Ekologiya” fanidan (amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga doir o‘quv-uslubiy ko’rsatma) Navoiy – 2023



Yüklə 12,31 Mb.
səhifə2/18
tarix29.11.2023
ölçüsü12,31 Mb.
#141419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Экология амалиёт (6)

M – atmosferaga tashlangan zararli moddalar miqdori. M ning kattaligi korxonada amalda bo‘lgan me’yorlar yoki korxona texnologik loyihasida ko‘rsatilgan miqdorga asosan hisoblab topiladi;
F – atmosfera havosidagi zararli moddalarning cho‘kishini hisobga oluvchi koeffitsiyent. Mayda zarrachali aerozol va gazsimon moddalarda F =1ga teng deb qabul qilinadi. Tozalash qurilmasining tozalash quvvati 90% va undan yuqori bo‘lganda chang va qurum F=2, 75-90% ni tashkil qilganda F=2,5, 75% dan kam bo‘lganda F=3 deb qabul qilinadi. Agar tashlamalarda suv bug‘i mavjud bo‘lib, ho‘l chang zarralarida kondensatsiya va koagulyatsiya hodisasi kuzatilsa, unda S ning kattaligi F=3 ga teng, deb qabul qilinadi; D – tashlama manbasi og‘zining diametri, m va n – manbadan tashlanayotgan gazsimon tashlamalarning cheksiz koeffitsiyenti.
M ning koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:

bu yerda f – ning kattaligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Sovuq tashlamalarda f ≥ 100 dan katta bo‘ladi, issiq tashlamalarda esa f < 100 dan kichik bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda u 1- yoki 2- formulalar orqali hisoblab topiladi.
Agar zararli moddalar og‘zi to‘g‘ri burchak yoki kvadrat holida bo‘lgan quvur orqali tashlansa, unda quvur og‘zining samarali diametri De quyidagi formula bilan topiladi:

Bu yerda: - quvur uzunligi (m)
V – quvurning kengligi (m)
W – quvur og‘zidan chihayotgan gazning o‘rtacha harakat tezligi (m/s)
N – quvurning balandligi (m)
T – atmosferaga chiqarilayotgan gazsimon tashlama harorati Tg va atmosfera havosining (Th) harorati orasidagi farq. T= Tg – Th


V1 – gazsimon tashlamaning hajmi (m3/s) bo‘lib, quyidagi formula orqali topiladi.

- ning cheksiz koeffitsiyenti Vm ning parametriga bog‘liq bo‘lib, u quyidagi formula bilan topiladi:
Vm ≤ 0,3 bo‘lganda n = 3 ga teng

0,3 < Vm ≤2 bo‘lganda


Vm>2 bo‘lganda n =1 (9) deb olinadi.
Issiq tashlamlar uchun Vm quyidagi formula bilan topiladi:

Sovuq tashlamalar uchun Vm quyidagi formula bilan topiladi:

Agar bir joyning o‘zida tashlamalar manbai bir nechta (N) bo‘lsa, unda Cm issiq tashlamalarga teng deb qabul qilinadi va ularning miqdori quyidagi formula bilan topiladi:

Agar tashlamalar manbai N ta bo‘lib, ular o‘zaro yaqin masofada yakka-yakka joylashgan bo‘lsa, bu holda ulardan tashlanayotgan sovuq gazli zararli moddalar miqdori quyidagi formula bilan topiladi:

Bu yerda:


M – atmosferaga barcha manbalardan tashlanadigan zararli moddalarning umumiy miqdori (g/s);
V – barcha manbalardan tashlanadigan gazsimon aralashmalarning umumiy hajmi (m3/s);

Yakka manbadan havoning pastki qatlamida yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyasi (RDK) dan oshmaydigan darajadagi tashlamaning yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy miqdori (PDV) quyidagi formula bilan topiladi. Issiq tashlamalar uchun:

Sovuq tashlamalar uchun:

Bu yerda:
SF – ayni joydagi zararli moddalarning tabiiy konsentratsiyasi (mg/m3). Boshqa ko‘rsatkichlar oldingi formulalarda berilganidek.
Havoning pastki qatlamida tashlamaning yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyasi (PDK) me’yordan oshmasligini ta’minlash uchun tashlanadigan miqdor (PDV) quyidagi formulalar bilan hisoblanadi.
Sovuq tashlamalar uchun:
N =
Issiq tashlamalar uchun:
H =
2.1 – topshiriq
Ishlab chiqarish korxonalaridan atmosferaga ko‘tariladigan tutunli gazlar manbai ko‘mir yoqiladigan pechlar hisoblanadi. Harorati T1 0C bo‘lgan tutunli gazlar diametri D (m) va balandligi N (m) bo‘lgan quvur orqali W (m/s) tezlikda chiqariladi. Chiqarilgan bu gazlar harorati T2 0C bo‘lgan havoda tarqaladi.
Bu yerda:
T1 – quvurdan chihayotgan tashlama harorati;
T2 – atmosfera havosi harorati.
1) uglerod oksidi – CO, oltingugurt oksidi – SO2, azot oksidi – NO2 va changning qiyin tarqaladigan ob-havo sharoitlari uchun kutilayotgan eng yuqori konsentratsiyasi Cm (mg/m3) ni aniqlang.
2) zararli moddalarning atmosfera havosida mavjud bo‘lgan amaldagi (Cm) va tabiiy konsentratsiyasi (Cf) ning PDK meyorlariga nisbatini solishtiring, agar:



3) atmosfera havosiga tashlanadigan har bir modda tashlanishining ruxsat etilgan ko‘rsatkichi (PDV) g/s ni hisoblang.
4) agar tashlamaning amaldagi ko‘rsatkichi M (g/s) belgilangan PDV me’yoridan oshib ketsa, ifloslanishni kamaytirish uchun (g/s) takliflar kiriting.


Yechish:
Tashlamaning kutilayotgan eng yuqori konsentratsiyasi va uning ruxsat etilgan miqdori (PDV) quyidagi formulalar bilan hisoblanadi:




Bu yerda:
A - O‘rta Osiyo va Qozog‘iston uchun zararli gazlarning iqlim sharoitiga bog‘liq holda gorizontal va vertikal tarqalish koeffitsiyenti A = 200 – 240;
F - zararli moddalar cho‘kish tezligining cheksiz koeffitsiyenti bo‘lib, u gazlar uchun F = 1ga, chang uchun F = 3 ga teng;
m,n – tashlamalarning manbadan tashlanish sharoitlarini hisoblash koeffitsiyentlari.
1. Bitta quvurdan chihayotgan gazlarning hajmi:
2. m ni topish uchun f ning koeffitsiyentini topamiz:
3. m ning koffitsientini topamiz:
4. Vm ga ko‘ra n ning koeffetsientini topamiz:
Vm< 0.3 bo‘lganda n = 3
0.3 < Vm<2 bo‘lganda
Vm > 2 bo‘lganda n = 1

Yüklə 12,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə