Dinshunoslik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə53/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Dinshunoslik maruza

Tangrichilik. Qadimgi turklar dini asosini Tangriga (Samo) va Zaminga (Er-Suv) sig‘inish tashkil etadi. Bunda Samoga sig‘inishga asosiy eotibor berilgan. Tangrining xohishi bilan xoqonlar elni idora qilgan. Shuningdek, Tangri xohishi bilan zafar quchganlar yoki mag‘lub bo‘lganlar.
Ahamiyat jihatidan undan keyingi o‘rinni maobuda Umay – oila va bolalar himoyachisi egallagan. Shuningdek, turkiy tillarda so‘zlashuvchi qabilalarning eotiqodlari ichida salmoqli o‘rinni muqaddas tog‘lar va g‘orlarga ziyorat qilish tashkil etadi.Turkiy asotirlarga ko‘ra, Ona bo‘ri turklar ajdodini g‘orda tuqqan. Shu sababli buyuk xoqon bir yilda bir marotaba tog‘dagi g‘orlarga kelib, qurbonlik qilgan. Turkiy xalqlar tasavvurlarida yer-suv, o‘rmon va tog‘larni ko‘pdan-ko‘p arvohlar egallab turadi. Vaqti-vaqti bilan qurbonliklar keltirib, ularni tinchitib turish lozim bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, yer osti saltanati mavjud bo‘lib, o‘lgan kishining ruhi u yerga ko‘chib o‘tadi va uni o‘lim xudosi va yer osti hukmdori Erklig boshqaradi. Ko‘pgina yozma manbalar olovning muqaddasligi, olov bilan poklanish to‘g‘risida, ilohiy kuchga ega bo‘lgan Yada toshi vositasida go‘yo yomg‘ir yog‘dira oladigan turk afsungarlari haqida Ma’lumotlar beradi.
Maolum davrlardan boshlab O‘rta Osiyo aholisi orasida eski diniy tasavvurlar bilan bir qatorda boshqa sivilizatsiyalar doirasida shakllangan buddizm, yahudiylik, xristianlik, manixeizm va islom diniy tizimlari ham tarqala boshladi.
Zardushtiylik. Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib borishi bilan diniy qarashlar ham o‘zgara bordi. Diniy afsonalar mazmuni, diniy-yeotiqod amaliyoti ham o‘zgardi.
Miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda paydo bo‘lgan din - zardushtiylik - o‘tga sig‘inish, Markaziy Osiyoda eng keng tarqalgan diniy tizimlardan biri edi.
Zardushtiylik dini asosida foniy dunyoni yaratuvchi xudoning yagonaligi g‘oyasi yotadi. U o‘zining haqiqatini yetqazish uchun odamlar orasidan unga samimiy eotiqod qilgan Zardushtni tanladi. Zardusht- Mazda Yasna dini payg‘ambarining nomi. Zardushtiylik bu diniy taolimotning shartli nomi bo‘lib, birinchi targ‘ibotchisi nomi bilan atalgan.
O‘tmishda Zardo‘shtning va «Avesto» ning vatani qaerda bo‘lganligi to‘g‘risida bahs-munozaralar bo‘lib ikki xil fikr ilgari surilgan. Birinchisi «G‘arb nazariyasi» bo‘lib, bu nazariya tarafdorlari xozirgi Eron xududida joylashgan Media Zardo‘sht vatani, Zardo‘shtiylik dini ana shu erda yuzaga kelgan va boshqa o‘lka xalqlari o‘rtasida tarqalgan, degan fikrni ilgari surib kelmoqdalar.
Ikkinchi fikr «Sharq nazariyasi» deb yuritilib, bu nazariya tarafdorlari Zardo‘shtning vatani va zardo‘shtiylik dinining yuzaga kelgan, ilk tarqalgan joyi qadim Xorazm bo‘lgan deb eotirof etadilar.
Ko‘p yillik bahs-munozaralardan so‘ng pirovardida o‘ttizdan ortiq xorijiy avestoshunos olimlar va o‘zimizning tadqiqotchi olimlarimiz Zardo‘shtning va «Avesto» ning vatani O‘zbekiston, qadim Xorazm bo‘lgan degan qatoiy bir fikrga kelganlar. Tadqiqotchi olimlarning bunday yakdillik bilan chiqargan xulosalarini YuNESKO ham tasdiqlagan.
Shunday qilib, zardo‘shtiylik Markaziy Osiyoda shakllanib, keyinchalik Eron va boshqa o‘lkalarga tarqalgan.15
Zardo‘sht so‘zining lug‘aviy maonosi turlicha izohlanib kelinadi. Bir taobirga ko‘ra «Sariq, tilla rang sohibi (egasi)»; boshqa bir taobirga ko‘ra «Zarrin yorug‘lik egasi»; yana bir taobir bo‘yicha «Oq tuyalik, tuya boquvchi» demakdir. Baozi tarixiy manbalarda bu nomning maonosi – «yulduz o‘g‘loni» deb taoriflangan.
Zardo‘sht insoniyat xaloskori sifatida maydonga chiqib, taraqqiyot uchun g‘oyat zararli bo‘lgan ko‘pxudolik eotiqodlarini g‘ayriinsoniy mohiyatini anglab, kishilarni yakkayu yagona Oliy Tangri – Axura Mazdaga eotiqod qilish g‘oyasini ilgari surdi. Zardo‘sht vaxdoniyat – yakka xudoga eotiqod qilish g‘oyasini ilgari surgan payg‘ambar sifatida insoniyat tarixi sahnidan o‘rin oldi.
Barcha payg‘ambarlar singari Zardo‘sht ham o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtda qadr-qiymat topmaydi. Uzliksiz taoqib, tazyiq, tahdidlardan bezib, o‘z muxlislari va tarafdorlari Bilan Eronga – axmoniylar shohi Gushtasi (Vishtasp) xuzuriga ketadi. Shoh va malika Xutaosa butun saroy ayonlari bilan birgalikda Zardo‘shtning yangi dinini qabul qiladilar va uning keng yoyilishiga yordam beradilar. Natijada Zardo‘shtiylik uzil-kesil qaror topadi.
«Avesto» uzoq davrlar mobaynida – miloddan oldingi 3 ming yillikning oxirlaridan boshlab og‘zaki tarzda shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib kelgan. «Avesto» ni Zardo‘sht diniy asar sifatida bir tizimga solgan, hamda o‘zi ham uning «Gohlar» (Gotlar) qismini yozib kitobat qilgan. «Avesto» so‘zining lug‘aviy maonosi «o‘rnatilgan, qatoiy qilib tayin etilgan qonun-qoidalar» demakdir.
«Avesto» - «Yasna», «Gohlar», «Visparad», «Yashtlar», «Vandidad» va «Kichik Avesto» dan iborat.
- «Yasna» - toat, taozim, salovatga loyiq, munosib maonolarini ifodalaydi. U «Avesto» ning eng qadimgi muhim qismi bo‘lib, 72 bobdan iborat bo‘lgan hamdu sano, qurbonlik duolaridan tashkil topgan.
- «Gohlar» - maonosi qo‘shiq-gimn demakdir. U ham «Yasna» ning 72 bobi sirasiga kiradi. «Gohlar» Zardo‘sht tomonidan ijod qilingan beshlik qo‘shiq-gimnlaridir. Ularda yakka xudolik taolimoti, ikki qarama-qarshi kuchlar – ziyo va zulmat, ezgulik va yovuzlik, hayot va o‘lim o‘rtasidagi kurashda har bir inson yakayu-yagona oliy Tangri – Axura Mazda amriga ko‘ra ezgulik kuchlari tomonida bo‘lishi kuylanadi.
- «Visparad» 24 bobdan iborat ibodatga doir qo‘shiqlar, xukmdorlarga qaratilgan munojaatlar va jamiyki radlar madhidir.
- «Yashtlar» - maqtovlar, qutlovlar, eozozlar kabi maonolarni bildrib, u zardo‘shtiylarning o‘qib yuradigan duolari va alohida ilohlarni madh etuvchi qo‘shiq-oyatlardan iborat.
- «Vandidad» ning maonosi yovuz kuchlarga, devlarga qarshi qonun maonosini bildiradi. U 22 bobdan iborat.
- «Kichik Avesto» (Xurda Avesto – deb ham yuritiladi.) «Avesto» hajmi katta kitob, yaoni bo‘yi 120 sm, eni 70 sm dan iborat bo‘lganligi sababli undan dindorlar kundalik faoliyatida froydalanishga qiyinchilik tug‘dirgan. «Avesto» dan dindorlarning kundalik hayoti uchun zarur va ahamiyatli bo‘lgan duolar, olqishlar, qo‘shiqlar tanlab olinib, shu asosda «Kichik Avesto» to‘plami yaratilgan.
«Avesto»da koinotning dastlabki unsuri – er, suv, havo, olov ulug‘lanadi. Tabiatni bulg‘ash katta gunoh ekanligi taokidlanadi. Olov – gunohlarni poklovchi, yovuz ruhlarni daf etuvchi sehrli kuch, deb taokidlanadi. Hatto erni, suvni ifloslantirmaslik maqsadida mayit (o‘lgan kishining jasadi) ni erga ko‘mish, suvga tashlash gunoh deb hisoblangan. Mayitni go‘shtini qushlarga edirib, suyaklarini etdan tozalab uni maxsus sopol quti (ossuariy) larga solib, ayrim binolarda saqlaganlar yoki maxsus quduqqa sochib yuborganlar.
Bu din behuda qon to‘kuvchi, qurbonliklar, harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik hujumlarini qoralab, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga daovat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblab, hayrli ishni, axloqli, odobli bo‘lishni targ‘ib etgan. Zarbo‘shtiylik dinida qo‘riq er ochib uni bog‘u-rog‘ga aylantirgan odam ilohiyat rahmatiga sazovor bo‘ladi, aksincha, bog‘lar, ekinzorlar, sug‘orish inshoatlarini buzganlar kata gunohga qoladilar, deb uqdiriladi.
Insoniyat tarixida birinchi bo‘lib Zardo‘sht yaratgan dinda insonlarning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri hal bo‘lajagi haqidagi g‘oya ilgari surilgan. Zardo‘shtiylik ta’limotining asosi olam qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgan, degan g‘oyadan iborat. Bu qarama-qarshilik tabiatda hayot va o‘lim, yorug‘lik, ziyo va zulmat, ijtimoiy hayotda adolat va adolatsizlik, axloqiy hayotda yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi abadiy kurashda namoyon bo‘ladi, ko‘rinadi.
Ezgulik, yaxshilikning ifodachisi Axura Mazda doim yovuzlik, yomonlik xomiysi Axrimanga qarshi kurash olib boradi. Ahura Mazda – «Ahura» va «Mazda» so‘zlaridan iborat. Mazda so‘zi oldiga «ulug‘lash» so‘zi –Axura qo‘shilib Axura Mazda nomi paydo bo‘lgan. Mazda so‘zi esa butun borliqni yaratgan mutloq aql, dono, qudratli rahnamo demakdir. Shunday qilib Axura Mazda so‘zini «Xudo Mazda», «Dono Xudo», «Ulug‘, qudratli xudo» deb tushunsak bo‘ladi.
Axriman so‘zining maonosi esa – yomonlik, yovuzlik, olami demakdir. U yovuzlik timsoli bo‘lib, barcha shaytoniy kuchlar: yovuz devlar, jodular, al-vasti, tamomila yomon kuchlar sardori deb qaraladi.
«Avesto» da mehnat nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnat yaxshilik, moddiy noz-neomatlar manbai ekanligi uqdiriladi. Inson sahovatli bo‘lishi uchun avvalo mehnat qilishi, o‘z qo‘li bilan noz-neomatlar yaratishi zarurligi aytiladi. Unda: «Don ekkan kishi taqvodorlik urug‘ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik eotiqodini olg‘a suradi, imonni oziqlantirib turadi…», deyiladi. Bunga amal qilish o‘n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish – erdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. «G‘alla erdan unib chiqqanda», - deyiladi «Avesto» da, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda ular mahv (engiladi) bo‘ladi…» deb mehnat ulug‘lanadi.
«Avesto» da inson axloq – odobi, maonaviyati quyidagi uchlikda: Gumata – yaxshi, ezgu fikr, Gugta – yaxshi, ezgu so‘z, Gvarshta – yaxshi, ezgu ishda ifodalanadi.
«Avesto» da tozalik, poklikka alohida eotibor qaratilgan. Xovuzdan yuvilmagan, iflos ko‘zada suv olgan kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, poklanish qoralangan.
Zardo‘shtiylikda naslning pokligi, tozaligiga ham alohida eotibor berilgan, qattiq nazorat qilingan, qarindosh-urug‘, aka-uka, opa-singilning quda-anda bo‘lishi qoralangan. «Avesto» da Navro‘z – Yangi kun, Yangi yilning boshlanishi, tabiatning uyg‘onishi, hayotning boshlanishi, deb tasvirlanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda Zardo‘shtiylik dini va taolimotiga eotiqod qiluvchilar asosan Xindiston va Eronda mavjud. Chunonchi Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 ming, Xindistonning Maxarashtra va Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil etadi.18

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə