Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

IJODIY FAOLIYAT
Shariatni tan deb o‘yla, tariqatni qalb deb angla, haqiqatni esa, jon 
deb tanigin. 
Moturidiy
Hayot ipining uchi Xudoning qo‘lida ekan, nima uchun bu hayotni 
Unga ishonmaslik kerak.
Moxandas Karamchand Gandi
Yaxshilik qil daryoga tashla baliq biladi, baliq bilmasa holiq biladi. 
Xalq maqoli
Har bir ishda hayr bor.
Xalq hikmati
Ushbu hikmatlar dinning qaysi funksiyalarini amalga oshiradi?
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 
Dindan g‘arazli maqsadlarda foydalanish qanday ijtimoiy muam
-
molarga olib keladi?
2. 
Din va jamiyat munosabatlarini o‘rganuvchi fan sohasi qanday 
nomlanadi?
3. 
Din sosiologiyasining asosiy maqsadi nimada?
4. 
Dinning ijtimoiy hayotdagi qanday funksiyalarini bilasiz?
5. Dinning jamiyatdagi «funksiya» va «rol» tushunchasi nimalarda 
ifodalanadi?


29
MARKAZIY OSIYO DINLARI
5-6-§
Markaziy Osiyo mintaqasining ko‘p millatli va 
konfessiyali bo‘lishining sabablaridan biri, uning qadi
-
mda «Buyuk ipak yo‘li» ustida joylashganida edi. Min-
taqadagi Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy 
shaharlar orqali «Buyuk ipak yo‘li» o‘tgan. Bu shahar
-
larda yirik karvonsaroylar, savdo rastalari va bozorlar-
ning rivojlanishi bilan birga turli madaniyat, til va din 
vakillari ham bu markazlarda jamlandi, o‘z urf-odat va 
an’analarini rivojlantirdi. 
Markaziy Osiyo mintaqasida tarqalgan eng qadimgi 
dinlardan biri zardushtiylikdir. Bugungi kunda bu din-
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. 
Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlarning hozirgi holati. 
2. Zardushtiylik jamoalarining zamonaviy hayot tarzi. 
3. 
Tangrichilikdagi «Uyg‘onish» harakati va zararli oqibatlari.
Buyuk ipak 
yo‘li nafaqat 
hududlar o‘rta-
sida savdo-sotiq 
aloqalarini, balki 
davlatlar va 
qit’alar o‘rtasida 
axborot almashu-
vini ta’minlashga 
xizmat qilgan.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə