1. O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Ushbu fan iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalarning o’rni, investitsiyalash
maqsadlari, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari,
rivojlanish davlat dasturlarining amalga oshirilishi, investitsiya loyihalarining
mohiyati, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tamoyillari, manbalari va
usullari, investitsiya loyihasi strategiyasini shakllantirish, investitsiya loyihalarini
ishlab chiqish, loyiha xarajatlarini moliyalashtirish, investitsiya loyihalarini amalga
oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazish, investitsiyalarni loyihaviy
tahlil qilish, qarz mablag’lari hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish,
qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish hisobiga investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga loyihalarni
moliyalashtirish,
investitsiyalarni
loyihaviy
moliyalashtirish,
investitsiya
loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirish jarayonlari monitoringi,
investitsiya faoliyatini me’yoriy tartibga solinishi hamda hozirgi kunda investitsiya
faoliyatining rivojlanish an’analari, istiqboli hamda mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab oladi.
Talabalarning ushbu fanni chuqur o’rganishi investitsiyalash nazariyasi,
investitsiya risklarini boshqarish, investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini
baholash fanlari hamda xo’jalik subyektlarida investitsiya faoliyatini tashkil etish
va loyihalarni moliyalashtirishda zamin bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu “Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish” fani “Investitsion
loyihalarni moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasi tarkibida modulli tizim
asosida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va kasbiy faoliyat asoslari,
investitsiyalash asoslari, investitsion loyihalashtirish, investitsiya loyihalarini
O’QUV MATERIALLARI
362
moliyalashtirishni kompleks ravishda o’rganilishini nazarda tutadi.