Ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va manbalai


Ekologiya huquqining tushunchasi, xususiyatlari va umumiy ekologiya tizimida tutgan o`rni



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#133282
1   2   3   4   5   6
1364045555 42928

4. Ekologiya huquqining tushunchasi, xususiyatlari va umumiy ekologiya tizimida tutgan o`rni.


Tabiatdan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan, bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy chora-tadbirlar tizimi va ularning ta'sir doirasi har bir tarixiy bosqichda mavjud ilm, fan va texnika rivojlanishi hamda atrof tabiiy muhit holatining darajasiga bog`liq bo`ladi.


Shuning uchun ham XX asrda amalga oshirilgan fan-texnika revolutsiyasi natijasida yaratilgan yangi texnika vositalari, ishlab chiqarish obyektlari o`z navbatida tabiatga bo`lgan ta'sirini oshishi misli kutilmagan ekologik salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshladi.
Ushub holat ekologik huquqiy munosabatlar doirasi va darajasini o`rganuvchi ekologiya huquqi fanining paydo bo`lishi va rivojlanishiga zaruriyat yaratdi.
Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o`rtasida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o`rganuvchi fonddir.
Ekologiya huquqi bugungi kunda O`zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimida o`z o`rni va salohiyatiga ega bo`lgan alohida yo`nalish va xususiyatlarga ega bo`lgan huquq sohasi hisoblanadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki har bir huquq sohasining mohiyati tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar doirasi va darajasiga bog`liq bo`ladi. Shu jumladan, ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlarning kengligi, murakkabligi, xilma-xilligi va o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi.
Keng qamrovli (kompleks) ahamiyatga ega bo`lgan huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda boshqa huquq sohalarining huquqiy qoida-talablari va tamoyillardan foydalanadi.
Ekologiya huquqi ham tabiat-jamiyat tizimidagi global ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda birinchi navbatda ekologik umum majburiy ahamiyatga ega bo`lgan tamoyil, usul va qoida-talablardan foydalanadi, ikkinchidan, ushbu murakkab ekologik muammolarni hal qilish, ularning huquqiy tartibotini ta'minlashda o`zaro bog`liq bo`lgan huquqning boshqa sohalarining kuch va imkoniyatlaridan foydalanadi. Chunki, ekologiya huquqi hal qilishga qaratilgan ekologik muammo va vazifalarning ko`lami kengligi, murakkab va ahamiyatliligi sababli faqatgina jamiyat hayotining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy jabhalarida mavjud bo`lgan barcha vosita chora-tadbirlarni safarbar qilish orqali ekologik munosabatlarni tartibga solish mumkin.
Shuning uchun ham ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ekologik tamoyil, qoida va talablar bilan bir qatorda boshqa huquq sohalari ya'ni ma'muriy, jinoiy, fuqarolik, mehnat va xo`jalik-huquqiy vosita va qoida-talablaridan foydalanadi.
Demak, ekologiya huquqi - tabiat va jamiyat tizimida paydo bo`ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko`p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Biz ekologiya huquqi fanini chuqurroq o`rganmoqchi bo`lsak, avvalambor «Ekologiya fani» haqidagi umumiy tushuncha va yo`nalishlarini yetarli anglashimiz kerak bo`ladi.
Ekologiya – murakkab tizimga ega bo`lgan, tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o`zlari yashab turgan muhit bilan o`zaro murakkab munosabatlarini o`rganuvchi fandir.
1866 yilda nemis biologi o`z ilmiy asarida birinchi bo`lib «Ekologiya» atamasini fanga kiritib, uning ma'nosini tirik organizmlarning o`zaro va ularning yashash muhiti bilan bog`liqligini o`rganuvchi ta'limot sifatida ifodalaydi.
Ekologiya atamasi yunoncha «oikos» – turar joy, yashash muhiti, uy, - «logos» – ta'limot, degan ma'noni bildiradi. Bir so`z bilan aytganda, ekologiya biz yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir.
Ilm, fan-texnikaning rivojlanishi tabiat haqidagi bilimlarning kengayishi va o`z navbatida tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro ta'sirlarning keskinlashishi ekologiyaning biologiya fanining kichik bir qismidan ajralib, alohida fan sifatida rivojlanishiga olib keldi. Ekologiya – tabiat fanlarining barcha soha va tarmoqlariga kirib borib, jamiyat hayotining muhim jabhalari hisoblangan iqtisodiyot, siyosat, ma'naviyat-madaniyat, ijtimoiy majmualarni qamrab oldi. Tabiat va jamiyat hayotining barcha soha va yo`nalishlarini qamrab olgan ushbu jarayon, ya'ni «Ekologiyalizatsiyalashtirish» asosida bugungi kunda murakkab tizimga ega bo`lgan, global ahamiyatdagi ekologiya fani shakllandi. Ekologiya fani hozirgi kunda 70 ga yaqin «Tabiat-jamiyat tizimida» gi ta'limot va g`oyalar majmuasini o`z ichiga oladi, ya'ni, odam ekologiyasi, iqtisodiyot ekologiyasi, muhandislik ekologiyasi, agro ekologiya, kimyoviy ekologiya, huquqiy ekologiya va boshqalar. Demak, ekologiya huquqi fani global ahamiyatdagi ekologiya fanining tarkibiy qismlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi fanini oldida «Tabiat-jamiyat tizimi» da turli shakl va yo`nalishlarda paydo bo`ladigan o`zaro ta'sirlarni barqarorlashtirish, harakat yo`nalishlarini aniqlash, jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bilan bog`liq ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini o`rnatish, tabiat qonunlari darajasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini belgilash kabi ma'suliyatli vazifalarni yuklaydi.
5. Ekologiya huquqi fanining rivojlanishi tarixi, asosiy yunalishlari va predmeti.
Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o`rtasida o`zaro ta'sirlar natijasida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni o`rganuvchi fan va huquq tizimining alohida sohasi sifatida o`z rivojlanish tarixiga egadir.
Biz tabiat-jamiyat tizimidagi qadimiy-tarixiy jarayonni o`rganishni oson bo`lishi maqsadida shartli ravishda uch bosqichga bo`lamiz:
1. Sotsialistik tuzumgacha bo`lgan boy tarixiy davr (1017-1924 yillargacha bo`lgan bosqich);
2. Sotsialistik tuzum (1924-1990 yilgacha);
3. Mustaqillik davri 1991 yildan xozirgacha.
Birinchi boy tarixiy bosqich eramizdan avvalgi ming yilliklardan XX asrning 20 yillarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga olib, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish qoida-talablarining turli-tumanligi, o`ziga xos xususiyatlarini kuzatishimiz mumkin.
Jamiyatning tabiat bilan bog`liq munosabatini tartibga solish odamlar qabila-qabila bo`lib birlashib, o`z xududlarida yer, o`rmon, xayvonot dunyosi va resurslaridan foydalanish qoida-talablari joriy qilinib kelingan.
Inson ongining rivojlanishi yangi mehnat qurollarining vujudga kelishi tabiat boyliklaridan foydalanish miqdori va o`z navbatida ta'sir ko`rsatish darajasi ortib boradi.
Tabiatdan foydalanish qoida-talablari jamiyat a'zolarining diniy qoida-talablari, urf-odatlariga aholining turmush tarziga aylana borib, insonning tabiatdan foydalanish, uni avaylab asrash bilan bog`liq majburiyatlari, javobgarlik choralari belgilanib boriladi.
Ayniqsa, eramizning o`rta asrlarida davlatchilikning rivojlanishi va taraqqiy etishida tabiiy resurslarning ahamiyati cheksiz xisoblanib, yer-suvdan foydalanish qoida-talablari rivojlana boradi. Ayniqsa, musulmon huquqining manbalari va boshqa tarixiy-huquqiy ahamiyatdagi merosimizda yer-suv, o`simlik va xayvonot dunyosidan foydalanish talablari, ularni muhofaza qilish majburiyatlari, javobgarlik choralari kabi qoidalarning belgilangan bo`lib, ushbu soxada munosabatlarni tartibga solishga katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, XX asrning 20-yillarigacha bosib o`tilgan boy tarixiy evolyutsion jarayonida tabiatdan foydalanish, bularni asrab-avaylash bilan bog`liq umummajburiy ahamiyatga ega bo`lgan qoida-talablari o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, birinchidan, ushbu qoida-talablar alohida mahsus tizimga ega bo`lmay, mulk bilan bog`liq qoidalar tizimida rivojlangan, ikkinchidan, tabiat boyliklaridan foydalanish va ularni asrab-avaylash qoida-talablari aholining madaniyati va turmush tarziga singib ketganligi, o`z navbatida huquqiy munosabatlarni rivojlantirishga hizmat qilgan.
XX asrning 20 yillaridan boshlab, zaminimizda sotsialistik tuzumning o`rnatilishi, O`zbekiston SSR ning ittifoqdosh respublikalar tarkibida agrar davlat sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish yangi huquqiy qoida-talablarning joriy etilishi bilan bog`liqdir.
1917 yilda Yer haqida Dekretning imzolanish muhim ahamiyatga ega bo`libdi. 1999 yilda O`zbekiston SSR ning yer-suv kodeksi qabul qilinishi yer va suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish munosabatlarini tartibga soluvchi birinchi kodifikatsiyalashgan hujjat xisoblanadi.
1941 yilda O`zbekiston SSR ning «Qishloq xo`jaligida suvdan foydalanish to`g`risida» gi qonunning qabul qilinishi esa o`z navbatida qishloq xo`jaligida yer va suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilishning rivojlanishini ko`rsatadi.
1957-1963 yillarda barcha ittifoqdosh respublikalarda shu jumladan O`zbekiston SSR da ham «Tabiatni muxofaza qilish to`g`risida» gi qonuni qabul qilinib, birinchidan, tabiatni muhofaza qilishning tamoyillari, asosiy qoida-talablari mustaxkamlanadi, ikkinchidan, tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va o`rganishda alohida urgu beriladi.
O`zbekiston Respublikasida «Tabiat-jamiyat» tizimidagi o`zaro munosabatlarining ilmiy jixatdan asoslangan huquqiy asoslarini yaratish 1991 yilda respublikamiz mustaqilikka erishgandan so`ng amalga oshira boshlandi.
O`zbekiston Respublikasining Kosntitutsiyasi, «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida», «Davlat sanitariya nazorati to`g`risida», «Suv va suvdan foydalanish to`g`risida», «Muhofaza etiladigan tabiiy xududlar to`g`risida»gi qonunlari, o`simlik va xayvonot dunyosini muhofaza qilish qonunchiligi hujjatlarining qabul qilinishi O`zbekiston Respublikasi «Ekologiya huquqi» fanining huquqiy asoslarini yaratdi. 
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi uzaro ta'sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo`ladi. Ushbu sohada ijtimoiy munosabatlarni biz ijtimoiy-ekologik munosabatlar deb ataymiz.
Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta quyidagi asosiy yunalishlarda paydo bo`ladi:
1. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`lik ekologik huquqiy munosabatlar;
2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog`lik ekologik-huquqiy munosabatlar;
3. Aholini ekologik havfsizligini ta'minlashga qaratilgan ekologik huquqiy munosabatlar.
Ushbu ekologik-huquqiy munosabatlar yo`nalishlari o`z mazmun-moxiyatiga ko`ra bir-biri bilan chambarchas bog`lik bo`lib, jamiyatning tabiat bilan o`zaro ta'sirlar tizimida tutgan o`rni muammolarni xal qilishda qo`llaniladigan chora-tadbirlari, uslublari va o`ziga xos xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
Atrof tabiy muhitni muhofaza qilish - jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, o`rmon, xayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera xavosini muxofaza kilish, tabiy xosilalar va ekologik kompleslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muxitning biologik xilma-xilligini ta'minlash bilan bog`lik qoida-talab, chora-tadbirlarning yig`indisi xisoblanadi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish deganda, jamiyat a'zolarining o`z extiyojlarini qondirish maqsadida tabiatning foydali qismlarini o`zlashtirishishi tushuniladi.
Tabiy resurslardan okilona foydalanish -jamiyatning turli extiyojlarini qondirish maqsadida yer, yer osti boyliklari, suv resurslari, atmosfera xavosi, o`simlik va xayvonot dunyosida foydalanishga qaratilgan ilmiy jixatdan davlat dastur va rejalari, qonunchilik hujjatlari qoida-talablari yig`indisidan iboratdir.
Tabiy resurslardan foydalanish bilan bog`lik umummajburiy qonunchilik hujjatlari qoida-talablari foydalanish ahamiyatidagi, ijtimoiy - ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
Aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash - antropogen ta'sirlar natijsida paydo bo`ladigan ekologik vaziyati va ofati mintaqalarida barqaror tabiiy muxitni saqlash, aholining xayoti va sog`ligiga ta'sir ko`rsatiuvchi ekologik xavfli va zararli ta'sirlarni oldini olish bilan bog`lik keng kamrovli chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Ma'lumki, xar bir fan shu jumladan xukuk soxasi uziga tegishli ijtimoiy munosabatlar tizimini urganish va tartibga solish nazariy-amaliy koida-talablar tizimiga ega bulib, ushbu fanning predmetini tashkil etadi.
Ekologiya huquqi huquq tizimining aloxida soxasi sifatida ijtimoiy-huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini o`rganish va tartibga solishni qamrab oluvchi o`z predmetiga egadir.
Ekologiya huquqining predmeti - atrof tabiiy muxitni muxofaza kilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va axolining ekologik xavfsizligini ta'minlash jarayonida paydo buladigan ijtimoiy muneosbatlarni xukukiy tomondan tartibga solishdan iboratdir.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə