Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106
10 sinf huquq

Mehnat huquqi — 
mehnat faoliyati jarayonida vujudga 
keladigan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan 
huquq sohasidir.
Mehnatga oid munosabatlar — 
kishilar orasidagi muno
-
sabatlar bo‘lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va 
belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishga asoslanadi.


100
MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARNING VAZIFALARI
Odamlar hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa mehnat 
bilan yaratiladi. Bundan jamiyat va alohida har bir insonning hayotida mehnat-
ga oid munosabatlar o‘ynaydigan rol yaqqol namoyon bo‘ladi. Mehnat 
jarayoni da vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solmay, mehnat 
unumdorligini hamda ishlayotganlarning moddiy va madaniy darajasini oshirib 
bo‘lmaydi. Shunday qilib, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari:

ishga qabul qilish tartibini muvofiqlashtirish va mehnat shartnomasini 
bekor qilish;

adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish; 

xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish

mehnat qilayotganlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish;

mehnat va umuman butun ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash;

mamlakatning butun aholisi moddiy va madaniy darajasini yaxshilash 
hisoblanadi.
MEHNAT QONUN HUJJATLARINING MANBALARI
Mehnat huquqining negiz bo‘luvchi manbalari Konstitutsiya va Mehnat 
kodeksi, ularning amal qilishi butun O‘zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq 
etiladi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-modda), Xalqaro 
Mehnat Tashkilotining konvensiyasi (2-modda), respublika Prezidenti farmon
-
lari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bosh, sohaviy va boshqa 
kelishuvlar hamda jamoa shartnomalari hisoblanadi.
Mehnat huquqining xususiyati shundan iboratki, amalda har qanday masa
-
la, agar bunday qaror Mehnat kodeksi qoidalariga zid bo‘lmasa va xodimning 
ahvolini yomonlashtirmasa, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida hal etilishi 


101
mumkin. Aks holda kontrakt noqonuniy hisoblanadi. Misol uchun, aksiyador
-
lik jamiyatida 9 soat davom etadigan ish kuni belgilangan bo‘lsa, bu mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlarning buzilishi hisoblanadi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə