30
ga e’tiqod qiluvchilarning soni juda ko‘p emas.
Jahon
miqyosida zardushtiylikning diniy manbasi Avesto
-
ni o‘rganish «avestoshunoslik» nomini olgan.
Hozirda
AQSh, Rossiya, Eron, Hindiston davlatlarida yirik aves-
taoshunoslik markazlari mavjud. Ularda olib borilayot-
gan tadqiqotlar ulkan tajriba va an’analarga ega.
Bugungi kundagi eng
yirik zardushtiy jamoala-
ri bo‘lgan Eron jebrlari va Hindiston parslari o‘rtasida
faqatgina til, ibodatlarni o‘tkazish shakli va yil hisobi
borasida ba’zi ixtiloflar mavjud. Ayni damda, Hindiston
-
da ruhiy jihatga e’tibor beruvchi qator guruhlar yuzaga
kelgan. Globallashuv ta’sirida, so‘nggi
vaqtlarda zar
-
dushtiylikni isloh qilish, ko‘pgina
marosimlarni bekor
qilib, faqat «Goat»larni muqaddas kitob deb tan olish
fikrini olg‘a surmoqdalar.
Markaziy Osiyo mintaqasida
yuzaga kelgan dinlar
-
dan biri, bu tangrichilikdir. Xalqlarimiz tarixida maz kur
e’tiqodning o‘ziga xos o‘rini bo‘lgan. Tangrichilik tarixi
mamlakatimiz xalqlarining o‘tmish madaniyati, ijtimoiy
hayoti va turmush tarzi haqida ma’lumot beruvchi tarixi
manbalardan biridir.
TARIXGA NAZAR
«Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xa-
zinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga
tillo bilan bitilgan bir
nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib,
ularda xizmat
etuv chilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun
o‘sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi».
Dostları ilə paylaş: