Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə3/18
tarix22.03.2024
ölçüsü158,86 Kb.
#181183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Asosiy makroiqtisodiy ko\'rsatkichlar\'\' kurs ishi Jo\'rayev Ergash

Kurs ishining manbalari.Kurs ishini yozishda Respublikamiz qonunlari, Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.
Kurs ishining obyekti: O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish va rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo‘lishini hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.
Kurs ishining predmeti: O‘zbekiston Resbpublikasi shularni inobatga olgan holda O’zbekiston iqtisodiyoti uchun IS-LM modeli va budjet-soliq va davlatning pul-kredit siyosati asosiy e’tibor qaratish kerak bo’lgan sohalardan hisoblanadi.Bu kurs ishini asosiy maqsadi jahonda va mamlakatimizda olib borilayotgan pul-kredit siyosati va uning kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilish va o’rganishdan iborat
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

1 bob
IS lM modelida budjet-soliq siyosatning mohiyati, usullari va davlat xarajatlarining balanslashgan byudjet multiplikatorlari.
Davlatning eng asosiy vazifasi iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga asosan fiskal yoki byudjet-soliq siyosat orqali yerishiladi. Davlat tomonidan olib boriladigan fiksal siyosat deb asosan byudjetsoliq siyosatiga aytiladi. Byudjet-soliq siyosatiga, davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotda to‘liq bandlik, to‘lov balansining tengligi va inflyasiyani kamaytirish evaziga iqtisodiy muvozanatga yerishish jarayonlarini keltirib o‘tishimiz mumkin. Iqtisodiy turg‘unlik yoki inqiroz vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatlarda iqtisodiyotning pasayishini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish yoxud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga kamaytiradi. Uzoq muddatli iqtisodiy pasayish davrlarida soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy o‘sishga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul xolatga olib kelish orqaligina yerishish mumkin. Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va talab inflyasiyasi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda bosiq fiskal siyosat olib boriladi. Uning asosiy maqsadi davlat xarajatlarini kamayishi va soliqlarning o‘sishini mo‘ljallab yoki ikkalasini bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyasiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish turtki bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli davrlarda byudjet-soliq siyosatlari davlat xarajatlari samarasi multiplikatori, soliq multiplikatori va balanslashgan byudjet multiplikatorlari bilan birga olib boriladi.
Davlat xarajatlarining o‘sishi rejalashtirgan xarajatlarining (∆E) ushbu miqdorda o‘sishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq bo‘yicha tepaga surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda milliy ishlab chiqarish hajmi (∆u) miqdorida o‘sadi.




Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə