Ekalogiya va geografiya kafedrasi



Yüklə 63,9 Kb.
səhifə3/7
tarix29.05.2023
ölçüsü63,9 Kb.
#114063
1   2   3   4   5   6   7
sirojiddin kurs ishi2

Iliq oqim










1

Alyaska

0,9-1,9

33,4-33,8

+10, +15

2

Shimoliy Tinch okean

1,5-2

34,5-34,7

+18, +23

3

Kurasio

2-6

34,0-34,2

+25, +28

4

Shimoliy Passat

1,5-2

34,0-34,5

+25, +28

5

Janubiy Passat

1-2

34,0-35,0

+25, +27

6

Sharqiy Avstraliya

1,5-2

35,3-35,5

+17, +26

II

Sovuq oqim










7

Kaliforniya

1-2

34,2-34,7

+ 17, +26

8

Peru

1-1,5

34,0-34,9

+ 12, +23

9

G‘arbiy Shamollar

1-2

34,0-35,0

+ 1, +12

Yeng janubda sovuq oqimlarning antarktik siklonal aylanma harakati mavjud. Bulardan tashqari Shimoliy va Janubiy Passatlar oqimlari o‘rtasida Passat oralig‘i qarshi oqimi ham harakat qiladi. Tinch okean g‘arbdan sharqqa qarab katta masofaga cho‘zilganligi tufayli dengiz oqimlarining aksariyati geografik kenglik bo‘ylab harakat qiladi. Dengiz oqimlarining tezligi, sho‘rligi va harorati №2 jadvalda keltirilgan. 2.1.Okeanning tabiat zonalari Okean yuzasidagi zonalar Tinch okean yuzasida Dunyo okeanining deyarli barcha tabiat zonalari o‘z ifodasini topgan. Bundan faqat qutbiy zonalar mustasno. Tabiat zonalarining har biri o‘ziga xos takrorlanmas xususiyatlarga ega. Shimoliy qutbyoni zonasi Bering va Oxota dengizlarining uncha katta bo‘lmagan qismlarini egallagan. Suv harorati past. Suv massalari tez-tez aralashib turganligi sababli bu dengizlar baliklarga boyayniqsa mintay, zog‘orabaliq seld juda keng tarqalgan. Oxota dengizida losossimon baliqlar va qisqichbaqalar ovlash katta ahamiyatga ega.
Shimoliy mo‘’tadil zona, boshqa zonalarga nisbatan katta maydonni egallagan. Unda g‘arbiy shamollar hukumronlik qiladi, dovullar tez-tez takrorlanib turadi. Zonaning organik dunyosi qo‘ng‘ir suvo‘tlaridan, mollyuskalardan, chuvalchanglardan, qisqichbaqasimonlardan, ignatanlilardan iborat. Zonaning g‘arbiy qismidagi Yapon dengizi tirik organizmlarga juda boy. U yerda treska, okun, kambala, skumbriya, tunes va boshqa baliqlar yashaydi.
Yekvatorial zonada ekvatorial havo hukumronlik qiladi, yog‘ingarchilik ko‘p yog‘adi, suvning sho‘rligi past va organik hayot yaxshi rivojlangan. Bu zonada turli xil oqimlar o‘zaro ta’sir etadi, ularning chegaralarida chuqurdagi suvning yuzaga ko‘tarilishi va suv almashinishi kuchayadi, oqibatda suvning biologik mahsuldorligi oshadi. Baliqlardan akulalar, tuneslar, parusniklar ko‘plab ov qilinadi. Ekvatorial zonaning sharqiy qismiga nisbatan g‘arbiy qismining tabiat komplekslari xilma-xil va o‘ziga xos. Ayniqsa Zond orollari va Shimoliy-Sharqiy Avstraliya qirg‘oqlari yaqinidagi shelflarning hamda marjon orollari atroflarining tabiiy landshaftlari betakror go‘zal va organik hayotga nihoyatda boy.
Janubiy tropik zonada yil davomida tropik havo massasi, yuqori havo bosimi, passat shamollari hukumronlik qiladi. Suvning o‘rtacha harorati 20°S ga teng. Yog‘ingarchilik juda ham (50-100 mm) yog‘adi. Suv yuzasida boshqa zonalarga nisbatan o‘simlik va jonivor plankton yaxshi rivojlanmagan. Tirik mavjudoddarga ancha kambag‘al. Shuning uchun ham tropik zonasini ba’zan okean sahrosi deb atashadi.
Janubiy tropik zonaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, Avstraliya qirg‘oqlari yaqinida Katta To‘siq rifining ajoyib suv osti landshaft tizimi shakllangan. Bu rif organizmlarning qoldiqlaridan hosil bo‘lgan eng yirik
suv osti tog‘ tizmasi hisoblanadi. Uni kattaligiga va uzunligiga ko‘ra Ural tog‘iga o‘xshatish mumkin. Orollar va riflar himoyasidagi tinch iliq suvlarda marjonlarning butalar, daraxtlar, ustunlar, qo‘ng‘iroqlar, gul dastasi, qo‘ziqorinlar ko‘rinishidagi koloniyalari rivojlangan. Marjonlar och yashil, sariq qizil, havorang, och pushti ranglarda tovlanadi. Bu yerda qo‘ng‘ir, yashil, qizil suvo‘tlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, turli xil baliqlar yashaydi.
Tropik zonasining Janubiy Amerika qirg‘oqlariga yaqin joylari baliqlarga boy. Zonaning bu qismidan anchous, stavrida, skumbriya va boshqa baliq turlari ovlanadi. Bundan tashqari qushlar ham juda ko‘p. Ayniqsa baliqlar bilan oziqlanadigan baklanlar, birqozonlar va pingvinglar keng tarqalgan.
Tinch okean boshqa okeanlardan o‘zining o‘simlik va hayvonot dunyosining boyligi, ularning turlarini xilma-xilligi va qadimiyligi bilan ajralib turadi.
Okeanning bunday xususiyatlarga ega bo‘lishiga sabab, uning maydonini nihoyatda kattaligi, tabiiy sharoitining xilma-xilligi, suvining iliqligi va qadimdan mavjudligidir. Okean endemik hisoblangan eng qadimiy organizmlarga ham boy. Tinch okean fitoplanktoni asosan bir hujayrali suvo‘tlaridan tarkib toptan. Ularning turi 1300 atrofida bo‘lib, peridiney va diatomlar oilasiga kiradi. Okean tagi ham o‘simliklarga boy. U yerda suvo‘tlarining 4 mingga yaqin turi va gullaydigan dengiz o‘tlarining 20 turi uchraydi. Sovuq va mo‘’tadil zonalarda laminariyalar guruhiga kiruvchi qo‘ng‘ir suvo‘tlari ko‘p o‘sadi. Tropik kengliklarda
fukuslar, yirik yashil suvo‘tlari, ohaqli qizil suvo‘tlari va marjon poliplari yaxshi rivojlangan.
Okeanning hayvonot dunyosi tur miqdoriga ko‘ra boshqa okeanlarga qaraganda 3-4 marta boyroq. Ayniqsa tropik mintaqalar suvi fauna turlariga juda boy. Chunonchi, Indoneziya arxipelagi dengizlarida 2000 dan ziyod baliq turi uchrasa, Shimolning Bering va Oxota dengizlarida 300 ga yaqin turi uchraydi. Huddi shunday Tinch okeanning tropik zonasida 6000 dan ortiq tur molyuskalar yashasa, Barens dengizida atigi 200 ga yaqin tur yashaydi. Okean marjonlar faunasiga maksimal darajada boy. Uning ekvatorial va subekvatorial zonalarida marjonlarning 200 dan ziyod turi mavjud. Umuman, Tinch okeanda yashaydigan hayvonlarning turi 100 mingdan ortadi.
Tinch okean hayvonlarning qadimiy turlariga ham boy. Bu yerda qadimiy baliqlarning iordan va gilbertid turlari, qadimgi dengiz tipratikonlarining sidarid turi uchraydi. Sut emizuvchilardan dengiz mushugi, dengiz qunduzi, dyugon sivuch kabi hayvonlar Tinch okean uchun endemik bo‘lib, boshqa okeanlarda uchramaydi. Dunyo okeanidagi losossimon baliqlarning 95% shu okeanda yashaydi. Amerika sohillariga yaqin joylar anchouslarga boy. Kitlar va akulalar
ko‘p tarqalgan.
Tinch okean uchun ultraabissal fauna kompleksi ham harakterlidir. Okeanning 8500 m chuqurlikdagi qismida bu faunaning 45 turi mavjud bo‘lib, shundan 70% endemik hisoblanadi. Bu yerda ultraabissal sharoitga moslashgan goloturiyalar, polixetlar, ofiurlar, sipunkulidlar hayot kechiradi.

Yüklə 63,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə