Ekalogiya va geografiya kafedrasi



Yüklə 63,9 Kb.
səhifə5/7
tarix29.05.2023
ölçüsü63,9 Kb.
#114063
1   2   3   4   5   6   7
sirojiddin kurs ishi2

Okean tabiiy resruslari
Tinch okean sayyoramizning faqatgina nodir geofizik ob’ekta bo‘lib qolmasdan, balki insoniyatning turmush darajasini belgilovchi turli tarmoqli xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish uchun ham shart-sharoit yaratuvchi ulkan regiondir. Okean qirg‘oqlari atrofida va orollarda 50 dan ortiq davlatlar joylashgan. Ularda butun dunyo aholisining yarmi (2 mlrd.dan ko‘prog‘i) yashaydi.
Okeanning iqlim, gidrologik va gidrobiologik omillarining organik hayotni rivojlanishi uchun qulayligi biomassalarning mahsuldorligini oshishiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli uning biologik mahsuldorligi boshqa okeanlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lib, o‘rtacha ko‘rsatgich 200 kg/km2 ni tashkil etadi. Dunyoda ovlanadigan baliqning 50 % dan ziyodi Tinch okeaniga to‘g‘ri keladi. Ovlanadigan barcha tirik mavjudodlarning yarmidan ko‘prog‘i okeanning Shimoli-Rarbiy rayoniga to‘g‘ri keladi. Okeanning Janubi-Sharqiy rayoni peru anchouslarini ovlashda asosiy region hisoblanadi. Bu akvatoriyadan Peru va Chili baliqchilari yiliga 11-13 mln. tonnagacha anchouslar tutishgan. Ammo, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatgichlar ancha pasayib ketgan. Shunga qaramasdan bu region dengiz hayvonlarini ovlashda Shimoli-G‘arbiy rayondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Okeandan anchouslardan tashqari losossimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar, skumbriya, sayra, tuneslar va kambalasimonlar ko‘plab ovlanadi. Suvdan ovlanadigan hayvonlarning ancha qismini mollyuskalar, qisqichbaqalar, krevetkalar, krillar tashkil etadi. Yaponiya dengizi tagida mollyuskalar va suvo‘tlarini yetishtirishni keng yo‘lga qo‘ygan.
Okean shelfida neft va tabiiy gaz qazib olish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu xavzadan Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, AQSH, Avstraliya Ittifoqi va Yangi Zelandiya davlatlari har yili 60 mln. tonnadan ziyod neft qazib olishadi, jumladan, AQSH 25 mln. tonna, Avstraliya 15 mln. tonna, Yaponiya 10 mln. tonna va boshqalar. Avstraliya shelfidan sutkasiga 49 ming tonna neft va 6,3 mln. m3 gaz qazib olinadi. Kaliforniya shelfidan yaqin kelajakda yiliga 50-60 mln. tonna neft va
15-20 mlrd. m3 gaz qazib olish mo‘ljallanmoqda. Hozir Janubiy Xitoy va Yava dengizlari bag‘rida 3000-4000 m chuqurlikda neft va gazning katta zahirasi borligi aniqlangan. Toshko‘mir Avstraliya va Yangi Zelandiya shelfi bag‘ridan qazib olinadi. Yaponiyada qazib olinadigan toshko‘mirning 30% dengiz shelfiga to‘g‘ri keladi. Fosforit Kaliforniya, Yaponiya, Filippin, Avstraliya, Meksika va Peru kirg‘oqlari yaqinidan topilgan, Kaliforniya shelfidagi fosforit zahirasi 1 mlrd t ga yaqin. AQSH San-Fransisko qo‘ltig‘idan yiliga 1,2 mln. t osh tuzi, Xitoy va Yapon dengiz suvidan 10 ming t dan ko‘proq kaliy tuzi oladi. Shelfda sochilma oltin va platina konlari ham topilgan.
Tinch okean orqali muhim dengiz yo‘llari o‘tgan. Uning transport yo‘llari
Yevrosiyo, Amerika, Avstraliya materiklarini bir-biri bilan bog‘laydi. Okeanlararo transport yo‘li Shimoliy Muz okeaniga Bering bo‘g‘ozi, Atlantika okeaniga Panama kanali, Hind okeaniga Malakka, Zond va Torresov bo‘g‘ozlari orqali o‘tadi. Okeanning tabiiy sharoiti yil davomida kemalarning qatnovi uchun juda qulay bo‘lganligi sababli yiliga qariyb 1,5 mlrd. t yuk tashiladi.
Insonning xo‘jalik faoliyati Tinch okeanda biologik resurslarning ayrim turlarini yo‘qlib ketishiga sababchi bo‘lmoqda. Masalan, XVIII asrning o‘rtalariga qadar sutemizuvchi hayvonlardan dengiz sigirlari ko‘p miqdorda yashagan va shu asrning oxirlariga kelib kirib tashlangan. XX asr boshlarida qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar - dengiz mushuklari va dengiz suvsarlari ov qilinishi natijasida qirilib ketish arafasida edi, kitlar soni kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda bularni ovlash chegaralangan.
Okean suvining zavod, fabrika, shahar, atom sanoati chiqindilari va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi ekologik muhitga katta xavf tug‘dirmoqda. AQSH, Yaponiya va Rossiya qirg‘oqlari yaqinida suv ayniqsa ko‘p ifloslangan. Tirik organizmlarga zararli bo‘lgan moddalar oqimlar yordamida sohillardan butun okeanga tarqatilmoqda. Bu zararli moddalarning hatto Antarktida qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz organizmlari tarkibida borligi aniqlangan. Agar suvning ifloslanishi shu tariqa davom etaversa va unga qarshi choralar ko‘rilmasa, tuzatib bo‘lmaydigan halokatga olib keladi.

Yüklə 63,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə