
nizoning oldini qanday qilib olish mumkinligini ham belgilang.
Vaziyat.
Zavod direktori sobiq sinfdoshi, endilikda yuqori malakali 
mutaxassisni xursandlik bilan kutib oldi. Uning maktabni bitirga
-
nidan keyingi hayoti to‘g‘risida so‘rab-surishtirib, maktab yillari, 
institutdagi o‘qish davrini eslab, direktor A.ni darhol ishga qabul 
qilishni buyurdi. 
— Rasmiyatchiliklar keyinroq, — deb qo‘lini siltadi xodim lar 
bo‘limi bosh lig‘iga...
Bir oydan so‘ng sobiq do‘stlar mehnat haqi miqdori, ish vaq-
ti va shartlarini aniqlash chog‘ida tamoman urishib qolish di. 
Oxir-oqibat A. o‘z xohishiga binoan ishdan ketdi. Sobiq do‘stlar 
dushman bo‘lib ayrilishdi.
Xo‘sh, voqealar bunday tugashining oldini qay tarzda
olish mumkin bo‘lar edi? Korxonaga ishga tushar ekan, A. 
qanday xatolarga yo‘l qo‘ydi?
Bilimingizni sinang!
 
1. 
Xodimlar manfaatlarini qaysi tashkilotlar himoya qiladi?
2. 
Mehnat shartnomasiga qanday shartlar kiritilishi shart?
3. Mehnat shartnomasi qanday muddatga tuziladi?
4. Xodimlarni necha yoshdan va qanday shartlarda ishga jalb 
qilish mumkin?
5. Mehnat shartnomasiga qanday qo‘shimcha shartlar kiriti-
lishi mumkin?


108
22-§. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH
VOYAGA YETMAGANLARNI ISHGA QABUL QILISH 
 
XUSUSIYATLARI
O‘quvchlarning mehnat tarbiyasi, ularni asta-sekin mehnatga jalb etish maq
-
sadida qonun tomonidan voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga ruxsat etiladi. 
Bunda sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan va maktabdagi o‘qish jarayoniga xalaqit 
bermaydigan yengil mehnatni berish hamda ota-onasidan birining yoki ularning 
o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi albatta olinishi shart. So‘nggi shartni shu bilan 
tushuntirsa bo‘ladiki, ota-onasi o‘spirinni ishga joylashtirishdan oldin ish sharoit
-
lari bilan tanishishlari va uning sog‘lig‘iga xavf aniqlangan taqdirda, kontraktni tu
-
zishdan voz kechishlari kerak. O‘spirinning o‘zi hayotiy tajribasi yo‘qligi sababli 
bo‘lajak ishning mavjud bo‘lgan noma’qul sharoitlariga e’tibor bermasligi mumkin.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə