Didaktika ta'lim nazariyasi


I.BOB.Didaktika -pedagogik ta'lim nazaryasi sifatida mavzusini o'rganishda suhbat metodidan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari



Yüklə 155,07 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü155,07 Kb.
#162634
1   2   3   4   5   6   7
GULI

I.BOB.Didaktika -pedagogik ta'lim nazaryasi sifatida mavzusini o'rganishda suhbat metodidan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari.
1.1 Didaktika-ta'lim nazaryasi sifatida
Didaktika – pedagogikaning mustaqil tarmog‘i. Ta’lim – tarbiya nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Didaktika pedagogikada ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismdir.
Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko” – o‘qitish, “didaskol” – o‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan.
“Didaktika”ning so‘zma – so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi.
Bu atamani nemis pedagogi V. Ratke (1571-1635) fanga kiritgan. Didaktika nomi ostida nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor YA. A. Komenskiy (1592 - 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1657 yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktika nomi ostida Komenskiy “Hammani hamma narsaga o‘rgatish san’ati”, deb tushundi. Didaktikaning mohiyatini ishlab chiqishda G. Pestalotssi, I. Gerbart, K.D. Ushinskiy, V. Ostrogorskiy, P. Kapterev kabi mashhur olimlar katta hissa qo‘shishdi. Bu yo‘nalishda didaktlar YU.K. Babanskiy, N. Gruzdev, M. Danilov, B. Esipov, L. Zankov, M. Skatkin kabilar ham ancha ishlarni amalga oshirishdi.
Didaktika pedagogikaning “Nima uchun o‘qitish kerak”, “Nimani o‘qitish kerak”, “Qanday o‘qitish kerak”, “Qanday hajmda o‘qitish kerak”, “Kimlarni o‘qitish kerak”, “Qaerda o‘qitish kerak”, “Nimadan foydalanib o‘qitish kerak” kabi savollariga javob izlaydi.
Umumiy didaktika o‘z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qo‘yadi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. SHu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib ko‘yadi.
Didaktika va metodika mustahkam aloqa hamda o‘zaro bog‘liqliklikda joylashadi. Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir predmetni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.

Yüklə 155,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə