Davriy nashrlarga obuna qilish va yetkazib berish bo‘yicha Shartnoma №- sonli 20 yil Toshkent sh



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü27,9 Kb.
#151484
1   2   3   4   5   6   7
4 Тўғридан тўғри Намуна — копия 2тугриси

8. FORS-MAJOR
8.1. Tomonlar o‘z ixtiyorlarida bo‘lmagan fors-major holati, ya’ni zilzila, suv toshqini, yong‘in, tabiiy ofatlar, epidemiya, harbiy harakatlar, hukumatning ayrim faoliyat turini ta’qiqlovchi qarorlari sababli shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun javobgar bo‘lmaydilar. Bunda, o‘ziga nisbatan fors-major holati yuzaga kelgan tomon ikkinchi tomonni 24 soat ichida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Shartnomani bajarish muddati, tomonlar kelishuviga ko‘ra fors-major holati muddatiga uzaytirilishi yoki shartnoma bekor qilinishi mumkin.
9. ShARTNOMA MUDDATI. ShARTNOMANI O‘ZGARTIRISh VA BEKOR QILISh

9.1. Shartnoma taraflar tomonidan imzolangandan keyin kuchga kiradi va 2024 yil 31 dekabrgacha va hisob-kitoblar jihatidan, ularning to‘liq amalga oshirilgunga qadar amal qiladi. Shartnomaning bekor qilinishi tomonlarning shartnoma bo‘yicha bekor qilingunga qadar yuzaga kelgan majburiyatlari bekor qilinishiga sabab bo‘lmaydi.


9.2. Shartnomaga har qanday o‘zgartish va qo‘shimchalar yozma ravishda kiritilib, taraflarning tegishlicha vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirda amal qiladi. Bu holda taraflarning vakolatli vakillari tegishli tarafning Ustavi (boshqa ta’sis hujjati) asosida harakat qiluvchi shaxslar, shuningdek o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida harakat qiluvchi shaxslar hisoblanadi.
9.3. Tomonlar shartnomani (shartnomani bajarish) butunlay bir tomonlama bekor qilish huquqiga egadirlar.
9.4. Shartnomani bir tomonlama bekor qilish, bir tomon ikkinchi tomonga yozma xabarnoma yuborishi yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Agar xabarnomada boshqacha belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma ushbu xabarnoma olingan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kundan keyin bekor qilinadi.
9.5. Taraflar shartnomadan qisman bir tomonlama voz kechishga (shartnomani bajarishga) haqli yemas.
9.6. Tomonlar kelishuvni imzolagandan so‘ng, u bo‘yicha barcha dastlabki muzokaralar, yozishmalar va dastlabki kelishuvlar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi.

Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə