Davriy nashrlarga obuna qilish va yetkazib berish bo‘yicha Shartnoma №- sonli 20 yil Toshkent sh


TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü27,9 Kb.
#151484
1   2   3   4   5   6   7
4 Тўғридан тўғри Намуна — копия 2тугриси

2. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

2.1. “Yetkazib beruvchi”ning majburiyatlari:


2.1.1. Tovarni “Obunachi”ga shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda yetkazib beradi.
2.1.2. “Obunachi”ga hisobot davrida yetkazib berilgan tovar partiyalari va yetkazib berish xizmati uchun o‘rnatilgan tartibda hisob-faktura taqdim qiladi.
2.1.3. Tovarlarni nashriyot tomonidan belgilangan chiqish davriyligiga muvofiq yetkazib beradi. Tovarlarni yetkazib berish “Yetkazib beruvchi” tomonidan ish kunlari amalga oshiriladi.
2.1.4. “Obunachi”dan tovarni topshirish qabul qilishda miqdori va sifati bo‘yicha farq haqida dalolatnoma taqdim qilinganda, “Yetkazib beruvchi” qonun hujjatlarida belgilangan muddatda “Obunachi”ning huquqiy talablarini bajaradi.
2.1.5. Hisobot oyi davomida qonun hujjatlari talablariga muvofiq tovarlarni o‘rnatilgan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq “Obunachi”ning talablarini bajaradi.
2.1.6. “Obunachi” tomondan nuqsonli yoki yaroqsiz tovarni almashtirib berish talab qilinganda, so‘rov taqdim etilgan kundan boshlab yigirma kun ichida almashtiriladi.
2.2. “Yetkazib beruvchi”ning huquqlari:
2.2.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shartnoma bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va boshqa ma’lumotlarni “Obunachi”dan og‘zaki yoki yozma ko‘rinishda oladi.
2.3. “Obunachi”ning majburiyatlari:
2.3.1. Yetkazib berilgan tovarni qabul qilish yoki qabul qilishdan bosh tortishi sabablarini 2 kun ichida yozma asoslaydi.
2.3.2. Ushbu shartnoma shartlariga muvofiq tovar va yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshiradi.
2.3.3. Agar tovar “Obunachi”ning pochta qutisiga yetkazib berilishi lozim bo‘lsa “Yetkazib beruvchi”ga “Obunachi” pochta qutisining raqami va joylashgan joyini ma’lum qilinadi.
2.4. “Obunachi”ning huquqlari:
2.4.1. Tovarlarni olgandan so‘ng, nuqsonlar aniqlanganda o‘zining xohishiga ko‘ra quyidagilardan birini talab qiladi:
- buyurtmaning narxini nuqsonli tovar narxiga mutanosib ravishda kamaytirish;
- xuddi shunday, lekin nuqsonsiz tovar bilan almashtirish;
- nuqsonli tovar uchun to‘langan mablag‘larni qaytarib olish;
2.4.3. Mazkur shartnomaning 2.4.1. bandida belgilangan talablar “Obunachi”ning tegishli talabnomasi berilgan kundan boshlab 20 kundan kechiktirmay bajariladi.
2.4.4. Tovarlar yetkazib berilmagan taqdirda, “Obunachi” quyidagilardan birini tanlash huquqiga ega:
- yangi yetkazib berish sanasini belgilash;
b) nuqsonli tovar uchun to‘langan mablag‘larni qaytarib olishni talab qilish.
Bu talablar “Obunachi”ning tegishli talabnomasi berilgan kundan boshlab 20 kundan kechiktirmay bajariladi.

Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə