Davriy nashrlarga obuna qilish va yetkazib berish bo‘yicha Shartnoma №- sonli 20 yil Toshkent sh


ShARTNOMA NARXI, HISOB-KITOBLAR TARTIBI



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü27,9 Kb.
#151484
1   2   3   4   5   6   7
4 Тўғридан тўғри Намуна — копия 2тугриси

3. ShARTNOMA NARXI, HISOB-KITOBLAR TARTIBI

3.1. Shartnomaning umumiy summasi buyurtmanomaga muvofiq -------------------------- (--------------------------) so‘m. (QQS bilan).


3.2. Tovar narxi va yetkazib berish xizmati “Yetkazib beruvchi” tomonidan belgilanadi va buyurtmanomada ko‘rsatiladi hamda ushbu shartnomaning amal qilish davrida o‘zgartirilmaydi.
3.3. “Obunachi”, “Yetkazib beruvchi”ga to‘lovlarni quyidagi tartibda amalga oshiradi:
- ushbu shartnomaning 100% miqdoridagi avans to‘lovi ushbu shartnoma tuzilgan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni mobaynida “Yetkazib beruvchi”ning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
“O‘zbekiston pochtasi” АЖ “Matbuot tarqatish” filiali
H/r: 2261 2000 3001 5526 6009
AT “Aloqabank”ning Amaliyot boshqarmasi
MFO: 00401; INN: 200 833 833 OKED: 53100
3.4. “Obunachi” va “Yetkazib beruvchi” o‘rtasidagi barcha to‘lovlar bank hisob raqamga pul o‘tkazish yoki bank plastik kartasi orqali O‘zbekison Respublikasi “so‘m”ida amalga oshiriladi.
3.5. Hisob varaq-fakturalar “Yetkazib beruvchi” tomonidan “Obunachi”ga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi.
3.6. Tomonlar shartnomaning oxirgi kunida ikki tomon uchun majburiy bo‘lgan o‘zaro solishtirma dalolatnoma tuzishlari to‘g‘risida kelishib oladilar.
3.7. Ushbu shartnomada nazarda tutilgan hisob-kitob tartibi “Yetkazib beruvchi”ga tijorat krediti berish yoki “Yetkazib beruvchi”dan qonuniy yoki boshqa foizlarni olish uchun asos bo‘lmaydi.


4. TOVARLARNI YETKAZIB BERISh VA QABUL QILISh TARTIBI
4.1. Tovar “Yetkazib beruvchi” tomonidan taqdim etilgan, xududiy (tarkibiy) korxonalari (bo‘linmalari) ro‘yxati shartnomaning
2-ilovasiga asosan quyidagi manzillardan biri bo‘yicha yetkazib beriladi:
- Obunachi tomonidan belgilangan pochta qutisiga;
- ________________________ manzilga, agar ushbu manzilda obunachi tomonidan qabul qilib oluvchi mavjud bo‘lmasa, tovarlar ushbu ko‘rsatilgan manzildagi binoda joylashgan pochta qutisida yoki kirish eshigi oldida qoldiriladi.
- Obunachi o‘zi olib ketish sharti bilan ________________________ manzilga xizmat ko‘rsatuvchi aloqa bo‘limiga.
4.2. Tovarni yetkazib berish usuli “Obunachi” tomonidan shartnoma tuzilgan vaqtda belgilanadi va buyurtmanomada ko‘rsatiladi.
4.3. Tovarni yetkazib berish “Yetkazib beruvchi” tomonidan yoki “Yetkazib beruvchi” nomidan uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Tanlangan yetkazib berish usuli bo‘yicha yetkazib berish xarajatlari tovar bahosiga kiritiladi.
4.4. “Yetkazib beruvchi” tovarni nashriyotdan yoki tovar chiqaradigan boshqa shaxsdan olingan paytdan boshlab davriy nashrlarning chop etilish chastotasini hisobga olgan holda “Obunachi”ga yetkazib beradi.
4.5. Hisobot oyi oxirida “Yetkazib beruvchi”, “Obunachi”ga kalendar oyi davomida yetkazib berilgan tovar partiyasi uchun hisob varaq-fakturalar yuboradi.
4.6. “Yetkazib beruvchi” belgilangan hujjatlarni “Obunachi”ga hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan taqdim etadi.
4.7. Ikki ish kuni ichida “Obunachi”, “Yetkazib beruvchi” tomonidan yuritilgan hujjatlarini ko‘rib chiqadi va yetkazib berilgan tovarlar miqdori bo‘yicha e’tiroz bo‘lmasa, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va “Yetkazib beruvchi”ga qaytaradi. Yetkazib berilgan tovarning miqdori yoki sifatiga e’tiroz bo‘lsa, “Obunachi” hujjatlarga imzo chekishdan bosh tortishga va aniqlangan nomutanosibliklar to‘g‘risida dalolatnoma tuzishga haqli. Agar “Obunachi”dan belgilangan muddatda asosli e’tirozlar olinmasa, hisobot oyi uchun mahsulot “Obunachi” tomonidan izohsiz qabul qilingan deb hisoblanadi.
4.8. Agar “Obunachi” belgilangan muddatda “Yetkazib beruvchi”ga yozma talabnoma taqdim qilmagan bo‘lsa, “Yetkazib beruvchi” tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni imzolashdan bosh tortishga haqli emas.
4.9. Tasodifiy yo‘qotish yoki mahsulotga zarar yetkazish xavfining “Obunachi”ga o‘tkazilishi tovarni yetkazib berish usuli bo‘yicha “Obunachi”ga yetkazib berish vaqtida sodir bo‘ladi. Tovarga bo‘lgan egalik huquqini “Obunachi”ga o‘tkazilishi hisob varaq-fakturalar imzolangan paytdan boshlab sodir bo‘ladi.

Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə