Dinlari tarixi


IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA DIN



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA DIN. 
DINNING JAMIYATDAGI IJTIMOIY 
FUNKSIYALARI
Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash 
lozim, ular bir-biri bilan bog‘liq, lekin aynan bir narsa 
emas.
Funksiya – bu dinning jamiyatdagi harakat usuli. 
Rol – bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘in-
disi. Dinning bir nechta funksiyalari mavjud.
Dunyoqarash funksiyasi.
Barcha davrlarda din 
hayotning mazmun-mohiyati, insonning turmush 
qiyinchiliklari, «narigi dunyo» haqidagi savollarga ja
-
vob beradi. Ushbu javoblar kishilarga yashashdan ma-
qsadni hosil qilish hissini beradi. 
Xudoga ishonuvchi kishilar o‘zlarini taqdirning zar
-
balari ostida arang kun ko‘ruvchi ojiz mavjudot sifatida 
emas, balki hayotlarini yaxlit ilohiy mazmunning bir 
bo‘lagi sifatida tasavvur qiladilar. 
Tasalli beruvchilik funksiyasi.
Hayot mazmuni haqi
-
dagi savollarga din tomonidan berilayotgan javoblar 
bu olamda kechiralayotgan azob-uqubatlar inson uchun 
bejiz emasligini uqtirib, e’tiqod qiluvchilarga ruhiy 
osoyishtalik taqdim etadi. Tashvishli hodisalar (ka
-
sallik, o‘lim va hokazo) bilan aloqador bo‘lgan diniy 
MA’LUMOT
UCHUN
Dinning ja-
miyatga ta’sirini 
o‘rganuvchi fan 
«din sotsiolo-
giyasi» deb 
ataladi. 
Fransuz olimi 
Ogyust Kont 
ushbu iborani 
ilk bor ilmiy 
muomalaga ki-
ritgan.


26
rasm-rusumlar musibatli kunlarda kishilarda ruhiy mu-
vozanatni saqlashga yordam beradi. Kishi boshqalarni 
o‘ziga nisbatan hayrihohligini his qiladi va aniq o‘rna
-
tilgan rasm-rusmlardan ruhiy osoyishtalik topadi. 
O‘z ijtimoiy mansubligini belgilash funksiyasi.
Diniy 
ta’limotlar unga e’tiqod qiluvchilarni bir xil qadriyatlar 
va mushtarak maqsadlar atrofida birlashtiradi (biz, mu
-
sulmonmiz, biz, nasroniymiz, biz yaxudiymiz va h.z.). 
Masalan, ypon xalqi e’tiqodiga ko‘ra har bir ypon sin
-
toiylik dinida tug‘iladi. Yahudiy dindida bo‘lish uchun 
ham yahudiy millatiga mansub bo‘lishi kerak. Musul-
monlarda esa mansublik imon shartlarini bajarish bilan 
belgilanadi. 
To‘g‘ri va haq 
yo‘ldan yurgan 
kishining yurishi 
arslon yurishi-
dan ko‘ra ham 
mahobatliroq 
(haybatliroq)dir.
 

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə