Davriy nashrlarga obuna qilish va yetkazib berish bo‘yicha Shartnoma №- sonli 20 yil Toshkent sh



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü27,9 Kb.
#151484
1   2   3   4   5   6   7
4 Тўғридан тўғри Намуна — копия 2тугриси

5. MAHSULOT SIFATI VA QADOQLASh

5.1. Mahsulot yetkazib beriladigan qadoqlash mahsuloti ishlab chiqaruvchi nashriyot tomonidan belgilanadi va amalga oshiriladi.


5.2. Tomonlar “Obunachi”ga topshirilgan tovardan maqsadga muvofiq foydalana olmaslikka olib kelgan yaqqol nuqsonlarga ega bo‘lgan hollarni tovarlarni qadoqlash shartlari buzilishi deb hisoblashga kelishib oladilar.


6. MAHFIYLIK
6.1. Taraflar bitimni bajarish chog‘ida muayyan axborotning maxfiy xususiyatini boshqa tomonga majburiy xabardor qilgan holda bir tomonlama aniqlashga haqli.
6.2. Taraflar boshqa tarafning oldindan yozma roziligisiz boshqa tarafning kelishuviga binoan olingan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi, uchinchi shaxslarga o‘tkazishi yoki o‘z maqsadlari uchun foydalanishi mumkin emas.
6.3. Maxfiy deb tasniflangan vaqtda u allaqachon uchinchi shaxslar yoki ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan yoki ochiqlangan taqdirda, tomonlar javobgar bo‘lmaydi.
6.4. Ushbu bo‘limda belgilangan shartlar shartnoma muddati davomida ham, kelishuv bekor qilingan kundan boshlab 3 (uch) yil mobaynida ham tomonlar uchun har qanday sababga ko‘ra majburiydir.


7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
7.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va ushbu shartnomaga muvofiq javobgardirlar.
7.2. “Yetkazib beruvchi” davriy nashrlarni chiqishi to‘xtatilishi yoki vaqtincha to‘xtatib turilishi, kechikishi, shuningdek taxririyat tomonidan bir tomonlama davriy nashrlarning chiqish davriyligi o‘zgarganligi, belgilangan muddatda chiqarilmasligi va soni yoki sifat tasniflari o‘zgartirilganligi bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarish imkonsiz hollarda javobgar emas.
7.3. “Yetkazib beruvchi” tovarning mazmuni, shakli yoki boshqa mazmuni uchun “Obunachi” oldida javobgar emas.
7.4. Tovar parametrlari (shakl, mazmun, davriy nashrlarning chiqish davriyligi yoki mahsulot chiqarishni kechiktirish) o‘zgarganda, “Obunachi” bevosita tahririyatga yoki davriy nashrlarni chiqarayotgan shaxsga da’vo qilish huquqiga ega.
7.5. “Yetkazib beruvchi” ushbu shartnomaning 3.3-bandiga muvofiq “Obunachi”ning tovar uchun haq to‘lash majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan bunday huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda tovar yetkazib berish shartlarini buzganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.6. “Yetkazib beruvchi”, “Obunachi”ning davriy nashrlari olinmaganligi yoki to‘liq olmaganligi uchun javobgardir va 20 kun ichida “Obunachi” tomonidan qabul qilinmagan mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha “Obunachi”ning huquqiy talablarini bartaraf etadi.
7.7. Ushbu shartnomaning 7.6-bandiga muvofiq “Yetkazib beruvchi”ning tovar yetkazib berish talablarini buzganligi bilan bog‘liq da’volari “Obunachi” tomonidan tovar yetkazib berilgan 20 kun ichida taqdim etilishi kerak. Bunday da’volar bo‘lmagan taqdirda, “Yetkazib beruvchi”, “Obunachi”ning hisobot davrida tovar yetkazib berish tartibini buzish bilan bog‘liq da’volarini qabul qilmaydi va javobgarlikdan ozod qilinadi.
7.8. To‘lov shartlari, shu jumladan, avans to‘lovini ushbu shartnoma doirasida amalga oshirmaganlik uchun “Obunachi” O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
7.9. Agar tomonlardan biri ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi ikkinchi tomonning aybi tufayli sodir etilganligini isbotlasa, javobgarlikdan ozod etiladi.
7.10. “Obunachi” tomonidan nashrlarni yetkazib berish manzillari, telefon raqami noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, yetkazib berilmagan nashrlar uchun “Yetkazib beruvchi” javobgar bo‘lmaydi. “Obunachi”ning manzili o‘zgargan taqdirda “Yetkazib beruvchi”ga 5 ish kunida yozma ravishda xabar berishi shart.
7.11. Ushbu shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarayotganda tomonlar, ularning filiallari, xodimlari hamda vositachilarida to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita korrupsiya alomatlari kuzatilishi, tijoriy korrupsiya, mansab mavqeidan foydalanish, shuningdek huquqni buzuvchi harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyatini oladilar.
7.12. Agar tomonlar o‘rtasida ushbu shartnomaning 7.11. bandida “Korrupsiyaga qarshi kurash” nazarda tutilgan har qanday majburiyatlarning buzilishi sodir bo'lgan yoki sodir bo'lishi mumkin deb hisoblash uchun asos bo'lsa, tomon bu haqda boshqa tomonni yozma ravishda va Shartnomada ko'rsatilgan elektron pochta manzili orqali darhol xabardor qilishga majburdir.
7.13. Taraflar shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan, pora berishni taklif qilmaydi, va’da bermaydi, tovlamachilik qilmaydi, pora sifatida pul to‘lamaydi, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaydi yoki pora, ya’ni “Matbuot tarqatish” filiali xodimi o‘z xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi yoki mumkinligi uchun moddiy qiymatliklarni yoki mulkiy naf olmaydi. Taraflar ushbu harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rilishiga kafolat beradi.
7.14. Agar shartnoma bo‘yicha bir Taraf “Matbuot tarqatish” filiali xodimining ahloqqa to‘g‘ri kelmaydigan va ushbu shartnoma yoki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid keladigan xatti-harakatlariga, shu jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishga majburlashdan iborat faktlarga duch kelsa, bu haqda quyidagi aloqa kanallaridan biri orqali xabardor qilishi kerak:
Ishonch telefoni: 71 233 0834, Elektron pochta: info.matbuot@pochta.uz



Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə